Korxonalardan
olinadigan foyda
so1ig'i stavkalari,
%
Jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad
so1ig'i eng yuqori
stavkalari,
%
AQSH
35
35
Buyuk Britaniya
28
50
Germaniya
15
45
Frantsiya
33,3
41
Hindiston
20
30
Portugaliya
25
30
Norvegiya
28
25
Ispaniya
30
21
Gollandiya
25
15
Shvetsiya
26
30
Avstriya
25
25
Daniya
25
27
Yaponiya
25,5
20
Janubiy Koreya
22
20
Turkiya
20
15
Belgiya
34
25
Italiya
27,7
43
Lyuksemburg
21
15
Braziliya
15
25
G’arb mamlakatlarida soliq imtiyozlari, birinchi navbatda investitsiyalar va
ilmiy texnika faoliyatini rag’batlantirish, shuningdek ayrim tarmoqlar va
mintaqalarni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash uchun joriy qilinadi. Ularning
67
www.worldwide-tax.com
204
yordamida isNab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiyalash, texnika bilan
qayta jihozlash uchun sharoitlar yaratiladi. Investitsiya, ilmiy-texnika faoliyatini,
tadbirkorlikni butun mamlakat doirasida, mintaqa miqyosida va ayrim faoliyat
sohalari bo’yicha rag’batlantirishga yo’naltirilgan soliq imtiyozlari eng barqaror
imtiyozlar hisoblanadi.
Soliq imtiyozlari berish orqali investitsion faoliyatni rag’batlantirish
Frantsiya, Italiya, Finlyandiya hamda Gretsiyada qo’llaniladi. Biroq, Evropa
Hamjamiyati (EH) ushbu rag’batdan foydalanishni korxonalar o’rtasida raqobat
muhitining pasayishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaydi.
Iqtisodiyotda investitsion jarayonni jadallashtirishning muhim jihati, bu
bank-moliya tizimining rivojlanishi bilan bog’liq. Ko’pgina moliya institutlari,
xususan banklar ichki va tashqi moliya resurslarini akkumulyatsiya qilish va real
sektorlarga investitsiyalashda faol qatnashadilar. Kanadaning Prins-Eduard
orolida kichik va o’rta korxonalarning investitsion faoliyatini qo’llab-
quvvatlash ishlarining aksariyatini mahalliy tijorat banklari amalga oshirdi.
Prins-Eduard
orolidagi
kichik
va
o’rta
korxonalar
faoliyatini
moliyalashtirishning 65 foizi aynan mahalliy tijorat banklari, 9,9 foizi “Korona”
korporatsiyasi, 1,3 foizi ko’chmas mulkni garovga qo’yish evaziga moliya-
lashtirgan turli fondlar hissasiga to g’ri keldi.
68
Shu o’rinda aytish joizki, xorijiy mamlakatlarda O’zbekistondan farqli
o’laroq, moliya institutlarining keng qatlami kredit berish huquqiga ega va bu
kreditlash jarayonidagi raqobatni kuchaytiradi.
Investitsiyalarga dotatsiya berish Ispaniya misolida yaqqol ko’rinadi.
Aytish joizki, iqtisodiyotda investitsiyalarga dotatsiya ajratish mexanizmini
amaliyotda qo’llash alohida qonun asosida amalga oshiriladi va loyihalarni
berish, ularni tanlab olish va nazorat qilish iqtisodiyot va moliya vazirligining
xududiy ofislari orqali olib boriladi. Bunda loyihalami tanlab olishdagi ustuvorlik yangi
68
Hrmecriiuim: PerHoHa
di acneKr. OTB. per. H. FuaBauKax. M.: 2012, -c. 285.
205
ishchi o’rinlarini barpo etish, mahalliy xom ashyoni qayta ishlash, yangi korxonalar
uchun ishlab chiqarish hajmining, amal qiluvchi firmalarga esa, mehnat unumdorligi
sur’atining o’sishi va texnologik o’zgarishning yangilik darajasi hamda mintaqa
ma’muriyati tomonidan qo’llab-quvvatlanish omillariga beriladi. Dotatsiya
ajratishdagi asosiy talabga ko’ra, ariza topshirgan firma tomonidan loyiha qiymatining
kamida 30 foizi moliyalashtirilishi zarur.
Frantsiyada ‘Davlat mintaqa” reja paketi asosida investitsiyalarga subsidiya
beriladi. Bu erda, yangi shakllanayotgan sanoat korxonalariga, ayrim hollarda xizmat
ko’rsatish firmalariga beriladigan investitsiya subsidiyalari ko’zda tutilib, har bir
yaratilgan ish o’mi uchun qaerda barpo etilganiga qarab 50-70 ming miqdorigacha
mablag’ to’langan. Undan tashqari, firmalarga ajratiladigan subsidiya miqdori yalpi
investitsiyaga nisbatan chegaralangan bo’lib, bu nisbiy ko’rsatkich 17 foizdan 34
foizgacha belgilangan.
69
Masalan, Evropa Ittifoqining xududiy investitsion siyosat yuritish institutlari va
moliya tashkilotlari tomonidan ajratilgan mablag’lar va ishlab chiqilgan yo’nalishlar
EIga a’zo marnlakatlarning mutasaddi idoralari tomonidan asos sifatida qabul qilinadi,
o’zlashtiriladi va amaliyotga tatbiq etiladi.
EI xududiy investitsion siyosatining asosiy vositasi, Evropa komissiyasi
tomonidan ishlab chiqiladigan besh yillik dasturlardir. Aynan ushbu komissiya
muayyan dasturlarning ustuvorligi va moliyalashtirish hajmini belgilaydi. Keyingi
yillarda 32 ta turli yo’nalishlardagi dasturlar moliyalashtirildi. Ular mavjud xududiy
muammolami bartaraf etish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik jihatdan
barqaror taraqqiy etishini ta’minladilar. Mazkur dasturlar xususan, “Rechard” -
mintaqa va tarmoq rivojlanishidagi sur’atlarning pasayishi bilan bog’liq muammolar
echimiga yo’naltirilgan bo’lsa, “Regis” - Evropa Ittifoqi markazidan uzoqroq
joylashgan qoloq hududlar iqtisodiyotining tarmoq tarkibini diversifikatsiyalash,
“Regen” - chekka hududlami gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash,
69
IIIrym.6epr fi. M., BBeneHci di B. F. PerHoHam.Hax nomrrma Poccini: reoperii ecxiie ocHOBbI,
salami H Merom peamisauHH. M.: «FENOCABP» 2013, -c.79.
206
“Stride” - xududlarning ilmiy-tekshirish texnologiyalarini yaratish sohasidagi
imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy-tekshirish tashkilotlari va sanoat korxonalarini
qo’llab-quvvatlash, “Leader” - sanoatlashgan hududlardan uzoq joylashgan qishloq
joylaridagi aholini ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, qishloq hududlari
rivojlanishiga yordam berish, qishloq xo’jaligini diversikatsiyalash, “Star” - nisbatan
qoloq mintaqalarni zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash va
telekommunikatsiya xizmatlarini taraqqiy ettirish, “Valoren” - ichki energiya
manbalaridan samarali foydalanish negizida mintaqalarni rivojlantirish masalalarini
o’z ichiga oladi. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, yuqoridagi dasturlarda
mintaqalarni qo’llab-quvvatlash masalasi birlamchi ornil sifatida olinmaydi, balki unga
aynan muayyan bir yo’nalishdagi muammoni hal etishda ustuvorlik beriladi.
Ushbu dasturlami moliyalashtirish Evropa Ittifoqidagi tuzilmaviy jamg’armalar
tomonidan amalga oshiriladi. Ular quyidagilar:
1)
Evropa Ittifoqi o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlami bartaraf etishga
yordam beruvchi “Mintaqalarni rivojlantirish Evropa jamg’armasi” (European
Regional Development Fund-ERDF);
2)
Bandlik bilan bog’liq muammolami bartaraf etishga ko’maklashuvchi
“Evropa ijtimoiy Jamg’armasi” (European Social Fund-ESF);
3)
EI agrar siyosatini qo’llab-quvvatlash va qishloq joylarining
rivojlanishini ta’minlashga asoslangan Evropa qishloq xo’jaligini
boshqarish va kafolatlash jamg’armasi huzuridagi bo’linma (Guidance Section of
the European Agricultural Guidance and Guirantee Fund — EAGGF);
Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishning xorij tajribasini o’rganish, ushbu
mamlakatlarda investitsiya siyosatini yuritishda foydalaniladigan vositalarning qiyosiy
taNilini amalga oshirish imkonini beradi. Jahon xo’jaligidagi ayrim davlatlarning
xududiy siyosat yuritish bo’yicha dastak va vositalari 2- jadvalda keltirilgan.
|