Rajabov G‘anijon Alijonovich QMII magistranti
Raxmatov Jonibek Ismoil о‘g‘li QMII talabasi
Annotatsiya:
Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
jarayoni
va
xalqaro
integratsiyalashuvida korxonalarning moliyaviy hisobotlari milliy standartlar asosida
tuzilib, xalqaro standartlarga transformatsiyalash jarayoni amalga oshiriladi. Shu
sababli, xalqaro standartlar asosida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot
35
tuzishning muammo va yechimlari, ularning shakllari va tuzish tartibi bо‘yicha
ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit sо‘zlar
: moliyaviy hisobot, buxgalteriya hisobi milliy standartlari,
buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari, moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot.
Kirish
Ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda iqtisodiyotni rivojlantirish va
liberallashtirishning ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha “xalqaro iqtisodiy hamkorlikni
rivojlantirish, shu jumladan yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan
aloqalarni kengaytirish yо‘li bilan, puxta о‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga
oshirishini davom etish, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlardan samarali
foydalanish” yо‘llari muhim hisoblanadi.
Shuningdek, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan korporativ boshqaruv
tizimidagi subyektlarda 2015 yildan boshlab milliy standartlar asosida tuzilgan
moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga transformatsiya qilish hamda uni
auditning xalqaro standartlari bо‘yicha auditorlik tekshiruvidan о‘tkazib, uni nashr
qilish majburiyati belgilangan edi.
18
Xо‘jalik subyektlari faoliyati tо‘g‘risidagi moliyaviy hisobotlarni tuzishdan
asosiy maqsad investorlar, kreditorlarning va boshqa foydalanuvchilarning qiziqishini
ortishiga katta zamin yaratadi.
19
Bu bо‘yicha muhtaram Prezidentimizning 2020 yil 14 fevraldagi 4611- sonli
Qarori
20
ga asosan, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish lozimligi
belgilangan.
21
18
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv
uslublarini joriy etish chora- tadbirlari tо‘g‘risida”gi farmoni. 24.04.2015 y. PF-4720.
19
Трансформация отчетности по МСФО
www.i-ias.ru/blog/competition-
page/ 2018.
20
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlariga о‘tish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli qarori.
21
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-sonli “Moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlariga о‘tishning qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori.
36
Yirik soliq tо‘lovchi tashkilotlar moliyaviy hisobotlarini shо‘ba korxonalar har
yili moliyaviy hisobot shakllarini tuzish maqsadida bosh korxona ma’lumotlari
yig‘ma shaklda tuzishni belgilab beradi.
Buning natijasida bosh korxona shо‘ba korxonalar moliyaviy hisobotlarini
yig‘ib, har chorak va yillik hisobotlarni yig‘ib konsolidatsiyalashgan moliyaviy
hisobotlarni tuzadilar.
Konsolidatsiyalashgan
moliyaviy
hisobot
deganda
xо‘jalik
yurituvchi
subyektlarning shо‘ba va qaram tashkilotlari moliyaviy hisobotlarini jamlab, yagona
holatda yig‘ma hisobot tuzish hamda umumlashgan holda yuqori turuvchi organga
taqdim etiladigan moliyaviy hisobotdir.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
Buxgalteriya
hisobining
muhim
elementlaridan
biri
bо‘lgan
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish bо‘yicha, asosan, xorijlik iqtisodchi
olimlardan D.Alexander, A.Britton, A.Jorissen, R.H. Hermanson , S.V.Moderov ,
Y.V.Sokolov , V.V.Kovalev, Vit.V.Kovalevlar ilmiy tadqiqotlarni olib borishgan.
Jumladan, D.Alexander moliyaviy hisobot biznes tashki-loti haqidagi axborotlarni
menejment funksiyasidan tashqarida bо‘lgan kishilarga ta’minlashini e’tirof etadi
22
.
R.H. Hermanson va boshqalar “Moliyaviy steyntmentlar(nazoratchilar)
buxgalteriya hisobi jarayonining oxirgi yakuniy mahsuloti bо‘lib, ichki –
menejmentlarni hamda kompaniyadan tashqaridagi – kreditorlar, ta’sischilar va
boshqa qiziquvchi tomonlarni uyg‘un va ishonchli axborotlar bilan ta’minlaydi”
23
deb
ta’rif keltirishgan.
S.V.Moderov о‘zining dissertatsiyasida konsolidatsiyalashgan moliyaviy
hisobotning paydo bо‘lishi AQShda sanoat inqilobi boshlanishi bilan bog‘liqligi
tо‘g‘risida ta’kidlab о‘tgan. Ushbu olim izlanishi korporatsiyalar о‘rtasidagi
munosabatlarni tartibga solish bо‘- yicha qonunchilikka о‘zgartirish kiritilishiga olib
22
International Financial Reporting and Analysis, 4-Edition. D.Alexander, A.Britton, A.Jorissen. 2009. P. 17.
23
Hermanson, Roger H. Accounting: a business perspective. /Roger H.Hermanson, James Don Edwards,
Michael W.Maher. 6 th ed., Irwin, Printed in the USA, 2009. P. 17.
37
keldi, natijada xolding tuzilmalarini tashkil etishga imkoniyat yaratildi.
24
10-sonli “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar” nomli moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlari MHXS ga muvofiq, guruh asosiy kompaniya va
uning shо‘ba korxonalari hisoblanadi. Ikkinchidan, “guruh”ni shakllantirish “nazorat
qilish” tamoyiliga asoslanadi, uning mezonlariga rioya qilish, shuningdek, ayrim
kompaniyalarni konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritish uchun zarurdir
25
.
Professor Y.V.Sokolov fikricha, “moliya- viy hisobotning xalqaro standartlari
buxgalterlarning nazariy fikrlari uchun XX asr oxiridagi ajoyib yodgorlikdir”
26
V.V.Kovalev, Vit.V.Kovalev tomonidan quyidagilar ta’kidlangan: “1965 yilda
Germaniyada buxgalteriya hisobi qoidalarida mustahkamlangan va birlashtirishga
bо‘lgan yondashuvi Angliya va Amerika yondashuvlaridan sezilarli farq qildi”.
27
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish bо‘yicha asosan iqtisodchi
о‘zbek
olimlaridan
SH.T.Ergasheva
28
,
S.N.Tashnazarov
29
,
I.R.Avazov,
N.B.Xujabekov
30
,
S.S.Nasretdinov
31
lar
о‘zlarining
ilmiy
tadqiqot
ishlarida
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar bilan bog‘liq muammolarni keng tadqiq
etishgan.
24
Модеров С.В. Совместимая финансовая отчетность: логика и техника построения: дис. на соиск.
учен. степ. канд. экон. наук (08.00.12). – СПб., 2013. С.13.
25
International Financial Reporting Standard 10 (IFRS 10). “Consolidated Financial Statements”. /
International Accounting Standards Board. – London, 2011. А-Б-банди.
26
Соколов Я.В. Судьба международных стандартов финансовой отчетности в России. /
Я.В.Соколов. // Финансы и бизнес. 2005. № 1. С. 72.
27
|