Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/452
Sana27.06.2024
Hajmi8,84 Mb.
#265988
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   452
Bog'liq
QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

 
Tadqiqot metodologiyasi. 
Ilmiy izlanishlar jarayonida induksiya va deduksiya, 
monografik kuzatish, omilli tahlil, sintez va boshqa usullardan keng foydalanilgan. 
Tahlil va natijalar 
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzadigan kompaniyalar guruhiga bosh 
kompaniya hamda u tomonidan nazorat qilinadigan barcha shо‘ba kompaniyalar 
kiradi.
Konsolidatsiyalashning 
umumiy 
qoidalari

10-son 
MHXSga 
muvofiq 
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishda kompaniya aktivlar, majburiyatlar, 
kapital, daromad va xarajatlarning (bir xil bо‘lgan) analogik moddalarini qо‘shib 
32
Xо‘jabekov N.B. Biznesni birlashtirishda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni takomillashtirish. 
Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya avtoreferati. – T., 2009. – 22 b. 
33
http://www.icar.ru 
– 
International 
Center 
of 
Accounting 
Reforms 
(ICAR) 
http://www.ifrs.org/Pages/default.aspx
- International Accounting Standards Board and IFRS Foundation.


39 
chiqish yо‘li bilan bosh va shо‘ba tashkilotlar moliyaviy hisobotlarini har bir satr 
bо‘yicha konsolidatsiyalaydi. 
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot yagona iqtisodiy tashkilot sifatidagi 
guruh tо‘g‘risida moliyaviy axborotlarni taqdim eta olishlari uchun quyidagi 
harakatlarni amalga oshiriladi: 

Bosh kompaniyaning har bir shо‘ba korxonaga investitsiyalarining balans 
qiymati va bosh kompaniyaga taalluqli bо‘lgan har bir shо‘ba korxona kapitali qismi 
eliminatsiyalanadi (ya’ni о‘zaro chiqarilib tashlanadi); 

birlashishi natijasida gudvil yuzaga kelishi mumkin, qaysiki moliyaviy holat 
tо‘g‘risidagi konsolidatsiyalashgan hisobotda alohida satrda aks ettiriladi; 

hisobot davri uchun konsolidatsiyalanadigan shо‘ba kompaniyalar foyda va 
zararlardagi nazorat qilinmaydigan qatnashish hissasi aniqlanadi; 

konsolidatsiyalashadigan shо‘ba kompaniyalar sof aktivlaridagi nazorat 
qilinmaydigan qatnashish hissasi bosh kompaniya aksiyadorlari kapitalidan alohida 
kо‘rsatiladi. 
Sof aktivlarda nazorat qilinmaydigan qatnashish hissasi tarkib topadi: 
o
biznesni birlashtirish sanasida shо‘ba kompaniyalar sof aktivini nazorat 
qilmaydigan qatnashish hissasi; 
o
xarid qilish momentida hisobot sanasiga qadar shо‘ba kompaniya kapitali 
о‘zgarishidagi nazorat qilinmaydigan qatnashish hissasi. 
Guruh kompaniyalari о‘rtasida mavjud bо‘lgan guruh ichidagi qoldiqlar, 
operatsiyalar, daromadlar va xarajatlar tо‘liq chiqarilib tashlanishi kerak. 
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishda bosh kompaniya va shо‘ba 
kompaniyalar moliyaviy hisobotlari bir hisobot sanasida tuzilgan bо‘lishi shart. Agar 
bosh kompaniyaning hisobot sanasi shо‘ba kompaniyaning hisobot sanasidan farq 
qilsa 10-son MHXSga muvofiq shо‘ba kompaniya bosh kompaniyaning hisobot 
sanasiga qо‘shimcha moliyaviy hisobot tuzishi talab etiladi. 
Bunday hollarda ushbu sana va bosh kompaniya hisobot sanasi oralig‘ida yuz 
bergan salmoqli bitimlar yoki hodisalarning ta’siri korrektirovka kiritish orqali 
inobatga olinadi. 


40 
2-bosqich. 
Bosh 
kompaniyaning shо‘ba kompaniyaga investitsiyasi hamda hissasining 
balans qiymati bekor qilinadi, nazorat qilinmaydigan qatnashish hissasi(NQQH) hamda gudvill tan 
olinadi 

Download 8,84 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   452




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari

Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish