• X.Eshturdiyev -TDIU SF magistranti
  • Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/452
    Sana27.06.2024
    Hajmi8,84 Mb.
    #265988
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   452
    Bog'liq
    QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

    http://www.icar.ru 
    – International Center of Accounting Reforms (ICAR) 
    http://www.ifrs.org/Pages/default.aspx
    - International Accounting Standards Board 
    and IFRS Foundation 
     
    UDK: 639.2.6 
    AGROKLASTERLARDA BUXGALTERIYA HISOBINING MUAMMOLARI 
    VA YECHIMLARI. 
     
    A.Alikulov – SamDVMChBU, i.f.d., professor 
    X.Eshturdiyev -TDIU SF magistranti 
    Respublikamizda qishloq xo‘jaligini yanada jadal rivojlantirish, unda bozor 
    mexanizmlarini kengroq joriy etish, ekologik toza qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan 
    aholini to‘la ta’minlash, qishloq xo‘jaligini eksport salohiyatini oshirishda xo‘jalik 
    yuritishning yangi shakli bo‘lgan agroklasterning solmoqli o‘rni va salohiyati 
    mavjud. Bular qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish turlariga qarab, “paxta 
    - to‘qimachilik”, “meva-sabzavotchilik”, “baliqchilik”, “uzumchilik-vinochilik” va 
    boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan va tashkil etilayotgan agroklasterlardir. 
    Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol 
    mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida “Qishloq xo‘jaligini ilmiy 
    asosda intensiv rivojlantirish orqali 2022 yilda daromadni kamida 25 foizga oshirish. 
    Mahsulot tannarxini 30-35 foizga qisqartirish, paxtadan o‘rtacha 37 sentner va 
    g‘alladan 70 sentner hosil olishga erishish, biologik eskirgan navlar o‘rniga serhosil, 
    ertapishar, tola va don sifati yuqori bo‘lgan 8 ta g‘o‘za va 12 ta g‘alla navlari 
    maydonini kengaytirish; 
    Hududlarda 110 ta meva-sabzavotchilik kooperatsiyalari va 35 ta g‘allachilik 
    klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Bunda, klasterlarning meva-sabzavot va yuqori 
    qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini hamda 


    47 
    eksportdagi ulushini 2 baravarga va ish o‘rinlarini 3 baravarga oshirish”
    35
    vazifalari 
    belgilab berilgan. 
    Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi klastrlarda «urug‘-ko‘chat-
    mahsulot yetishtirish-tayyorlash-saqlash-qayta ishlash-transportirovka qilish-bozorga 
    yetkazish» tamoyili bo‘yicha ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada, faqat 
    mahsulot yetishtirish emas, balki urug‘ va ko‘chat hamda mahsulot yetishtirish, 
    tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, transportirovka qilish va bozorga chiqarish 
    bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar guruhi birlashadi. 
    Agroklasterlarda buxgalteriya hisobini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar 
    asosida tashkil etish va yuritish O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisob 
    to‘g‘risida (yangi tahrirda)” qonuni, “Mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va 
    sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida 
    Nizom”, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS), “Buxgalteriya 
    hisobotning xalqaro standartlar” (BHXS), “Moliyaviy hisobotning xalqaro 
    standartlar” (MHXS), korxonaning “Hisob siyosati” va boshqa me’yoriy-huquqiy 
    hujjatlar bilan tartibga solinadi.
    Olib borilayotgan tadqiqotlar natijasi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar 
    asosida agroklasterlarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda quyidagi 
    muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda: 
    - agroklasterlarda boshqaruv hisobining tamoyillari va usullarini o‘z ichiga 
    olgan “Hisob siysatini” ishlab chiqilmaganligi;
    - transfert bahoni shakllantirish uslubiyotinining ishlab chiqilmaganligi; 
    - segmentar hisobotning shakllari va uni taqdim etish tartiblari mavjud emasligi; 
    - agroklasterning har bir ishtirokchisining moliyaviy natijalarini iqtisodiy 
    asoslangan holda aniqlash imkoniyati mavjud emasligi; 
    - agroklaster ishtiroqchilarining olingan jami foydadagi ulushini aniqlash va 
    ularning qo‘shgan hissalariga qarab rag‘batlantirish mexanizmining ishlab 
    chiqilmaganligi va hakozolar.
    35
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi 
    O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF-60-son farmoni. www.Lex.uz.


    48 
    Agroklasterlarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda “Hisob 
    siyosati” muhim ahamiyatga ega bo‘lib, hisob siyosati o‘zida buxgalteriya hisobini 
    qo‘llanilayotgan hisob tamoyillari va usullarini belgilab beradi.
    Agroklasterlarda “Hisob siyosatini” tuzishda moliyaviy hisobning tamoyillari va 
    usullari o‘z aksini topib, boshqaruv hisobini xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini 
    aniqlash hamda umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash usullarining aks 
    ettirilmay qolishi, mahsulot tannarxini iqtisodiy asoslangan holda aniqlanishida 
    ma’lum muammolarni yuzaga keltiradi. Agroklasterlar «urug‘ - ko‘chat - mahsulot 
    yetishtirish – tayyorlash – saqlash - qayta ishlash - transportirovka qilish - bozorga 
    yetkazish» bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektni o‘z ichiga olib, bularda xarajatlar 
    hisobi va mahsulot tannarxini aniqlash hamda umumishlab chiqarish xarajatlarini 
    taqsimlash usullari agroklasterga birlashgan sub’ektlar bo‘yicha bir-biridan farq 
    qiladi. Agroklaterlarning “Hisob siyosati”dagi yuqoridagi muammolarni hal etilishi, 
    agroklasterga birlashgan har bir sub’ektda mahsulot (ish, xizmat) tannarxini iqtisodiy 
    asoslangan holda hisoblanishiga olib kelib, har sub’ektning xo‘jalik-moliyaviy 
    faoliyatini to‘g‘ri aniqlanishi va baholanishiga olib keladi. 
    Transfert baho bu - sub’ektning ichki bahosi bo‘lib, sub’ekt ichidagi bir 
    bo‘linmaning o‘z mahsulot(ish, xizmat)ini ikkinchi bo‘linmaga sotish (yetkazib 
    berish) jarayonida qo‘llaniladigan bahodir. Agroklasterga birlashgan sub’ektlar o‘z 
    mahsuloti (ish, xizmati)ni agroklasterdagi boshqa sub’ektga sotadi (yetkazib beradi), 
    bunda transfert baho muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
    Agroklaterga 
    birlashgan 
    xo‘jalik 
    yurituvchi 
    sub’ektlardagi 
    ishlab 
    chiqarilayotgan mahsulot, ko‘rsatilayotgan xizmatlar yoki bajariladigan ishlar bir 
    guruhdan ikkinchi guruhga sotish (yetkazib berish) jarayonida reja tannarxida aks 
    ettirilib, yil oxirida haqiqiy tannarxi aniqlanib, keyin buxgalteriya hisobida reja 
    tannarxini haqiqiy tannarxga yetkazish bo‘yicha tegishli yozuvlar amalga oshiriladi. 
    Bunday holat har bir sub’ektni agroklasterning umumiy moliyaviy natijasiga 
    qo‘shgan hissasini aniqlash imkonini bermaydi. Ushbu muammoni hal etish uchun, 
    har bir sub’ektning ikkinchi bir sub’ektga sotadigan (yetkazib berayotgan) mahsuloti 
    (ish, xizmati) uchun transfert bahoni qo‘llash natijasida hal etish mumkin. 


    49 
    Agroklasterning har bir sub’ektining sotadigan (yetkazib berayotgan) mahsuloti 
    uchun transfert bahoni shakllantirilishi har bir sub’ektni agroklasterning umumiy 
    moliyaviy natijasiga qo‘shgan hissasini aniqlash imkonini berib, agroklasterga 
    birlashgan har bir sub’ekt faoliyatini iqtisodiy asoslangan holda baholash va to‘g‘ri 
    boshqaruv qarorlarini qabul qilishga olib keladi. 
    Agroklasterlar birlashgan, bir necha «urug‘ – ko‘chat - mahsulot yetishtirish – 
    tayyorlash – saqlash - qayta ishlash - transportirovka qilish - bozorga yetkazish» bilan 
    shug‘ullanuvchi sub’ektlardan iborat bo‘lib, ushbu sub’ektlar faoliyatida xarajatlar
    mahsulot (ish, xizmat) chiqishi va daromadlarni nazorat qilish, umuman ular 
    faoliyatini baholash va nazorat qilish hamda tegishli boshqaruv qarorlarini qabul 
    qilishda segmentar hisobot axborotlari manba bo‘lib hisoblanadi. Boshqaruv hisobini 
    tashkil etish tamoyillaridan kelib chiqqan holda, segmentar hisobot shakllari va ularni 
    tayyorlash va taqdim etish muddatlari xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan 
    belgilanib, uning hisob siyosatida o‘z aksini topishi lozim. 
    Agroklasterga birlashgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar turli xil faoliyat bilan 
    shug‘ullanadilar, biri ishlab chiqarish, boshqasi saqlash va qayta ishlash, yana 
    boshqasi transportirovka qilish, sotish bilan shug‘ullanib, bularda buxgalteriya 
    hisobini tashkil etish va yuritishdagi xususiyatlar hisobga olingan holda, har bir 
    guruhdagi ho‘jalik yurituvchi sub’ekt uchun segmentar hisobot shakllari ishlab 
    chiqilishi lozim. Segmentar hisobot shakllarini ishlab chiqilishi va joriy etilishi, 
    agroklaster tomonidan agroklasterga birlashgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 
    faoliyatini baholash, nazorat qilish bilan birga har bir sub’ektning agroklaster 
    faoliyatiga qo‘shayotgan ulushini aniqlash va agroklasterning olgan faydasini ular 
    o‘rtasida har birining qo‘shgan ulushiga qarab taqsimlash imkonini yaratadi. Bu 
    agroklasterga birlashgan sub’ektlar moddiy manfaatdorligini ta’minlab, agroklaster 
    faoliyatini barqaror rivojlanishiga olib keladi. 
    Agroklasterlarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bo‘icha “Hisob 
    siyosatida” boshqaruv hisobiga tegishli bo‘lgan xarajatlar hisobi va mahsulot 
    tannarxini aniqlash, umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash usullari, transfert 
    bahoni shakllantirish tamoyillari va segmentar hisobotlar shakllari, ularni tayorlash va 


    50 
    taqdim etish tartiblarini aks ettirilishi, agroklasterlardagi har bir ishtirokchi 
    sub’ektning moliyaviy natijalarini iqtisodiy asoslangan holda aniqlash va agroklaster 
    olgan jami foydadagi ulushini aniqlash va ularning qo‘shgan hissalariga qarab 
    rag‘batlantirish mexanizmining ishlab chiqishga imkor yaratadi. 
    Yuqoridagi takliflarimiz, agroklasterlarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va 
    yuritishni takomillashtirish bilan birga, agroklasterning har bir ishtirokchisining 
    moliyaviy 
    natijalarini 
    iqtisodiy 
    asoslangan 
    holda 
    aniqlash, 
    agroklaster 
    ishtiroqchilarining olingan jami foydadagi ulushini aniqlash va ularning qo‘shgan 
    hissalariga qarab bozor tamoyillari asosida rag‘batlantirish mexanizmining ishlab 
    chiqilishiga olib keladi, agroklasterning har bir ishtirokchisida ishlab chiqarish 
    samaradorligini 
    oshirishdan 
    manfaatdorligi 
    ta’minlab, 
    barqaror 
    rivojlanish 
    ta’minlaydi.

    Download 8,84 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   452




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari

    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish