.
SHо‘ba kompaniyasi (SHK) xarid sanasida va hisobot sanasida sof
aktivlari (SA) qiymatini hisoblash.
2-
bosqich
.
Gudvil hisobi.
3-
bosqich.
Nazorat qilinmaydigan qatnashish hissasini (NQQH) hisoblash.
4-
bosqich.
Guruhning taqsimlanmaydigan foydasi (GrTF)ni hisoblash
Guruhning
taqsimlanmagan
foydasi
moliyaviy
holat
tо‘g‘risidagi
konsolidatsiyalashgan hisobotning kapital bо‘limida aks ettiriladi.
5-
bosqich.
Guruhning qayta baholash rezervi (QBR).
Yuqoridagi 5 bosqichdagi hisob-kitoblar amalga oshirilgandan sо‘ng umumiy
qoidaga muvofiq bosh kompaniya va shо‘ba kompaniyalarning aktiv va
majburiyatlari satrlar bо‘yicha korrektirovkalarni hisobga oligan holda jamlash orqali
moliyaviy holat tо‘g‘risida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuziladi
Shu bois, aksiyadorlar manfaatlarini qanoatlantirish maqsadida har qanday bosh
kompaniya о‘zining hisobotidan tashqari alohida konsolidatsiyalashgan moliyaviy
hisobotlarini tuzishlari talab etiladi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot
tuzadigan kompaniyalar guruhiga bosh kompaniya hamda u tomonidan nazorat
qilinadigan barcha shо‘ba kompaniyalar kiradi. Agar kompaniya bosh kompaniya
tomonidan nazorat qilinsa, u holda konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot bu
kompaniyalarning faoliyat
turlaridagi mavjud farqlardan qat’iy nazar tuziladi.
Shunday qilib konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar asosida moliyaviy
hisobotni tuzish va taqdim etishda xalqaro standartlarni qо‘llash ularni yanada sifatini
oshirishga olib keladi.
34
http://www.icar.ru
–
International
Center
of
Accounting
Reforms
(ICAR)
http://www.ifrs.org/Pages/default.aspx
- International Accounting Standards Board and IFRS Foundation
43
Xulosa va takliflar
Ilmiy izlanishlar natijasida xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda
yirik subyektlar о‘zlarining moliyaviy hisobotlarini milliy standartlar asosida tuzib,
undan sо‘ng xalqaro standartlarga transformatsiya qilinib kelmoqda, lekin aynan
moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiyalashgan shaklda tuzishni xalqaro standartlar
asosida amalga oshirish yо‘lga qо‘yilmagan.
Shu sababli, konsolidatsiyalashgan moliyaviy holat tо‘g‘risidagi hisobotni
tuzishda 5 ta bosqichdan, ya’ni,
1-bosqich. SHо‘ba kompaniyasi (SHK) xarid sanasida va hisobot sanasida sof
aktivlari (SA) qiymatini hisoblash;
2-bosqich. Gudvil hisobi;
3-bosqich. Nazorat qilinmaydigan qatnashish hissasini (NQQH) hisoblash;
4-bosqich. Guruhning taqsimlanmaydigan foydasi (GrTF)ni hisoblash;
5-bosqich. Guruhning qayta baholash rezervi (QBR)lardan keng foydalanish
maqsadga muvofiq.
Buning
natijasida,
yirik
subyektlarning
konsolidatsiyalashgan
shakldagi moliyaviy holat tо‘g‘risidagi hisobotini xalqaro standartlar asosida
tuzishdagi muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar boshkaruv tushunchasiga va kapital
tushunchasi bо‘yicha yagona moliyaviy hisobotga asoslangan bо‘lishi lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, moliyaviy hisobot va konsolidatsiyalashgan
moliyaviy hisobotlarning asosiy farqi shundaki, konsolidatsiyalashgan moliyaviy
hisobotda bir necha mustaqil tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarida keltirilgan
barcha kо‘rsatkichlar tо‘liq keltirib о‘tilmaydi. Bunda bosh kompaniya tarkibidagi
korxonalar bir-biridan bо‘lgan qarz mablag‘lari aks ettirilmaydi, lekin shо‘ba
korxonalar о‘zlarining moliyaviy hisobotlarida keltiradi.
Mana shunday xususiyatlar konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning
axborotlaridagi buzilishlarga olib keladi. Bundan tashqari, konsolidatsiyalashgan
moliyaviy hisobotning axborotlarini buzilishiga quyidagi holatlar ham sabab bо‘ladi:
- kompaniyalar guruhining tarkibini noto‘g‘ri aniqlash;
44
- buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlaridagi buzilishlar;
- konsolidatsiya uchun hisob siyosatidan foydalanish, bu moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlarini barcha talablarini о‘z ichiga olmaydi;
- buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tuzilgan moliyaviy
hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga moslashtirish jarayonidagi
xatoliklar;
- konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlashdagi xatolar.
Ushbu xususiyatlar moliyaviy hisobotning xalkaro standartlariga muvofiq
tayyorlangan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni takomillashtirish lozimligini
belgilab beradi. Buning uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq
tuzilgan moliyaviy hisobot va konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzish
uslublarini takomillashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot auditini о‘tkazishda va auditorlik
dalillarini
tо‘plash
vaqtida
bosh
kompaniya
tomonidan
tuzilgan
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot kо‘rsatkichlarida noanikliklar kelib
chiqmasligi uchun, о‘zining shо‘ba korxonalari moliyaviy hisobotlaridagi jiddiy
tafovutlarga olib kelishi mumkin bо‘lgan xavflarni aniqlash va baholash zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati:
1.«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-
sonli Farmoni.
2.
.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli qarori.
3.Nasreddinov S.S. Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy
va uslubiy masalalari (“Dori-darmon” davlat aksionerlik uyushmasi misolida)
iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya avtoreferati,
Toshkent: 2004. -22 b.;
45
4.International Financial Reporting and Analysis, 4-Edition. D.Alexander, A.Britton,
A.Jorissen. 2009. P. 17.
5.Xo‘jabekov N.B. Biznesni birlashtirishda konsolidatsiyalashgan moliyaviy
hisobotlarni takomillashtirish. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun
dissertatsiya avtoreferati. – T., 2009. – 22 b.
6.Hermanson, Roger H. Accounting: a business perspective. /Roger H.Hermanson, J.
Don Edwards, Michael W.Maher.6 th ed.,Irwin,Printed in the USA, 2009. P. 17.
7. International Financial Reporting Standard 10 (IFRS 10). “Consolidated Financial
Statements”. / International Accounting Standards Board. – London, 2011. A-B-
bandi.
8.Модеров С.В.Совместимая финансовая отчетность: логика и техника
построения: дис. на соиск.учен. степ. канд. экон. наук.-СПб.,2013. С.13.
9.Соколов Я.В. Судьба международных стандартов финансовой отчетности в
России. / Я.В.Соколов. // Финансы и бизнес. 2005. № 1. С. 72.
10.Ковалев В.В., Ковалев Вит.В. Анализ баланса. 3-е изд., перераб. и доп. – М.:
Проспект, 2016. – 317 с.
11.Tashnazarov S.N. Moliyaviy hisobotning nazariy va metodologik asoslarini
takomillashtirish (MHXS va ilg‘or tajribalar asosida). Monografiyа. T.: “Turon”,
2017 y.
12.Tashnazarov S.N., Tashnazarova D.S. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari.
SamISI, 2018.-421 b.
13.Трансформация отчетности по МСФО www.i-ias.ru/blog/competition- page/
2018.
14.Ergasheva Sh.T., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Ibragimova I.R. Moliyaviy
hisobotlarning xalqaro standartlari. O’quv qo’llanma. – T.: “Iqtisodiyot” nashriyoti
2019. – 227 b.
15.Ergasheva Sh.T., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Ibragimova I.R. Moliyaviy
hisobotlarning xalqaro standartlari. O’quv qo’llanma. – T.: “Iqtisodiyot” nashriyoti
2019. – 227 b.
|