Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/452
Sana27.06.2024
Hajmi8,84 Mb.
#265988
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   452
Bog'liq
QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

Kalit so‘zlar: moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, biologik aktivlar, 
investitsiyaviy 
kuchmas 
mulk, 
transformatsiya, 
moliyaviy 
hisobotni 
modernizatsiyalash. 
Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va audit sohasiga alohida e’tibor berilib, 
so‘nggi yillarda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentabrda “O‘zbekiston respublikasida 
auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3946-
sonli Farmoni qabul qilindi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga 
o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli Qarori qabul 
qilindi. 
Mazkur qarorni qabul qilishdan asosiy maqsad mamlakatimiz iqtisodiyotini 


63 
jahonning rivojlangan davlatlari amaliyotida keng qо‘llanilayotgan moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) о‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy 
investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash, investitsion jozibadorlikni 
oshirish va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, 
shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bо‘yicha 
tayyorlash tizimini takomillashtirishdan iboratdir. 
Hoziri kunda mamlakatimizda korxonalar moliyaviy hisobotlarini moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida tayyorlash va taqdim qilishga 
ehtiyojlari paydo bo‘lmoqda. 
Moliyaviy hisobot, ichki va tashqi (mulkdorlar, investorlar, xaridorlar, mol 
yetkazib beruvchilar, kreditorlar, davlat organlarini va keng jamoatchilik) subyektlar 
bilan bо‘ladigan munosabatlarda biznes tillashuvining muhim vositasidir. Agar 
korxona buxgalteriya hisobotlarini tayyorlashda xalqaro standartlarga rioya qilmasa, 
bu ba’zi nomuvofiqliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, bunday 
nomuvofiqliklar yuzaga kelmasligi uchun moliyaviy hisobotlarning yagona xalqaro 
standartlariga talab mavjud. Bо‘lajak xorijiy investor О‘zbekiston tashkilotlari 
tayyorlagan hisobotlarni tushunmaydi, shuning uchun raqamlar tо‘g‘ri aks 
ettirilganiga ishonmaydi. Moliyaviy hisobotlarni MHHSga tarjima qilish, audit 
о‘tkazish juda qiyin, kо‘p vaqt va qimmatga tushishi mumkin. 
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni takomillashtirishga oid 
muammolar yuzasidan xorijiy iqtisodchi olimlardan R.Libbi, R.H.Hermanson, 
R.Entoni , B.Nidlz, F.Vud, J.D.Spiselend, D.Alixander, va P.Astaxov, V.Kachalin, 
M.I.Kuter, V.F.Paliy, Y.V.Sokolov, V.G.Getman, T.Y.Drujilovskaya va boshqa 
olimlar 
respublikamiz iqtisodi olimlardan R.D.Dusmuratov va U.I.Tulayev,
K.B.Axmedjanov, A.K.Ibragimov, SH.I.Ilxamov, M.M.Tulaxadjayeva, I.N.Ismanov, 
B.I.Isroilov, 
A.A.Karimov, 
B.Y.Maxsudov, 
S.U.Mehmonov, 
H.N.Musayev, 
M.Q.Pardayev, I.T. Abdukarimov, A.X.Pardayev, M.E.Po‘latov, A.J.Tuychiyev, 
K.B.Urazov, B.K.Xamdamov, B.A.Xasanov, R.O.Xolbekov, Z.N.Kurbanov, 
I.N.Qo‘ziyev, I.Ochilov, M.Marpatov va boshqalar ilmiy izlanishlarni amalga 
oshirganlar. 


64 
Hozirgi iqtisodiy sharoitda mamlakatimiz buxgalteriya hisobi meyorlari hamda 
moliyaviy 
hisobotni 
tuzish 
qoidalari 
xalqaro 
standartlar 
talablariga 
moslashtirilmoqda. 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga о‘tish ayrim xо‘jalik yurituvchi 
subyektlarni hisob yuritish majburiyatidan ozod qiladi. Lekin ushbu korxonalarda 
barcha foydalanuvchilar guruhlari uchun sifatli va ishonchli axborot shakllantirish 
zarurati avvalgidek, dolzarb bо‘lib qolaveradi. Korxona hisob siyosati esa buni 
amalga oshirishga imkon beradigan asosiy hujjat bо‘lib qolaveradi. 
Moliyaviy hisobotni boshqaruvning muhim dastagi sifatida modernizatsiyalash 
deganda, moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmunini axborot foydalanuvchilar 
manfaatlariga muvofiqlashtirish, axborotlarga ishlov berish va ularni uzatishda eng 
ilg‘or usul va uslublar hamda takomillashgan hisobot shakllarini joriy qilish 
tushuniladi. 
О‘zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotni modernizatsiyalashda MHXSlarga 
bosqichma-bosqich о‘tilmoqda. 
Bizning fikrimizcha, dunyodagi moliyaviy hisob va moliyaviy hisobot jarayoni 
ilg‘or tajribasidan kelib chiqib, transformatsion ishchi balans tuzish amaliyotiga 
о‘tishimiz kerak. Ishchi balans schyotlarning qoldiqlarini transformatsion yozuvlar 
asosida moliyaviy hisobotning shakllariga о‘tkazishni amalga oshiruvchi muhim 
jadval (registr) hisoblanadi. 
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bosqichida ishchi balans va jadvallari 
yordamida moliyaviy holat tо‘g‘risidagi hisobot, foyda va zararlar hamda boshqa 
tо‘plam daromadlar tо‘g‘risidagi hisobot, pul mablag‘lari haqidagi hisobot, xususiy 
kapitalning о‘zgarishi tо‘g‘risidagi hisobotlar tuziladi. Hisobotlar ijobiy auditorlik 
xulosasiga ega bо‘lgandan sо‘ng top menejerlar tomonidan tasdiqlanadi va qaror 
qabul qiluvchilarga taqdimoti amalga oshiriladi. 
S.N.Tashnazarov о‘z tadqiqotlari natijasida “mamlakatimizda amaldagi 
meyoriy-huquqiy hujjatlar hamda xalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy 
hisobotning shakllarini quyidagi tarkibda belgilash maqsadga muvofiq” deb 
hisoblaydi(1-jadval).

Download 8,84 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   452




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari

Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish