• Annotatsiya.
  • HUDUDLARDA TOVAR-MODDIY ZAXIRALARDAN SAMARALI




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/452
    Sana27.06.2024
    Hajmi8,84 Mb.
    #265988
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   452
    Bog'liq
    QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

    HUDUDLARDA TOVAR-MODDIY ZAXIRALARDAN SAMARALI 
    FOYDALANISH HISOBINI AVTOMATLASHTIRISH MASALALARI 
    Xasanov Baxodir Akramovich,
    iqtisodiyot fanlari doktori, professor, x.b.a@mail.ru 
    Akramov G‘olibjon Bahodir o‘g‘li,
    TDIU tayanch doktoranti, iceman.rich@mail.ru 
     
    Annotatsiya.
    Mazkur maqolada hududiy korxonalarda kompyuter dasturlarini 
    qo‘llash sharoitida tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish masalalari yoritilgan.
    Kalit so‘zlar:
    tovar-moddiy zaxiralar, xalqaro standartlar, baholash usullari, 
    dasturiy ta’minot, materiallar hisobini avtomatlashtirish. 
    Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishni tashkil etish va yuritish tartibi, ularni 
    baholash, shuningdek tovar-moddiy zaxiralarni boshqarishning boshqa masalalari 2-
    son MHXS (IAS) “Zaxiralar” da ko‘rib chiqilgan.
    Moddiy boyliklar tarkibiga quyidagi turlar kiradi: 

    paxta, neft, ko‘mir, ruda va boshqalar kabi xom ashyo; 

    ishlab chiqarilgan mahsulotlarning asosini tashkil etuvchi materiallar (un, 
    shakar, teri, tola, material va boshqalar); 

    sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar (motorlar); 

    yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin, benzin, neft mahsulotlari); 

    idishlar va idish materiallari (yog‘och, karton, metall, shisha idishlar, qop-
    qanor va boshqalar); 

    qurilish materiallari 

    ehtiyot qismlar ( akkumulyator, shinalar, karbyurator va boshqa 
    mexanizmlar); 

    chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar; 

    inventar va xo‘jalik buyumlari;

    boshqa materiallar; 
    Buxgalteriya hisobini tashkil etishda tovar-moddiy zaxiralarni mahsulot (ish, 
    xizmatlar) tannarxiga kiritish muhim masala hisoblanadi. 2-son MHXS (IAS) 


    71 
    “Zaxiralar” talablariga muvofiq, ular tannarxning eng pasti yoki sof sotish qiymati 
    bo‘yicha baholanadi. 
    Korxonalarda tovar-moddiy zaxiralarga tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor 
    mahsulotlar va sotish uchun mo‘ljallangan omborlardagi tovarlar ham kiradi. 
    Hisobot oyi davomida buxgalteriya bo‘limidagi materiallar harakati hisob 
    baholari bo‘yicha hisobga olinadi, oy oxirida esa - foizlar va transport va ta’minot 
    xarajatlari miqdori yoki haqiqiy tannarxning buxgalteriya qiymatidan chetga chiqishi 
    hisoblangandan keyin, bu xarajat haqiqiy tannarxga keltiriladi. 
    Buxgalteriya bo‘limida materiallarning sintetik hisobi 1010-1090 schyotlar 
    bo‘yicha 21-sonli buxgalteriya hisobining amaldagi milliy standartlariga muvofiq 
    yuritiladi. Materiallar qoldig‘i va ularning oy uchun kelib tushishi debetda, 
    materiallar sarfi esa schyotning kredit qismida aks ettiriladi. 
    Materiallarning buxgalteriyadagi sintetik hisobi 1000 “Materiallar” schyotida
    1010-1090 subschyotlar kesimida ularning alohida nomlari (turlari, navlari, 
    o‘lchamlari) bo‘yicha analitik schyotlarda amalga oshiriladi. 
    Xo’jalik subyekti rahbari tomonidan tasdiqlangan hisob siyosatida materiallar 
    hisobi uchun qabul qilingan usullar va vositalar belgilab qo’yiladi. Ma’lumki, Hisob 
    siyosati hisobot yilining boshida buyruq bilan tasdiqlanishi kerak. Shuningdek, hisob 
    siyosatini tahlil qilishda buxgalteriya hisobining tegishli bo‘limlariga kiritilishi kerak 
    bo‘lgan qo‘shimchalar aniqlanadi. 
    Korxonaning buxgalteriya siyosati tovar-moddiy zaxiralarni haqiqiy tannarx 
    bo‘yicha hisobga olinishini belgilaydi. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish 
    saqlash joylari va javobgarlik markazlari tomonidan amalga oshiriladi, joriy 
    inventarizatsiya hisobot tuzishdan oldin yoki moddiy javobgar shaxs almashganida 
    amalga oshiriladi. Shuningdek, inventarizatsiya yillik hisobot tuzishdan avval ya’ni 
    hisobot yilining 1 oktyabr holatiga ko‘ra amalga oshiriladi. 
    Korxonada ishlab chiqarish uchun materiallarni hisobdan chiqarishda FIFO usuli 
    qo‘llaniladi, ammo AVECO usuli individual qiymatlarga nisbatan qo‘llanilishi 
    mumkin. Funksional tayinlanishiga ko‘ra, tovar-moddiy zaxiralar maxsulotning
    ishlab chiqarish tannarxiga yoki davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi mumkun. 


    72 
    Materiallarni ichki xo’jalik ehtiyojlari uchun ishlab chiqarish bo’linmalariga 
    yoki boshqaruv xo’jalik maqsadlariga sarflashda “Talabnoma” yoki “Cheklangan 
    oluv kartalari” hujjatlari rasmiylashtiriladi. 
    Tovar-moddiy zaxiralar moddiy javobgar shaxslar kesimida ma’muriyat bilan 
    tuzilgan “Yakka” tartibdagi to’liq moddiy javobgarlik haqidagi shartnoma bo’yicha 
    hisobga olib boriladi. 
    Biz buxgalteriya siyosatida tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarish usullari 
    (FIFO yoki AVECO) oshkor etilmaganligini, aktivlarni tovar-moddiy zaxiralarga 
    belgilash mezonlari (narx va xizmat muddati) oshkor etilmaganligini ta’kidladik. 
    Hozirgi vaqtda buxgalteriya hisobida to’plangan iqtisodiy axborotlarni 
    kompyuterda qayta ishlash samarali tashkil etilgan deb bo’lmaydi. Hozirgi paytda IT 
    bozorida ular uchun turli xil talablarni qondiradigan ko‘plab buxgalteriya dasturlari 
    taklif qilinmoqda. “1C: Buxgalteriya” dasturidan tashqari hozirda O‘zbekiston 
    bozoriga “1UZ” milliy avtomatlashtirish dasturi kirib keldi va u o‘n mingdan ortiq 
    korxonada muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. 
    Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish hisob-kitob ishlarini yengillashtirishga 
    yordam beradi, lekin undan foydalanish hisob hujjatlarini rasmiylashtirishga 
    sarflanadigan vaqtni qisqartirishga imkon bermaydi. Bu masalalar buxgalteriya 
    ishlarining butun majmuasi avtomatlashtirilgan taqdirda hal etiladi. Shuningdek, 
    buxgalteriya hisobida omborxona va buxgalteriyada tovar-moddiy zaxiralarni hisobga 
    olish uchu muqobil, raqobatdosh dasturlardan foydalanish ijobiy samara beradi, deb 
    hisoblaymiz. 
    Kompyuter texnologiyalarining zamonaviy modifikatsiyalari yaratilayotgan
    hozirgi paytda shaxsiy kompyuter yordamida tovar-moddiy zaxiralarning hisobi va 
    tahliliy jarayonlarni yuritish mazkur dasturlarni yaratuvchi uchun ham, 
    foydalanuvchi uchun ham o’zaro bog’liqlikda amalga oshirilishi zarur. Buxgalterlar 
    tomonidan kompyuter texnikalaridan nafaqat user sifatida foydalanish, balki ularni 
    dasturchi darajasida o‘zlashtirish (bugungi kunda bu allaqachon malaka talabiga 
    aylangan), mamlakatimizda buxgalteriya dasturlarini tanlash va qo’llash 
    strategiyasini tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. Ma’lum bo‘lishicha, 


    73 
    buxgalteriya hisobining barcha yo‘nalishlari uchun yagona axborotlar bazasi 
    tuzilmasiga ega bo‘lish samaraliroq. 
    Xulosa qilganimizda, hududiy korxonalarda tovar-moddiy zaxiralarni hisobga 
    olishni xalqaro standartlarga transformatsiya qilish zaruratidan kelib chiqib tashkil 
    etilishi maqsadga muvofiqdir. 
    Iqtisodiyotni 
    modernizatsiya 
    qilish 
    xo‘jalik 
    yurituvchi 
    subyektlardan 
    zaxiralardan oqilona foydalanishni talab qiladi, bu esa buxgalteriya hisobining 
    progressiv shakli sifatida zamonaviy kompyuter dasturlari va texnologiyalarini
    qo’llashni talab etadi. 
    Hozirgi vaqtda foydalanilayotgan kompyuter dasturlari juda xilma-xil bo‘lib, 
    ularning soni ko‘p yo‘nalish va faoliyat ko‘lami ham xilma-xildir. 
    Shuni ta’kidlash kerakki, amaliyotda mavjud kompyuter dasturlari, elektron 
    jadvallar va integratsiyalashgan tizimlar hisobini yuritish uchun amaliyotchi 
    buxgalterlarning kompyuter ko‘nikmalari va tajribasi yetarli emasligini tahlillar 
    ko’rsatmoqda. Yuqoridagi holat tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishni 
    avtomatlashtirish uchun maxsus dasturiy mahsulotlarga bo‘lgan yuqori talabni 
    ta’minlashni dolzarb vazifa qilib qo’ymoqda. 

    Download 8,84 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   452




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    HUDUDLARDA TOVAR-MODDIY ZAXIRALARDAN SAMARALI

    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish