• 1-jadval Kapitalning aylanma va asosiy kapital sifatida farqlanish belgilari [6]
  • Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/452
    Sana27.06.2024
    Hajmi8,84 Mb.
    #265988
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   452
    Bog'liq
    QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

    Mavzuga oid adabiyotlar tahlili 
    Томас Мальтуснинг фикрича, «капитал - мамлакат захирасининг шундай 
    qismidirki, undan moddiy ne’mat ishlab chiqarish va uni taqsimlash maqsadida 
    foydalaniladi».[3] 
    Dj.Klark, L.Valras va I.Fisher «kapital - daromad, foyda va foiz keltiruvchi qiymat», 
    deb qaraydilar. 
    Ammo K.Makkonnell, S.Bryu[4] , S.Fisher, R.Dornbush, R.Shmalenzilar[5]
    kapitalni barcha ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sohalarida qо‘llaniladigan 
    moddiy vositalardan, ya’ni mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, 
    omborlar, transport vositalari kabilardan iborat, deb tovar va pulni bunga 
    kiritmaydilar. 
    1-jadval 
    Kapitalning aylanma va asosiy kapital sifatida farqlanish belgilari [6]
    № 
    Aylanma 
    Asosiy 

    Kapital qiymatining aylanish usuliga kо‘ra 
    Bir doiraviy aylanish Bir necha doiraviy aylanish 

    Kapital qiymatining ishlab chiqarishdan olinadigan daromadga 
    bog‘liqlik xususiyatiga kо‘ra 
    Daromadning asosini tashkil 
    etadi
    Daromadning bir kismini tashkil etadi 

    Kapitalning ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatlariga 
    kо‘ra 
    Natural buyum shaklini saqlab 
    qolmay, mahsulot tarkibiga 
    tо‘liq kiradi
    Natural buyum shaklini saqlab qolib, 
    mahsulot tarkibiga kirmaydi 
    Kapital qiymatining qayta tiklanish usuliga kо‘ra 


    28 

    Ashyoviy buyum sifatida bir 
    doiraviy aylanishdan sо‘ng 
    qayta tiklanadi 
    Bir necha doiraviy aylanishdan sо‘ng 
    amortizatsiyalanib, 
    pul 
    shaklidan 
    asosiy kapital shakliga aylanadi 
    Ko‘rinib turibdiki, ushbu iqtisodchilar kapitalistik iqtisodiy tuzumning ijtimoiy 
    mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama yondashib, ishlab chiqarish 
    omillarining 
    qiymatiga 
    e’tiborni 
    qaratgan. 
    Mamlakatimiz 
    olimlaridan 
    SH.Shodmonov, R.Alimov, T.Jo‘rayevlar Farb olimlarining ayrimlari tomonidan 
    kapitalni bir tomonlama, ya’ni uning kiymat tarafini e’tiborga olganliklari, boshqalari 
    esa iqtisodiy tushunchalarning tarixiyligini e’tibordan chetda koldirib, uning moddiy 
    obekti, narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini ko‘rsatganliklari va shuning uchun 
    kapital doimiy, o‘zgarmas tushuncha, deb e’tirof etganliklarini ta’kidlab, kapital 
    mazmunini quyidagicha bayon qilishgan: «Biz bu ikki xil tushunchani bir tanganing 
    ikki tomoni, bir tushunchaning, ya’ni kapital tu-shunchasining ikki tomoni: uning bir 
    tomoni moddiy va ashyoviy kurinishi, ik-kinchi tomoni esa uning kiymat ko‘rinishi 
    ekanligini e’tiborga olamiz va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb 
    ishlatamiz».[7]
    Hozirgi kunda iqtisodchi olimlar o‘rtasida munozaraga sabab bo‘layotgan 
    masalalardan biri - kapitalni iqtisodiy kategoriya emas, balki buxgalteriya hisobi 
    kategoriyasi sifatida e’tirof etish lozimligidir. Bizningcha, bunday munozaraga o‘rin 
    bermaslik lozim. Chunki kapital, avvalambor, iqtisodiy kategoriya sifatida barcha 
    iqtisodiy fanlarning asosi bo‘lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi ham iqtisodiy fan 
    sifatida iqtisodiy tushuncha va qonuniyatlarni o‘z maqsadi va vazifalari doirasida 
    tadqiq etadi. Kapital tushunchasi buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan ham 
    o‘rganilishi tabiiydir. 

    Download 8,84 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   452




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari

    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish