• DAVLAT SEKTORIGI TASHKILOTLARDA ICHKI AUDITNING ALOHIDA JIHATLARI Ostonokulov Azamat Abdukarimovich TMI kafedra dotsenti, i.f.d., dotsent
  • Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/452
    Sana27.06.2024
    Hajmi8,84 Mb.
    #265988
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   452
    Bog'liq
    QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

     
    Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
    1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги ПФ-
    60-сонли фармони, “Халқ сўзи”газетаси 1февраль 2022 й. 
    2.Шавкат Мирзиёевнинг монопол корхоналар танқидга оид маърузаси. 
    https//review.uz/oz/. 
    3. Ўзбекистон Республикаси бухгалтерия ҳисоби миллий стандартининг 2-
    сонли «Асосий хўжалик фаолиятидан тушган даромадлар» номли миллий 
    стандарти. Ўзбекистон Республикаси Адлия Вазирлиги томонидан 1998 йил 26 
    августда 483-сон билан давлат рўйхатидан ўтказилган. 


    22 
    4.Хўжалик 
    юритувчи 
    субъектларнинг 
    молия-хўжалик 
    фаолияти 
    бухгалтерия ҳисоби счётлар режаси ва уни қўллаш бўйича йўриқнома” номли 
    21-сонли БХМС. 
    5. Молиявий ҳисоботнинг халқаро стандартлари. IFRS Foundation. 
    6.
     
    https://cyberleninka.ru/ 
    7. https://www.gazeta.uz/uz/2022/05/16/report/ 
    8.https://review.uz/oz/post/ 
    9.https://finansy.ru 
    10. https://zakonguru.com. 

    DAVLAT SEKTORIGI TASHKILOTLARDA ICHKI AUDITNING 
    ALOHIDA JIHATLARI 
    Ostonokulov Azamat Abdukarimovich 
    TMI kafedra dotsenti, i.f.d., dotsent, 
     ORCID: 0000-0003-2792-3174 
     
    Ichki audit xizmati byudjet tashkilotlarida uning faoliyat turiga qarab o‘z 
    vazifalarini belgilaydi. Davlat sektori tashkilotlarni oliy ta’lim muassasalari misolida 
    olib qaraydigan bo‘lsak, oliy o‘quv yurtlari o‘z daromad va xarajatlar smetalari 
    asosida ma’lum miqdorda byudjetdan moliyalashtiriladi. To‘lov-kontrakt mablag‘lari, 
    rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, innovatsion ishlanmalari va grand loyihalari 
    mablag‘lari asosida ham ma’lum miqdorda moliyalashtiriladi. Davlat sektori 
    tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan xarajatlari 
    byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida va ularning xarajatlar smetalarida 
    ko‘rsatilgan maqsadlarda amalga oshiriladi. 
    Davlat sektori tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari – qonunchilikda 
    nazarda tutilgan byudjetdan tashqari manbalar hisobidan tashkilotlar ixtiyoriga kelib 
    tushadigan mablag‘lardir. Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha alohida-alohida 
    daromadlar va xarajatlar smetalari tuziladi hamda moliya yili davomida amalga 


    23 
    oshiriladi. Demak, davlat sektori tashkilotlarni byudjet va byudjetdan tashqari 
    mablag‘lari hisobini yuritilishi, rejalashtirilishi, sarflanishi yuzasidan joriy nazorat 
    qilinishi lozimdir. 
    Davlat sektori tashkilotlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar sarfini 
    nazorat qilish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan oqilona foydalanishni 
    ta’minlash bevosita hisob ishlarini tashkil qilish va yuritish orqali amalga oshiriladi. 
    Byudjet tizimida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar davlat sektori 
    tashkilotlarning daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi hisobi uslubiyotini yanada 
    takomillashtirishni talab etadi. 
    Davlat sektori tashkilotlarning hisob yuritish shakli, bir nechta smetalar asosida 
    topshiriladigan hisobotlari, moliyalashtirish manbalari ko‘p tarmoqliligidan kelib 
    chiqib, byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmatini tashkil etishning ahamiyati 
    yanada yuqoriligini ko‘rishimiz mumkin. 
    Davlat sektori tashkilotlarda ichki auditni ushbu masalalarini tartibga solish 
    uchun O‘zbekiston Respublakasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 21 avgustda PQ-
    3231-sonli “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda 
    davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori 
    qabul qilindi. Ushbu qarorning asosiy maqsadi davlat sektori tashkilotlarda byudjet 
    jarayoninig shaffofligini yanada oshirish va uning ustidan jamoatchilik nazoratini 
    kuchaytirish, byudjetdan 
    moliyalashtirish, hisob 
    va hisobot 
    mexanizmini 
    takomillashtirish, vazirlik va idoralarning bo‘ysunuvidagi muassasalarda byudjet 
    intizomini mustahkamlash borasidagi mas’uliyatini oshirish, shuningdek zamonaviy 
    axborot texnologiyalari va xalqaro e’tirof etilgan moliyaviy nazorat standartlarini 
    joriy qilish yo‘li bilan byudjet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish va 
    profilaktikasiga qaratilgan davlat moliyaviy nazoratining rolini tubdan qayta ko‘rib 
    chiqishdir
    16

    Ichki audit - bu tashkilot faoliyatini yaxshilash va qiymat qo‘shish uchun 
    mo‘ljallangan mustaqil, ob’ektiv va ishonchli maslahat olish faoliyati hisoblanadi. 
    16
    O‘zbekiston Respublakasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish 
    mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3231-sonli Qarori 


    24 
    Ichki nazorat bu tashkilotga xavflarni boshqarish va boshqaruv jarayonlarining 
    samaradorligini baholash va yaxshilashga tizimli yondashuvni keltirib, o‘z 
    maqsadlariga erishishga yordam beradi. Ichki audit javobgarlik munosabatlariga 
    xizmat qiladi
    17

    Har bir davlat sektoridagi tashkilotlar taftish komissiyasining muayyan 
    vaziyatga mos kelishini aniqlash uchun boshqaruv tuzilmasini baholashi kerak. Ba’zi, 
    davlat sektori tashkilotlarda taftish komissiyalari bo‘ysinuvchi vazirlik va idoralar 
    hamda ularning quyi tuzilmalarida komissiyalar bo‘lsa, ular tomonidan 
    belgilanadigan a’zolardan iborat komissiya bo‘ladi. Taftish komissiyasiga bo‘lgan 
    ehtiyoj individual holatlarga, auditorlik faoliyatining xususiyatiga va yuqori turuvchi 
    organ yoki kuzatuvchi kengashning qaroriga bog‘liq bo‘ladi.
    Davlat sektori tashkilotlarning ichki audit xizmati tashkilot faoliyatini nazorat 
    qilish bilan bir qatorda, uning ish faoliyatini qonun doirasida olib borish, daromad va 
    xarajatlari smetalarini tuzish, tashkilot faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida 
    o‘z maslahat va tavsiyalarini berish bilan ham shug‘ullanadi. Shu sababdan, ichki 
    auditga ta’rif berayotganimizda uning professional xizmatlarini ham alohida ta’kidlab 
    o‘tishni joiz topdik. Chunki, davlat sektori tashkilotlarning nazorati davlat moliyaviy 
    nazorat xizmati tomonidan ham olib boriladi. Ichki audit xizmatining asosiy jihati 
    esa, davlat moliyaviy nazoratidan farqli ravishda byudjet tashkiloti uchun yordamchi 
    sifatida nomoyon bo‘lishidir.
    Yuqoridagi ta’riflardan ichki audit xizmatining ahamiyati yuqoriligini 
    anglashimiz mumkin. Ko‘p hollarda davlat sektori tashkilotlarning ichki audit xizmati 
    va davlat moliyaviy nazoratini o‘zaro bir-biriga o‘xshatib yoki adashtirib quyishadi. 
    Lekin, ular aslida bir-biriga o‘xshamagan funksiyalar va vazifalarga ega.
    Ichki audit xizmati bu tashkilotning faoliyatidagi nomutanosibliklarni aniqlab, 
    ularni bartaraf etish va kerakli maslahat, tavsiyalarni berib borish va doimiy 
    monitoring o‘tkazish bilan xarakterlanadi. Davlat moliyaviy nazorati - byudjet 
    to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar buzilishlarini aniqlash maqsadida moliyaviy 
    17
    Ostonokulov Azamat Abdukarimovich. (2023). Audit inspections of state purchases and contracts signed on the basis 
    of tender in budgetary organizations. Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and 
    Humanities, 2(2), 99–112. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/icedh/article/view/1134 


    25 
    nazorat ob’ektlarining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa 
    hujjatlarni o‘rganish, tahlil qilish hamda taqqoslash bilan shug‘ullanadi. 
    Davlat sektori tashkilotlarda ichki audit yaxshi davlat boshqaruvining kaliti 
    bo‘lganligi sababli, ichki audit ajratilgan mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘g‘ri 
    foydalanish jarayonini baholashda juda muhim vositadir. Davlat sektori 
    tashkilotlarning barcha moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga javob berishi uchun byudjet 
    tashkilotining ichki audit xizmati har tomonlama qamrab olishi kerak. Davlat sektori 
    tashkilotlarning faoliyatini xolis va mustaqil baholash uchun ichki audit jarayoni 
    zarur. Ayrim davlat sektori tashkilotlarda faqat ichki audit mexanizmi mavjud bo‘lsa, 
    ayrimlarida ichki audit xizmati mavjud emas. Davlat sektoridagi tashkilotlar faoliyati 
    nafaqat, ichki audit balki, tashqi audit (davlat moliyaviy nazorat) tomonidan ham 
    o‘rganiladi va baholanadi. Ushbu o‘rinda ichki audit byudjet tashkilotlarini samarali 
    boshqarishda muhim sanaladi. 
    Davlat sektori tashkilotlarda ichki audit faoliyati va hisobot munosabatlari turli 
    faoliyat sohalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Davlat sektori tashkilotlarning o‘z 
    faoliyatini amalga oshirishi hamda mablag‘lardan samarali foydalanish hamda 
    samarali boshqarishni ta’minlash, iqtisodiy va axloqiy jihatdan, shuningdek, 
    belgilangan mezonlarga muvofiq, jamoatchilik oldida hisobot berish va axborotlarni 
    oshkor qilish majburiyatlarini bajarishga xizmat qiladi. 
    Davlat sektoridagi tashkilotlar ichki audit faoliyatga oid mas’uliyatni ta’minlash 
    va boshqaruvga oid asosiy qadriyatlarni saqlab qolish, rahbarlar va mansabdor 
    shaxslarning o‘z faoliyatini shaffof, adolatli, halol va tenglik asosida olib borishini 
    ta’minlash orqali davlat boshqaruvini mustahkamlaydi. Davlat boshqaruvining barcha 
    darajalaridan saylangan va tayinlangan mansabdor shaxslar barcha asosiy 
    elementlarga javob beradigan mustaqil audit funksiyalarini tashkil etish orqali 
    samarali auditorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashlari kerak.

    Download 8,84 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   452




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari

    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish