393
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ning tatbiq etilishi
hisobning yagona usullarini qo’llash orqali kompaniyalarni ichki boshqaruv tizimini
takomillashtirish, manfaatdor tomonlarga korxonaning moliyaviy holati to’g’risida
ma’lumot berish va kompaniyaning raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi.
Kompaniyalarning xalqaro bozorlarga chiqishi, shuningdek, salohiyatli
investorlarni jalb qilishda MHXSga muvofiq moliyaviy hisobot tayyorlash muhim
ahamiyat kasb etadi va u hayotiy zaruratga aylanib bormoqda.
Moliyaviy hisbotning xalqaro standartlariga o’tishdan maqsad - xorijiy
investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga
kirish imkoniyatlarini kengaytirish, deb belgilangan. Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari (MHXS) asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni
tayyorlashda tashkilotlar buhgalterlariga MHXS standartlarining mazmuni va tub
mohiyatini tushunish hisobotlarni to’g’ri shakllantirish uchun xizmat qiladigan asosiy
omillardan biridir.