Metodologiya.
Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari (MHXS) - bu tashqi
foydalanuvchilarga iqtisodiy qarorlarni qabul qilish uchun muhim bo’lgan, moliyaviy
hisobotlarni tayyorlash qoidalarini belgilaydigan standart va sharhlar majmuasidir.
Moliyaviy hisobot uchun kontseptual asos (ingliz tilida “Conceptual Framework
for financial reporting” yoki oddiygina “IFRS Framework”) barcha moliyaviy hisobot
xalqaro standartlari uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Moliyaviy hisobot uchun
kontseptual asoslarida moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning asosiy
tamoyillari MHXSga muvofiq tavsiflanadi. Ushbu hujjat boshqa har qanday MHXSni
o’rganishni boshlashdan oldin o’rganilishi kerak.[7]
So’nggi yillarda MHXSning kontseptual asoslari ma’lum o’zgarishlarga duch
keldi. Ular ilgari “Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish asoslari” deb
nomlangan. Ushbu hujjatning so’nggi yangilanishi IASB (International Accounting
Standards Board - MHXS Kengashi) tomonidan 2018-yil mart oyi oxirida e’lon
qilindi.
Tahlil.
MHXSning kontseptual asoslari juda muhimdir, chunki u moliyaviy
hisobotlarni tayyorlash bo’yicha ko’rsatmalar beradi.
394
MHXS bo’yicha moliyaviy hisobotning Konseptual asosi mazmuni 4 ta
yo’nalishni o’z ichiga oladi:
Moliyaviy hisobotning maqsadlari.
Foydali moliyaviy hisobotning sifat xususiyatlari.
Belgilangan mezonlar bo’yicha ma’lumotlarning joriy va potentsial
investorlar, kreditorlar va boshqa kreditorlar uchun foydaliligi baholanadi. Iqtisodiy
resurslar, operatsiyalar va tashkilotga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi standart
ma’lumotlarga qo’shimcha ravishda, hisobotlar rivojlanish strategiyalari, investitsion
taxminlar va boshqa bashoratli tahlillarni o’z ichiga olishi mumkin.
Moliyaviy hisobotni tashkil etuvchi elementlarni tan olish va o’lchash
tamoyillari.
Kapital tushunchasi va uning qiymatini saqlash (moliyaviy holat,
aktivlar, majburiyatlar, o’z kapitali va boshqalar).
MHXSning konseptual asoslarining mazmuni:
IASB 2018-yil 29-martda qayta ko’rib chiqilgan Moliyaviy hisobot
asoslarini e’lon qildi.
Konseptual asos moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, MHXSni o’rnatish,
izchil hisob siyosatini ishlab chiqish bo’yicha ko’rsatmalar va standartlarni
tushunishda va izohlashda yordam beradigan to’liq tushunchalar to’plamini taqdim
etadi.
Konseptsiya doirasidagi o’zgarishlar ma’lum bir operatsiya yoki
hodisaga hech qanday standart tatbiq etilmagan holatlarda MHXSning qo’llanilishiga
ta’sir qilishi mumkin.
Yangi tahrirdagi Konseptual asos (2018) IASB (International
Accounting Standards Board - MHXS Kengashi) va IFRIC (International Financial
Reporting Interpretations Committee - (MHXS sharhi bo’yicha Qo’mita) uchun
darhol kuchga kiradi. Hisob siyosatini Kontseptual asoslar asosida tuzadiganlar
uchun ular 2020-yil 1-yanvardan yoki undan keyin boshlanadigan yillik davrlar
uchun amal qiladi.
395
Yangi tahrirdagi versiyada 1989-yilda chiqarilgan va qisman 2010-yilda qayta
ko’rib chiqilgan avvalgi hujjatdagi keng qamrovli o’zgarishlar mavjud. Oldingi
MHXS (2010-yil) uchun kontseptual asos noaniqliklar mavjudligi, ba’zi muhim
tushunchalarni chiqarib tashlanganligi va IASBning hozirgi tafakkuri nuqtai
nazaridan eskirgani uchun tanqid qilingan. IASB tomonidan 2011-yilda muhokama
qilingandan so’g, 2012-yil sentabr oyida IASB ish rejasiga Kontseptsiya asoslari
loyihasi qo’shildi. Shundan keyin IASB 2013-yil iyul oyida muhokama loyihasini va
2015-yil iyunida dastlabki loyihasini e’lon qildi.[8]
2018 yil 29 martda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bo’yicha Kengash
qayta ko’rib chiqilgan Moliyaviy hisobotning konseptual asoslari (Konseptual
asoslar) - bo’yicha moliyaviy hisobot konsepsiyalarining keng qamrovli to’plamini
chiqardi.
Qayta ko’rib chiqilgan Konseptual asoslarda bir qator asosiy ijobiy
o’zgarishlar taqdim etilgan:
baholash konsepsiyalari, shu jumladan baholash asoslarini tanlashda
hisobga olish lozim bo’lgan omillar;
aхborotni taqdim etish va ochib berish konsepsiyalari, shu jumladan
daromadlar va хarajatlarni boshqa jami daromadda qachon tasniflash;
moliyaviy hisobotlardagi aktivlar va majburiyatlarni tan olmay qo’yishga
doir qo’llanma;
aktiv va majburiyat ta’riflari;
aktivlar va majburiyatlarni moliyaviy hisobotlarga kiritish mezonlari;
tushuntirisjlar:
konservatizm (ingliz tilida “prudence”);
mas’ul boshqaruv (ingliz tilida “stewardship”);
noaniq baholash (ingliz tilida “measurement uncertainty”)
mazmunning shakldan ustunligi (ingliz tilida “substance over form”)
Kengash Konseptual asoslarni qayta ko’rib chiqishda Konseptual asoslar
foydalanuvchilar uchun naf keltirishini ko’zlab, yuqori darajadagi konsepsiyalarni
taqdim etish bilan yetarli dalillarni taqdim etish o’rtasida muvozanatga erishishga
396
urindi. Kengash Konseptual asoslarni MHXSni ishlab chiqishda ko’mak beruvchi
amaliy dastak deb biladi. Konseptual asoslarни qayta ko’rib chiqishdan maqsad
quyidagilar edi:
kamchiliklarni to
’
ldirish
– masalan, baholash boʻyicha qo’llanma,
aхborotni taqdim etish va ochib berish;
yangilash
– masalan, aktiv va majburiyat ta’riflari;
tushuntirish
– masalan, noaniq baholashning ahamiyati.
Bu ish yakunida yangilangan Konseptual asoslar – MHXS bo’yicha moliyaviy
hisobot konsepsiyalarining keng qamrovli to’plami chiqarildi.
Yangi tahrirdagi
Konseptual asoslarda “Qarorlar qabul qilish asoslari (xulosalar)” qo’shiladi.
IASB shuningdek, yangi tahrirdagi Konseptual asoslargada “MHXSdagi
kontseptual asoslarga havolalarga o’zgartirishlar” nomli alohida qo’shimcha hujjat
qabul qildi. Ko’pgina hollarda, standartlar yangi tahrirdagi Konseptual asoslardagi
havolalarni yangilaydi. Shu bilan birga, o’zlarining tartibga soluvchi hisob-varaqlar
balansini ta’minlash uchun hisob siyosatida 3-sonli “Biznesni birlashtirish” MHXS
uchun va 8-sonli “Buxgalteriya hisob-kitoblarida o’zgarishlar va xatolar hisob
siyosati” MHXSni qo’llaydiganlar uchun istisno mavjud.
Kontseptual asoslar MHXS hisoblanmaydi va uning biron bir konsepsiyasi
standartning konsepsiyasi yoki talablarini qayta belgilamaydi. Kontseptual
asoslarning maqsadi MHXSni ishlab chiqishda yordam berish, boshqa standartlar
qo’llanilmaganda, izchil hisob siyosatini ishlab chiquvchilarga va barcha tomonlarga
standartlarni tushunishda va izohlashda yordam berishdir.
Konseptual asoslar 8 bobdan iborat.
Konseptual asoslarning “Moliyaviy hisobotning maqsadi” nomli 1-bobida
moliyaviy hisobotning maqsadi, ushbu maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan
ma’lumotlar va moliyaviy hisobotdan foydalanadiganlar tasvirlangan. Ushbu bob
2010-yilgi MHXS Kontseptual asoslari doirasida chiqarilgan bo’lib, uning
tushunchalari ba’zi bir qo’shimchalar va tushuntirishlar bilan qayta ishlangan
Konseptual asoslarga o’tkazildi.
397
“Mulkdorlar manfaatlarini ko’zlovchi boshqaruv faoliyati” atamasining 2010-
yildagi
Konseptual
asoslardan
olib
tashlanganligi
foydalanuvchilarni
bu
menejerlarning mulkdorlar oldida hisobdorligini baholash zarurati e’tiborsiz
qoldirilayotganligini anglatadi, degan xavotirga soldi. Shuning uchun IASB
Konseptual asoslarning 2018-yilgi tahririda menejerning mulkdor manfaatini
ko’zlovchi faoliyati kontseptsiyasini qayta tikladi.
IASB boshqaruv samaradorligini o’lchash uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni
aniqlaydi va foydalanuvchilarga kompaniyaning kelajakdagi sof pul oqimlarini
taxmin qilishlari kerak bo’lgan boshqa ma’lumotlardan ajratib turadi. Ikkala turdagi
ma’lumot ham kompaniyaning resurslarini taqsimlash to’g’risida qaror qabul qilishda
foydali bo’lgan va shu sababli moliyaviy hisobot maqsadiga erishish uchun zarur
bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etish uchun zarurdir.
Konseptual asoslarning 2-bobi - “Foydali moliyaviy ma’lumotlarning sifat
xususiyatlari”da moliyaviy ma’lumotni foydali qiladigan omillar tushuntiriladi, ya’ni
ma’lumotlar tegishli bo’lishi va moliyaviy ma’lumotlarning mohiyatini adolatli aks
ettirishi kerak. Ushbu bob, shuningdek, 2010-yilgi Konseptual asoslarga kiritilgan va
2018-yilgi tahrir paytida jiddiy o’zgarishlarga duch kelmagan, ammo ba’zi bir
o’zgarishlar qilingan. Foydali ma’lumotlar tegishli bo’lishi va moliyaviy
ma’lumotlarning mohiyatini haqiqiy aks ettirishi kerak. IASB ehtiyotkorlik (ingliz
tilida “prudence”) tushunchasini qayta tikladi va moliyaviy ma’lumotlarning
foydaliligini baholashda o’lchovning noaniqligi (ingliz tilida “‘measurement
uncertainty”) tushunchasiga aniqlik kiritdi. IASB ta’kidlashicha, targ’ibot ishlari
davomida foydalanuvchilar “ehtiyotkorlik”ni turlicha tushunishadi va ushbu
kontseptsiyani
2010
yilgi
Kontseptual
asoslardan
o’chirib
tashlash
foydalanuvchilarda
chalkashliklarni
keltirib
chiqardi.
IASB
ma’lumotning
betarafligini qo’llab-quvvatlash uchun ehtiyotkorlik kontseptsiyasini ko’rib chiqdi va
ehtiyotkorlikni “noaniqlikka qarshi qaror chiqarishda ehtiyot bo’lish” deb ta’riflaydi.
Qayta ko’rib chiqilgan
|