BYUDJET TASHKILOTLARIDA BYUDJETDAN TASHQARI




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/452
Sana27.06.2024
Hajmi8,84 Mb.
#265988
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   452
Bog'liq
QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

 
BYUDJET TASHKILOTLARIDA BYUDJETDAN TASHQARI 
MABLAG‘LAR HARAKATI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOTLARNING 
AXBOROT IMKONIYATLARINI OSHIRISH YO‘LLARI 
Tilakov N.M. TMI mustaqil izlanuvchisi 
Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobini yuritishdan 
maqsad foydalanuvchilarni byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va 
xarajatlar, pul mablag‘lari harakati, hisob-kitoblar to‘g‘risida axborot berishdan 
iborat. Ushbu axborot foydalanuvchilarga moliyaviy hisobot shaklida tadim etiladi. 
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar, 
xarajatlar va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi davriy axborotlar O‘zbekiston 
Respublikasi byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) «Byudjet hisoboti» (2019 yil 
18 yanvar, 3124-son)da belgilangan shakl va muddatlarda tuzib taqdim etiladi.
Byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) «Byudjet hisoboti»ga asosan 
«byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlari tarkibi quyidagilardan iborat: 


526 
Balans (1-son shakl); 
Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risida hisobot; 
Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl); 
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumot; 
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati 
to‘g‘risidagi hisobot; 
Tibbiyot 
tashkilotlarining 
moddiy 
rag‘batlantirish 
va 
rivojlantirish 
jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot; 
Ta’lim 
muassasalarida 
o‘qitishning 
to‘lov-kontrakt 
shaklidan 
tushgan 
mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot; 
Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot; 
Tovar-moddiy zaxiralar va nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risidagi hisobot; 
Byudjet tashkilotini chet el valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi 
hisobot»
57

Yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xati ilova qilinadi. 
Tushuntirish xatida xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosi 
jarayoniga ta’sir qilgan asosiy omillar, jumladan, byudjetdan ajratilgan mablag‘larni 
iqtisod qilinishining sabablari (tahlillari) (agarda iqtisod qilingan bo‘lsa), debitorlik 
va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish sabablari va vaqti, yo‘l qo‘yilgan muddati 
o‘tgan qarzdorlikni undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, qonunchilikka muvofiq 
byudjet tashkilotlariga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan 
imtiyozlar va ularning sarflanishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.
Moliyaviy hisobotlar hisobni yuritishning bosh maqsadi hisoblangan 
axborotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish uchun shakllantiriladi. Moliyaviy 
hisobotlarning maqsadi tashkilotning moliyaviy ahvoli, uning faoliyati va pul 
mablag‘lari 
harakati 
to‘g‘risida 
ma’lumot 
berishdan 
iborat 
bo‘lib, 

foydalanuvchilarning keng guruhiga iqtisodiy qarorlar qabul qilishi uchun zarur 
hisoblanadi. Moliyaviy hisobot moliya-xo‘jalik muomalalarini xususiyat va mazmun 
jihatdan 
guruhlarga 
tizimli 
birlashtirish 
natijasi 
sanalanadi. 
Axborotlarni 
57
О‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) «Byudjet hisoboti» 2019 yil 18 yanvar, 3124-son 


527 
umumlashtirish va guruhlash jarayonining yakuniy bosqichi bu turkumlarga 
ajratilgan axborotni taqdim etishdir. Chunki, moliyaviy hisobotlar belgilangan 
shaklda va izohlarda beriladi. Moliyaviy hisobotlar, shuningdek, tashkilotning 
iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarini rahbariyat tomonidan boshqarilishini amalga 
oshirish natijalarini ham ko‘rsatadi. 
Moliyaviy hisobotlar buxgalteriya hisobi sub’ektining faoliyati to‘g‘risida tashqi 
foydalanuvchilarga qat’iy shaklda va umumqabul qilingan prinsip (tamoyil)lar 
asosida tuzib taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, moliyaviy hisobotlar vaqt nuqtai nazaridan uzluksiz 
buxgalteriya hisobi axborotlari asosida, o‘tgan moliyaviy hisobot davrlarining 
ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liqlikda shakllantirilishi zarur. Shuningdek, moliyaviy 
hisobotlardagi ko‘rsatkichlarning ishonchli bo‘lishi, axborotdan foydalnuvchilar 
uchun juda muhim sanaladi. Moliyaviy hisobotlardagi ko‘rsatkichlar o‘zaro va 
boshqa davrlardagi ko‘rsatkichlar qiyoslanuvchan, ya’ni taqqoslash imkonini berishi 
muhim jihat sanaladi. 
«Moliyaviy hisobotlarda keltiriladigan axborotlar foydalanuvchilar uchun 
tushunarli va sodda bo‘lishi lozim. Moliyaviy hisobotda axborotning ochib 
berilmasligi yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilishi sababli foydalanuvchilar qabul qiladigan 
iqtisodiy qarorlarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan axborot muhim hisoblanadi.»
58
Shulardan kelib chiqib, moliyaviy hisbotlardagi axborotlar va ularni tahlil qilish 
orqali foydalanuvchilarni moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash imkoniyatini 
o‘rganish zaruriyati vujudga keladi. 
Tadqiqot mavzusi doirasida o‘rganiladigan bo‘lsa, oliy ta’lim muassasasining 
har bir byudjetdan tashqari mablag‘lari bilan bog‘liq alohida moliyaviy hisobot shakli 
tuzib taqdim etilishi yuqoridagi paragraflarda ko‘rib o‘tildi. Lekin, ushbu 
hisobotlardan qanday moliyaviy axborotlarni olish imkoni mavjudligi, shuningdek, 
ushbu moliyaviy hisobotlardagi ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinmadi. 
Moliyaviy hisobotlarning axborot imkoniyatlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, albatta, 
58
О‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) «Byudjet hisoboti» 2019 yil 18 yanvar, 3124-son 


528 
balans markaziy o‘rinni egallaydi. Boshqa moliyaviy hisobotlar va ma’lumotlar 
balansning ko‘rsatkichlarini batafsil yoritish hamda asoslash uchun xizmat qiladi. 
Oliy ta’lim muassasalarida moliyalashtirish manbalari turlari va ularning 
hajmlaridan qat’iy nazar yagona balans shakllantiriladi. Balansda hisobot yili boshiga 
tashkilotning mablag‘lari va uning manbalari holati keltirilib, ularning hisobot davri 
davomidagi o‘zgarishlari natijasida hisobot davri oxiridagi holati to‘g‘risida 
axborotlar beriladi.
Mazkur axborotlar oliy ta’lim muassasasi aynan hisobot davri boshidagi holati 
bilan hisobot davri oxiridagi holatni taqqoslash orqali tahlil qilish imkonini beradi. 
Shuningdek, mablag‘lar va uning manbalalari bilan bog‘liq o‘zgarishlar oliy ta’lim 
muassasasi miqyosida kompleks tahlil qilish, mol-mulklarning holati, moliyaviy 
aktivlarning mavjud qoldiqlari, mavjud debitorlik va kreditorlik majburiyatlar, 
moliyaviy natijalarni holatini uzviy aloqadorlikda tahlil qilish mumkin. Balansda 
keltirilgan axborotlar mablag‘lar va ularning manbalarini hisobot davri davomida yuz 
bergan tarkibiy o‘zgarishlarni ham tahlil qilish imkonini beradi. 
Oliy ta’lim muassasalarining rivojlantirish jamg‘aramasi bo‘yicha pul 
mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotda asosan ikkita yo‘nalishdagi axborotlar 
keltiriladi. Ya’ni, rivojlantirish jamg‘amasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar hamda 
ushbu mablag‘lar bilan bog‘liq xarajatlar. Foydalanuvchi ushbu hisobot shakli orqali 
jamg‘armaning pul mablag‘lari qoldiqlari va ularning harakati, daromadlarning 
tarkibiy tuzilishi va davriy o‘zgarishi, amalga oshirilgan xarajatlarning tarkibi va 
ularning davriy o‘zgarishlarini tahlil qilish imkoniga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet tashkilotlarini 
mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorida 
belgilangan talablarning bajarilganligini o‘rganish va tahlil qilish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. 
Byudjet tashkilotlarining barcha byudjetdan tashqari mablag‘lari harakatiga oid 
hisobotlarda daromad yoki tushumlarga oid ko‘rsatkichlar keltirilgan. Hisobotlarning 
nomlanishi va ko‘rstkichlarning shakllantirilishida ushbu daromad yoki tushumlar 
faqatgina, tashkilotning hisob raqamiga tushgan pul mablag‘lari tushumi nuqtai 


529 
nazaridan hosil qilinmoqda. Ushbu holat tashkilotning byudjetdan tashqari 
mablag‘lari bo‘yicha hisobga olingan yoki hisoblangan daromadlari to‘g‘risidagi 
axborotlarni olish imkonini bermaydi. Hisobot davridagi hisobvaraqqa kelib tushgan 
daromadlar va amalga oshirilgan xarajatlarni taqqoslash tashkilotning haqiqatdagi 
moliyaviy holatini aniqlashga imkon bermaydi. 

Download 8,84 Mb.
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   452




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BYUDJET TASHKILOTLARIDA BYUDJETDAN TASHQARI

Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish