• Annotatsiya. Maqolada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga otishni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari yoritilgan. Kalit so’zlar
  • Ключевые слова: бухгалтерский учет, финансовая отчетность, международные стандарты финансовой отчетности. Annotation.
  • Key words : accounting, financial reporting, international financial reporting standards. Kirish.
  • MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O’TISHNI




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet278/452
    Sana27.06.2024
    Hajmi8,84 Mb.
    #265988
    1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   452
    Bog'liq
    QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

    MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O’TISHNI 
    TAKOMILLASHTIRISH 
    Raimova Muborak Djurayevna 
    Qarshi davlat universiteti, Turizm va marketing
    kafedrasi katta o’qituvchisi,
     
     
     
     
     
     
    Nazirova Dilnoza,
    Qarshi davlat universiteti,
    “Savdo ishi” ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi 
    Annotatsiya. 
    Maqolada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga otishni 
    takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari yoritilgan.
    Kalit so’zlar:
    buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, moliyaviy hisobotning 
    xalqaro standartlari. 
    Аннотация
    . В данной статье освещается необходимость перехода на 
    международные 
    стандарты 
    финансовой 
    отчетности 
    и 
    вопросы 
    совершенствования системы подготовки кадров. 


    593 
    Ключевые слова:
    бухгалтерский учет, финансовая отчетность, 
    международные стандарты финансовой отчетности. 
    Annotation.
    This article highlights the need for a transition to international 
    financial reporting standards and the issues of improving the training system. 
    Key words
    : accounting, financial reporting, international financial reporting 
    standards. 
    Kirish.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi 
    “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-
    tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4611-sonli Qaroriga ko’ra aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat 
    banklari, sug’urta tashkilotlari va yirik soliq to’lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik 
    shaxslar 2021 yil 1 yanvardan boshlab, buxgalteriya hisobi yuritilishini Moliyaviy 
    hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida tashkil etadi va 2021 yil 
    yakunlaridan boshlab, moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashga o’tdi.[3] 
    Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tishdan maqsad – xorijiy 
    investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga 
    kirish imkoniyatlarini kengaytirish, deb belgilangan. 
    Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida buxgalteriya 
    hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashda tashkilotlar buhgalterlariga 
    MHXS standartlarining mazmuni va tub mohiyatini tushunish hisobotlarni to’g’ri 
    shakllantirish uchun xizmat qiladigan asosiy omillardan biridir. 
    Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ning tatbiq etilishi 
    hisobning yagona usullarini qo’llash orqali kompaniyalarni ichki boshqaruv tizimini 
    takomillashtirish, manfaatdor tomonlarga korxonaning moliyaviy holati to’g’risida 
    ma’lumot berish va kompaniyaning raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. 
    Kompaniyalarning xalqaro bozorlarga chiqishi, shuningdek, salohiyatli 
    investorlarni jalb qilishda MHXSga muvofiq moliyaviy hisobot tayyorlash muhim 
    ahamiyat kasb etadi va u hayotiy zaruratga aylanib bormoqda. 
    MHXSni qabul qilish va unga muvofiq hisobot taqdim etish global bozorda 
    yagona moliyaviy axborot almashish muhitini yaratadi. Bu jarayon o’z navbatida, 
    axborot shaffofligi, hisobdorlik va iqtisodiy samaradorlikning oshishiga xizmat 


    594 
    qiladi. Shuningdek, MHXS qo’llanishi bozor likvidligi yaxshilanishi, kapital 
    bozorlarining rivojlanishi, qimmatli qog’ozlar bozorlarida savdolar ko’lamining 
    kengayishi, xorijiy investitsiyalarning milliy bozorga kirib kelishi va investorlarni 
    himoya qilishning takomillashishiga olib keladi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, ushbu 
    ijobiy natijalarga erishish uchun MHXSni milliy bozorda samarali tatbiq etish chora-
    tadbirlarni amalga oshirish lozim bo’ladi. 

    Download 8,84 Mb.
    1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   452




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O’TISHNI

    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish