Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/452
Sana27.06.2024
Hajmi8,84 Mb.
#265988
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   452
Bog'liq
QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

Metodologiya. 
MHXSni tatbiq etish bo’yicha Yevropa davlatlarining 
tajribasini o’rganish va ushbu jarayondagi muammolar va istiqbollarni adolatli 
baholash O’zbekistondagi kompaniyalarning MHXSga muvofiq buxgalteriya hisobini 
yuritish va moliyaviy hisobot tuzish jarayoniga o’tish davrida katta imkoniyat 
hisoblanadi. 
Moliyaviy 
hisobotlar 
xalqaro 
standartlari 
(MHXS) 
– 
bu 
tashqi 
foydalanuvchilarga iqtisodiy qarorlarni qabul qilish uchun muhim bo’lgan, moliyaviy 
hisobotlarni tayyorlash qoidalarini belgilaydigan standart va sharhlar majmuasidir.
Moliyaviy hisobot uchun kontseptual asos (ingliz tilida “Conceptual 
Framework for financial reporting” yoki oddiygina “IFRS Framework”) barcha 
moliyaviy hisobot xalqaro standartlari uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Ularda moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning asosiy tamoyillari 
MHXSga muvofiq tavsiflanadi. Ushbu hujjat boshqa har qanday MHXSni 
o’rganishni boshlashdan oldin o’qilishi kerak. 
So’nggi yillarda MHXSning kontseptual asoslari ma’lum o’zgarishlarga duch 
keldi. Ular ilgari “Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish asoslari” deb 
nomlangan. Ushbu hujjatning so’nggi yangilanishi IASB (International Accounting 
Standards Board – MHXS Kengashi) tomonidan 2018-yil mart oyi oxirida e’lon 
qilindi. 
MHXSning kontseptual asoslari juda muhimdir, chunki u moliyaviy 
hisobotlarni tayyorlash bo’yicha ko’rsatmalar beradi. 
MHXSning konseptual asoslarining mazmuni: 
IASB 2018-yil 29-martda qayta ko’rib chiqilgan Moliyaviy hisobot asoslarini 
e’lon qildi. 


595 
Konseptual asos moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, MHXSni o’rnatish, izchil 
hisob siyosatini ishlab chiqish bo’yicha ko’rsatmalar va standartlarni tushunishda va 
izohlashda yordam beradigan to’liq tushunchalar to’plamini taqdim etadi. 
Konseptsiya doirasidagi o’zgarishlar ma’lum bir operatsiya yoki hodisaga 
hech qanday standart tatbiq etilmagan holatlarda MHXSning qo’llanilishiga ta’sir 
qilishi mumkin. 
Yangi tahrirdagi Konseptual asos (2018) IASB (International Accounting 
Standards Board – MHXS Kengashi) va IFRIC (International Financial Reporting 
Interpretations Committee – (MHXS sharhi bo’yicha Qo’mita) uchun darhol kuchga 
kiradi. Hisob siyosatini Kontseptual asoslar asosida tuzadiganlar uchun ular 2020-yil 
1-yanvardan yoki undan keyin boshlanadigan yillik davrlar uchun amal qiladi. 
IASB 2018-yil 29-martda yangi tahrirdagi Moliyaviy hisobot asoslarini e’lon 
qildi. Yangi tahrirdagi versiyada 1989-yilda chiqarilgan va qisman 2010-yilda qayta 
ko’rib chiqilgan avvalgi hujjatdagi keng qamrovli o’zgarishlar mavjud. 
Oldingi MHXS (2010-yil) uchun kontseptual asos noaniqliklar mavjudligi, ba’zi 
muhim tushunchalarni chiqarib tashlaganligi va IASBning hozirgi tafakkuri nuqtai 
nazaridan eskirgani uchun tanqid qilingan. 
IASB tomonidan 2011-yilda muhokama qilingandan so’ng, 2012-yil sentabr 
oyida IASB ish rejasiga Kontseptsiya asoslari loyihasi qo’shildi. Shundan keyin 
IASB 2013-yil iyul oyida muhokama loyihasini va 2015-yil iyunida dastlabki 
loyihasini e’lon qildi. 
IASB konseptual asoslarni qayta yangi tahrirdagi standartlarni ishlab chiqish, 
tushunish va izohlashga yordam beruvchi yuqori darajadagi to’liqlik va yetarlilik 
tamoyillariga amal qilishga intildi. 
Yangi tahrirdagi kontseptual asoslar ba’zi yangi tushunchalarni o’z ichiga oladi. 
Ular yangilangan tariflar, aktivlar va majburiyatlarni tan olish mezonlarini taqdim 
etadi 595oori’zi muhim tushunchalarga oydinlik kiritadi.
Konseptual asoslar 8 bobdan iborat: 
I bob. Moliyaviy hisobotning maqsadi. 
II bob. Foydali moliyaviy ma’lumotlarning sifat xususiyatlari. 


596 
III bob. Moliyaviy hisobot va hisobot beruvchi tashkilotlar. 
IV bob. Moliyaviy hisobotning elementlari. 
V bob. Tan olish va bekor qilish. 
VI bob. Baholash. 
VII bob. Axborotni taqdim etish va ochiqlash. 
VIII bob. Kapital va kapital miqdorini saqlash konsepsiyasi. 
2018 yil 29 martda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bo’yicha Kengash 
qayta ko’rib chiqilgan Moliyaviy hisobotning konseptual asoslari (Konseptual 
asoslar) – bo’yicha moliyaviy hisobot konsepsiyalarining keng qamrovli to’plamini 
chiqardi. 
Konseptual asoslarning avvalgi versiyasi 1989-yilda (29 yil) chiqarilgan va 2010 
yilda qisman qayta ko’rib chiqilgan edi. Ushbu versiyalar foydali bo’lgan, biroq 
barcha muhim masalalarni qamrab olmagan va yaхshilashga ehtiyoj sezgan. Kengash 
o’z ishida aynan Konseptual asoslarni qayta ko’rib chiqishni ustuvor vazifa etib 
belgiladi. Kontseptual asoslar MHXS hisoblanmaydi va uning biron bir konsepsiyasi 
standartning konsepsiyasi yoki talablarini qayta belgilamaydi. 
Kontseptual asoslarning maqsadi MHXSni ishlab chiqishda yordam berish, 
boshqa standartlar qo’llanilmaganda, izchil hisob siyosatini ishlab chiquvchilarga va 
barcha tomonlarga standartlarni tushunishda va izohlashda yordam berishdir. 
Tahlil. 
Moliyaviy 
hisobotning 
nazariy 
va 
metodologik 
asoslarini 
takomillashtirish bilan bogliq ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari 
va universitetlarida, jumladan, International Accounting Standards Board (IASB), 
American Institute of Certificate Public Accounting (AICPA), Institute of Charter 
Accounting in England and Welles (ICAEW), Pricewaterhouse Coopers, Deloitte & 
Touche, KPMG, Nottingham Trent University (Buyuk Britaniya), Xalqaro 
Vestminister universiteti (Buyuk Britaniya), Rossiya iqtisodiyot universiteti, Rossiya 
Federetsiyasi hukumati qoshidagi moliya universiteti (Rossiya), Toshkent davlat 
iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya 596oorish596e, Samarqand iqtisodiyot va 
servis 596oorish596e (O’zbekiston) tomonidan olib borilmoqda. 


597 
Moliyaviy hisobotning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish 
bo’yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida qator ilmiy natijalar olingan:
moliyaviy 
hisobotning 
xalqaro 
standartlari 
(IFRS) 
hamda 
ularga 
interpretatsiyalarni ishlab chiqish asosida moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilish 
qoidalari ishlab chiqilgan (International Accounting Standards Board, American 
Institute of Certified Public Accountants);
MHXSlari talablariga muvofiq moliyaviy hisobot shakllari tavsiya etilgan 
hamda foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotni abzopshin 597oorish (absorption 
costing) tizimi asosida, pul oqimi to’g’risidagi hisobotni bevosita va bilvosita 
usullarda tuzish metodologiyasi tavsiya etilgan (Pricewaterhouse Coopers, Deloitte & 
Touche va Ernst & Young, University of California at Davis);

moliyaviy hisobotning uyg’un va haqqoniy aks ettirilishiga imkon qadar 
erishish orqali mamlakatning iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari hamda moliyaviy 
iqtisodiy inqiroz holatini yaxshilashga ta’siri aniqlangan (University of Chicago, 
Texas state university, IASB);

moliyaviy hisobotning konsolidatsiyasi, moliyaviy instrumentlar, 
qo’shimcha moliyaviy hisobotning metodologik masalalari takomillashtirilgan 
(IASB, University of Memphis, Santa Clara University);

dunyo mamlakatlarida MHXSlariga o’tish zaruriyati, undagi risklar va 
muammolar hamda ularni hal qilish yo’llari va MHXSlari asosida moliyaviy hisobot 
transformatsiyasi uslubiyoti ishlab chiqilgan (Rossiya Federetsiyasi hukumati 
huzuridagi moliya universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent 
moliya 597oorish597e va Samarqand iqtisodiyot va servis 597oorish597e). 
Jahonda moliyaviy hisobotning nazariy, tashkiliy va metodologik asoslarini 
takomillashtirish bo’yicha quyidagi ustuvor yo’nalishlarda tadqiqotlar olib 
borilmoqda:

rivojlanib kelayotgan mamlakatlarda, moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlariga o’tish, uni ko’llash yoki unga muvofiqlashtirish;

moliyaviy hisobot garmonizatsiyasi, transparent moliyaviy hisobotni 
shakllantirish hamda moliyaviy hisobot kompilyatsiyasining metodologik masalalari;


598 

MHXS bo’yicha moliyaviy hisobot tuzish, turli xil milliy valyutadagi 
mamlakatlarda xalqaro moliyaviy hisobotga transformatsiyalash, konsolidatsiyalash 
hamda korporativ moliyaviy hisobotni takomillashtirish;

kompaniyalar bankrotligini oldindan bartaraf etish va barqaror iqtisodiy 
o’sishga erishish maksadida moliyaviy hisobotning foydaliligi, ishonchliligini hamda 
axborot tashuvchanligini oshirish yo’llari;

buxgalteriya risklarining moliyaviy hisobotning sifatiga hamda 
buxgalteriya 
hisobotlarida 
axborotlarning 
shakllanishiga 
ta’sirini 
aniqlash 
metodologiyasini takomillashtirish. 
Xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlari muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga 
ega bo’lsada, lekin ushbu ishlarda moliyaviy hisobot shakllarini xalqaro standartlar 
talablariga muvofiqlashtirish, moliyaviy hisobotni transformatsiya qilish hamda 
hisobotni tuzishning ilgor xorijiy usullarini qo’llash masalalari yetarlicha ochib 
berilmagan. Bundan tashqari, ushbu muammolarni bir-biriga uzviy bogliqdikda va 
butun bir yaxlit holda o’rganishga bagishlangan ilmiy ishlar ham yetarli emas. 
Bularning barchasi ushbu mavzuda ilmiy-tadqiqot olib 598oorish, shuningdek, uning 
maqsadi va vazifalarini belgilashga asos bo’ldi. 
Bugungi kunda chet el kompaniyalari bilan shartnomalar tuzish odatiy hol 
bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab investitsiya imkoniyatlarini izlayotgan ko‘plab 
kompaniyalarni uchratish mumkin. Ilgari bu kabi kelishuvlarni amlaga oshirish uchun 
turli mamlakatlar tomonidan murakkabliklar, risk va ortiqcha xarajatlarni yuzaga 
keltiradigan milliy standartlar amal qilar edi. Moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlari turli mamlakatlar tomonidan bir xil, xalqaro darajada qo‘llanadigan hisob 
va hisobot standartlarini qabul qilinishini ta’minlash orqali ushbu muammolarni hal 
qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi Moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni 
zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish 
imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini 
xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida qabul 


599 
qilingan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha 
chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4611-sonli qarori MHXSga o’tishning yangi 
bosqichini boshlab berdi.[3]
Mazkur qaror bilan 2021-yildan boshlab MHXSga o’tishi kerak bo’lgan 
tashkilotlar ro’yxati tasdiqlandi, ya’ni aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, 
sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar: 
2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi 
yuritilishini tashkil etishi; 

2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida 
tayyorlashi; 

2021-yil yakuniga qadar buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida 
“MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida 
hujjatga yoxud “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, 
“Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter 
(SRA)” va “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)” sertifikatlaridan 
biriga ega kamida uch nafar mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo‘llash uchun 
yetarli bo‘lgan buxgalteriya xizmati xodimlari bilan ta’minlashi belgilandi.
Ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlarini va mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini 
bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. 
Ushbu qarorning ahamiyatli jihatlaridan biri shuki, bu MHXS hujjatlarini 
O’zbekiston Respublikasida tan olinish masalasini hal qilib berdi. MHXS 
hujjatlarining tan olinishi va uni qo’llaydigan kompaniyalarning belgilab berilishi, 
ushbu kompaniya hisobchi va moliya mutaxassislaridan o’z malakasi ustida doimiy 
ishlashi va mas’uliyatni jiddiy his etishini talab etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 24 
fevraldagi PQ-4611-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yilda 26-yanvarda “Moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro 


600 
sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi 
to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi 38-sonli qarori qabul 
qilindi.[4] 
Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori bilan Moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida 
imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom 
tasdiqlandi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va 
buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini 
qoplash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlari bo‘yicha o‘qitish hamda buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida 
(“MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot”, “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom 
(DipIFR ACCA)” kurslari va boshqalar) imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash 
tartibini belgilaydi va 2025-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga yushuntirishlar matnini tan olish 
tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 507-son qarori qabul qilindi. 
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun Moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlari fondi tomonidan qabul qilingan moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibini 
belgilaydi.[5] 
O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun moliyaviy hisobotning 
xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matniga MHXS fondi tomonidan qabul 
qilingan quyidagi hujjatlar kirishi belgilandi: 

moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari; 

moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga tushuntirishlar; 

MHXS hujjatlari matniga kiritiladigan o‘zgartirishlar; 

MHXS hujjatlari matnining ajralmas qismi sifatida MHXS fondi 
tomonidan belgilangan boshqa hujjatlar. 


601 
Xulosa.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tishda qiyinchiliklar 
bo’lishi tabiiy holat. Eng muhimi, ushbu qiyinchiliklar ortidan erishiladigan foydali 
jihatlarni tasavvur qilish muhim sanaladi. 
MHXSga o’tishning so’nggi 15 yilida Yevropa, qolaversa, jahon tajribasiga 
asoslanib, quyidagi ijobiy jihatlarni kuzatish mumkin: 

Birinchidan, axborot shaffofligini oshirish – shaffoflik xususiyati sifatli 
moliyaviy axborot va xalqaro darajada qiyoslanuvchanlikni ta’minlaydi. Buning 
natijasida investorlar va boshqa bozor qatnashchilari asoslangan iqtisodiy qarorlar 
qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. 

Ikkinchidan, hisobdorlik oshishi – bu xususiyat investorlar va kompaniya 
boshqaruvchilari o’rtasidagi moliyaviy axborot yetishmovchiligini kamaytiradi. 
Natijada investorlar o’z sarmoyalarining samarali boshqaruvi bo’yicha to’laqonli 
axborotga ega bo’ladi. 

Uchinchidan, iqtisodiy samaradorlik oshishi – yagona moliyaviy tildagi 
hisobotlarni tahlil qilish asosida, investorlar kapitalni xalqaro miqyosda yo’naltirish 
va risklarni kamaytirish imkoniyatlariga ega bo’ladi. To’rtinchidan, bozor likvidligi 
yaxshilanishi va kapital sarfining pasayishi – moliyaviy axborotlarning batafsil 
yoritilishi va xalqaro darajada qiyoslanuvchanlik bozor likvidligini oshiradi va 
kompaniyalar uchun milliy va xorijiy kapital jalb etish sarflarini kamaytiradi. 

Beshinchidan, kapital bozorlarining rivojlanishi va qimmatli qog’ozlar 
bozorlarida savdolar ko’lamining kengayishi – bo’sh kapital mablag’laridan samarali 
foydalanish va iqtisodiyotning turli sohalari zarur kapital bilan ta’minlanishi, kapital 
bozorlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, qimmatli 
qog’ozlar bozorining muayyan mamlakat ichida shakllanishi va savdolar ko’payishi 
iqtisodiy rivojlanishning jadallashtirish omili hisoblanadi. Bunda MHXS asosidagi 
hisobot ma’lumotlari kapital bozor ishtirokchilari uchun asosiy va ishonchli axborot 
manbasi bo’lib xizmat qiladi. 

Oltinchidan, xorijiy investitsiyalarning milliy bozorga kirib kelishi va 
investorlarni himoya qilishning takomillashishi – milliy iqtisodiyotning rivojlanishi 
va raqobatbardoshligi, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni jalb etish zaruriyatini 


602 
yuzaga keltiradi. Buning uchun milliy bozorda xorijiy investorlarga ijobiy 
investitsiya muhiti yaratilishi hamda investorlar huquqlari himoyalangan bo’lishi 
lozim. MHXSning kapital bozor qatnashchilari tomonidan qabul qilinishi va unga 
muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotlar ochiq e’lon qilinishi ushbu jarayonlarni tezroq 
amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Yettinchidan, moliyaviy tahlilchilar prognozlaridagi aniqlik – moliyaviy 
axborotning sifati va qiyosiyligini ta’minlaydigan muhit moliyaviy tahlilchilar 
faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va prognozlash tahlillari sifatini oshiradi. Ushbu 
tahlillar kapitalning samarali boshqaruvi va kelgusida kapital jalb etilishi yoki 
taqsimlanishi bo’yicha to’g’ri iqtisodiy qarorlar qabul qilinishiga xizmat qiladi 
MHXSga o’tish natijasida erishiladigan amaliy afzalliklar quyidagilardan 
iborat: 

Aktivlarni baholashning bozor mexanizmlari – amalda aktivlar va 
majburiyatlarning dastlabki qiymati va uning joriy bozor qiymatidan foydalanish 
investor uchun ham tashkilotning o’zi uchun ham samarali qarorlar qabul qilishga 
yordam beradi; 

Moliyaviy instrumentlarni qo’llash qulayligi – MHXS hujjatlari 
zamonaviy biznes yo’nalishlari va operatsiyalarni aks ettirish usullarini yetarli 
darajada tez-tez qayta ko’rib chiqilishi mamlakatda moliyaviy instrumentlardan 
foydalanish imkoniyatlarini oshiradi; 

Aktivlar qadrsizlanishini o’z vaqtida aks ettirish – amaldagi hisob 
standartlari aktivlar qadrsizlanishi riski bo’yicha choralar ko’rishni talab etmaydi. 
Natijada yirik kompaniyalarda aktivlar summasining oshirib ko’rsatilish riskini 
yuzaga keltiradi. MHXS standartlari bunday risklarning oldi olinishi uchun zaruriy 
talablarni qo’yadi; 

Shartli aktiv va baholangan majburiyatlar bo’yicha aniq ko’rsatmalar – 
foydalanuvchilar to’g’ri qaror qabul qilishlari uchun nafaqat hujjatlarga asoslangan 
operatsiyalar to’g’risidagi axborot, balki kelajakda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan 
hodisalar oqibatini joriy hisobotlarda aks ettirish ham muhim ahamiyat kasb etadi; 


603 

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar tuzish – ko’pchilik yirik 
kompaniyalar o’zining tarkibiga kiruvchi korxonalarni hisobga olgan holda jamlama 
hisobotlarni tuzmoqda, lekin ularni tuzishda zamonaviy konsolidatsiyalash 
mexanizmlarini hisobga olmasligi, ushbu kompaniyalar guruhining haqiqiy ahvoli 
ko’rinmay qolishiga sabab bo’lmoqda. MHXS bo’yicha konsolidatsiyalashgan 
hisobot moliyaviy hisobotning alohida maxsus tarkibiy qismi hisoblanadi va unga 
nisbatan maxsus talablar mavjud. 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tishni jadallashtirish orqali 
xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya 
bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek hisob va audit sohalari 
mutaxassislarini xalqaro standartlar bo’yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish 
rivojlanib borayotgan davlatlarning oldida turgan asosiy vaziflardan biri hisoblanadi. 

Download 8,84 Mb.
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   452




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari

Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish