• Kalit so‘zlar: moliya bozori, qimmatli qog‘ozlar, aksiya, obligatsiya, korporativ qimmatli qog‘ozlar, emitent. KIRISH.
  • ADABIYOTLAR SHARHI.
  • QIMMATLI QOG`OZLARGA OID NAZARIYALAR TAHLILI




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet282/452
    Sana27.06.2024
    Hajmi8,84 Mb.
    #265988
    1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   452
    Bog'liq
    QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

    QIMMATLI QOG`OZLARGA OID NAZARIYALAR TAHLILI 
    Gulbayeva Feruza Islamovna
    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti 
    Umummetodologik fanlar kafedrasi 
    Stajor o`qituvchisi 
    Annotatsiya.
    Mazkur maqolada korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorining 
    moliya bozoridagi roli tadqiq qilingan. Uning iqtisodiy taraqqiyotdagi ahamiyati 
    ochib berilgan. Korporativ sektor rivoji, milliy iqtisodiyot ravnaqi va aholi turmush 
    farovonligini oshirishda korporativ qimmatli qog‘ozlar bozori ishtiroki tadqiqi 
    natijalari keltirilgan. 
    Kalit so‘zlar:
    moliya bozori, qimmatli qog‘ozlar, aksiya, obligatsiya, korporativ 
    qimmatli qog‘ozlar, emitent. 
    KIRISH. 
    Moliya bozori rivoji iqtisodiy taraqqiyotga ham uzviy ravishda xizmat qiladi. 
    Iqtisodiyot rivoji esa ijtimoiy 
    sohaning 
    taraqqiyotini 
    ham 
    jadallashtiradi. 
    Ketma-ketlik oxir oqibat inson qadri yuksalishini ta’minlaydi. Bundagi o‘ziga xoslik 
    shundaki, institutsional va investorlarning moliya bozoridagi faolligi aholi 
    daromadliligiga ham xizmat qilishi ham ayni haqiqat. 
    ADABIYOTLAR SHARHI. 
    Zamonaviy tadqiqotlarga ko‘ra iqtisodiyotning istiqbolli rivojlanishi moliya 
    bozorining rivojiga bevosita bog‘liq. R.King va R.Levinlarga ko‘ra “moliya 
    bozorining rivojlanish darajasi va iqtisodiy rivojlanishning uzoq muddatli sur’atlari 
    o‘rtasida barqaror uzviy bog‘liqlik mavjud” [2]. Xuddi shu fikrni A.Demirgyuch-
    Kunt va R.Levaynlar ham qat’iy qo‘llab-quvvatlab “yuqori darajada rivojlangan 
    moliya tizimi asosida iqtisodiyot uzoq muddatli gorizontda tezroq rivojlanadi” [3], 
    deya ta’kidlaydi. 
    Aynan yuqoridagilardan kelib chiqqan holda moliya bozorining eng asosiy 
    instrumentlarini jamlagan qimmatli qog‘ozlar bozorining rivoji iqtisodiyotni 
    moliyalashtirishda muhim ahamiyatga ega. Bunda korporativ qimmatli qog‘ozlar 


    609 
    bozorining rivojlantirish xususiy biznes orqali kompleks ijtimoiy-iqtisodiy 
    taraqqiyotga xizmat qiladi. 
    Sohaga doir tadqiqotlarda moliya bozori bank va nobank moliya bozoriga 
    ajratiladi. Bunda “iqtisodiyotni uzoq muddatli investitsiyalar bilan ta’minlash nobank 
    moliya bozorining asosiy funksiyasi sifatida alohida qayd etiladi va bunda bank 
    sektorining faol roli shubha ostiga olinadi” [4]. Lekin bunda qayd etib o‘tishimiz 
    lozimki, moliya bozorida kredit institutlari, ya’ni banklar va qimmatli qog‘ozlar 
    bozorining o‘zaro raqobat asosida faoliyatining tashkil etilishi iqtisodiy taraqqiyot 
    uchun nihoyatda muhimdir. 

    Download 8,84 Mb.
    1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   452




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    QIMMATLI QOG`OZLARGA OID NAZARIYALAR TAHLILI

    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish