TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL. Qimmatli qog‘ozlar bozori emitent nuqtai nazaridan asosan ikkita katta guruhga
bo‘linadi. Ular davlat yoki suveren qimmatli qog‘ozlar bozori va korporativ qimmatli
qog‘ozlar bozoridir. Ayrim manbalarda munitsipal qimmatli qog‘ozlar ham ajratib
ko‘rsatiladi. Mahalliy hokimiyatlar ham davlatning
hududiy
boshqaruv
organi hisoblanganligi uchun ular tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli
qog‘ozlarni ham davlat qimmatli qog‘ozlariga kirish mumkin, deb hisoblaymiz.
Davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorining umumiy hamda farqli jihatlarini
quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin (1-jadval).
1-jadval Davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorining o‘zaro farqli jihatlari Korporativ sektor uchun Iqtisodiyot uchun Aholi turmush farovonligi uchun Faoliyatni
moliyalashtirishni
diversifikatsiyalash imkonini
beradi
Iqtisodiyotni
moliyalashtirishda va
kapital jalb qilishda o‘zaro
raqobatni ta’minlaydi
Aholi jamg‘armalarini
iqtisodiyotga yo‘naltirish
variantlari ortadi.
Aksiyalar orqali arzon
moliyaviy resurs jalb qilish
mumkin
Arzon moliyaviy
resurs yuqori iqtisodiy
o‘sishga xizmat qiladi.
Dividendlar va ularga
qo‘shimcha tarzda kursdagi
farq bo‘yicha ham daromad
610
olish imkoni paydo
bo‘ladi
Obligatsiyalar
vositasida kreditlardan
tashqari qarz mablag‘lari
jalb
qilish
imkoniyati paydo bo‘ladi
Qarz instrumentlari
bozori rivojlanishiga
erishiladi va kreditlash
natijasidagi inflyatsiyaning
oldi olinadi
Qat’iy belgilangan
daromad tufayli
depozitlarga qo‘shimcha
tarzda qo‘yilmalarni
diversifikatsiyalash
imkoniyati yuzaga keladi
Xalqaro obligatsiyalar
xorijiy kapital jalb qilish va
xalqaro
kredit tarixi
shakllanishida muhim
instrument sanaladi
Kapital jalb qilish
borasida ham global
raqobatga kirishiladi va
xalqaro moliya
bozorida mamlakat nufuzi
ham ortib boradi
Yirik loyihalar amalga
oshiririlishi natijasida aholi
bandligi daromadliligi
o‘sishi kuzatiladi
Keltirilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, korporativ qimmatli qog‘ozlar
muomalasi avvalo korporativ sektor rivoji, so‘ngra butun milliy iqtisodiy taraqqiyot
va aholi turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Korporativ
qimmatli qog‘ozlar faoliyatni moliyalashtirishda har tomonlama diversifikatsiyalash
imkonini beradi. Bu o‘z navbatida iqtisodiyotni moliyalashtirishda fond bozori va
kredit bozori o‘rtasida keskin raqobatni yuzaga keltiradi. Natijada esa aholi
jamg‘armalarini iqtisodiyotga jalb qilish yo‘nalishlari, tanlov imkoniyatlari ortadi.
Yuqori rentabellik va investitsion jozibadorlikning ta’minlanishi hisobiga oddiy
va imtiyozli aksiyalarning nominaldan yuqori joylashtirilishi aksiyadorlik
jamiyatlarida qo‘shilgan kapitalning ham ortishiga xizmat qiladi. Natijada kapital
bahosi nihoyatda arzonlashadi. Arzon kapital jalb qilish orqali iqtisodiyotda yuqori
o‘sishga erishiladi. Milliy iqtisodiyotni moliyalashtirish imkoniyatlari nihoyatda
torligi, inflyatsiya yuqoriligi sharoitida korporativ emitentlarda arzon kapital jalb
qilish nihoyatda chegaralangan. Bunga ma’lum darajada iqtisodiyotning faqatgina
kreditga tayanib qolganligi, imtiyozli kreditlash hajmining yuqoriligi sabab
611
bo‘lmoqda, deya olamiz. Iqtisodiyotda xususiy sektorning ulushini muntazam oshirib
borish oxir-oqibat aksiyalar vositasida arzon kapital jalb qilishga xizmat qiladi. Bu
esa o‘z navbatida aholining dividendlar va ularga qo‘shimcha tarzda kursdagi farq
bo‘yicha ham daromad olish imkoniyatlari oshib borishini ta’minlaydi.
Obligatsiyalar nuqtai nazaridan tadqiqotlarga ko‘ra korporativ emitentlar
tomonidan “Korporativ obligatsiyalar, birja obligatsiyalari, tijorat obligatsiyalari va
yevroobligatsiyalar” muomalaga chiqarib kelinmoqda. Shu bilan birga bugungi kunda
yashil korporativ obligatsiyalar emissiyasi ham faol qo‘llanilmoqda. Mazkur
moliyaviy instrument ham jahon bozorida faol qo‘llanilayotganligi ahamiyatlidir.
Korporativ obligatsiyalar muomalasi kengayib borishi kreditlardan tashqari qarz
instrumentlari vositasida kapital jalb qilish imkoniyatlarini yaxshilaydi. Obligatsiyalar
bozori rivojlanishi kreditlash, ayniqsa imtiyozli kreditlash natijasidagi inflyatsiyaning
oldi olinadi. Boshqa tomondan obligatsiyalar bo‘yicha qat’iy daromadning oldindan
belgilab qo‘yilishi aholining depozitlardan tashqari qarz vositalariga ham investitsiya
kiritishlarida o‘ziga xos yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur jihat ham aholining
qimmatli
qog‘ozlar
bozoriga
investitsiyalarini
emitentlar
bo‘yicha
diversifikatsiyalash imkonini beradi. Boshqa tomondan korporativ obligatsiyalarni
aholi o‘rtasida ochiq joylashtirish, istiqbolda aksiyalarni ommaviy joylashtirishda
ham o‘ziga bosqichlardan biri ekanligini ham shu o‘rinda alohida qayd etib
o‘tishimiz lozim.
Xalqaro korporativ obligatsiyalar, xususan korporativ yevroobligatsiyalar orqali
kapital jalb qilish milliy kapital bozoridan yirik loyihalarni amalga oshirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Korporativ emitentlar milliy fond bozorida yetarchicha nufuzga,
faollikka ega bo‘lishsa xalqaro moliya bozoriga yevroobligatsiyalar yoki milliy
valyutadagi xalqaro obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirish ehtimoli ancha
yuqori bo‘ladi. Mazkur amaliyot orqali korporativ emitentlarning global kredit
tarixiga ega bo‘ladilar va xalqaro nufuzi ham oshib boradilar. Va bu oxir-oqibat
global IPO amaliyotlariga ham o‘ziga xos tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tab
beradi. Natijada esa emitent faoliyat yuritayotgan mamlakatning ham xalqaro moliya
bozoridagi nufuzi yaxshilanadi. Jalb qilinadigan katta miqdordagi mablag‘larning
612
muhim istiqbolli loyihalarga yo‘naltirilishi aholining bandligi va daromadliligi
o‘sishiga xizmat qiladi.