Tahlil va natijalar.
Raqamli iqtisodiyot – bu innovatsion gʻoya.Ushbu fikr
Jahon banki tomonidan 2016-yil “Jahontaraqqiyoti haqida ma’ruza – 2016: raqamli
dividendlar” ma’ruzasida ma’lum qilingan. Ushbu tadqiqot xulosalari mamlakatlar
iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning naqadar dolzarbva muhim
masala ekanligini koʻrsatadi. Xususan Internet tezligining 10 foizga oʻsishi mamlakat
YaIMning oʻsishiga ham ta’sir qiladi. Rivojlangan davlatlarda bu koʻrsatkich 1,21
foizni tashkiletsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 1,38 foizgateng. Demak, Internet
tezligi 2 baravar oshadiganboʻlsa, YaIM hajmi 13–14 foiz ortishiga erishish mumkin.
Raqamli iqtisodiyot tarkibiga elektron hukumat, elektron biznes, elektron
kommersiya, raqamliiqtisodiy munosabatlar, raqamli banklar, raqamli arxivlar, virtual
korxonalar, kripto-valyutalar, elektronpullar,
ijtimoiy
tarmoqda
marketing
xizmatlaridanfoydalanish, blokcheyn texnologiyasini joriy etish,korxonalarning
raqamli “choʻntak”lari, raqamli dividendlar va boshqalar kiradi.
Raqamli iqtisodiyot yoʻnalishlari bigdata, sun’iyintellekt, blokcheyn, kvant
texnologiyalari, ishlabchiqarish texnologiyalari, sanoat Interneti, robototexnika,
simsiz aloqa, virtual reallik kabilardan iborat.
Elektron tijorat – bu kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan
barcha moliyaviy va savdo operatsiyalarini va shu kabi operatsiyalar bilanbogʻliq
boʻlgan biznes jarayonlarini oʻz ichiga olgan iqtisodiyot sohasi hisoblanadi.
Elektron tijoratga quyidagilar kiradi:
Elektron ma’lumot almashish (ElectronicsData Interchange, EDI);
Elektron kapital harakati (Electronic FundsTransfer, EFT);
709
Elektron savdo (inglizcha e-trade);
Elektron pullar (e-cash);
Elektron marketing (e-marketing);
Elektron bank (e-banking);
Elektron sugʻurta xizmatlari (e-insurance).
Elektron tijoratning birinchi tizimlari va usullari sotishni avtomatlashtirish
texnologiyalari
paydo
boʻlishi
va
korporativ
resurslarni
boshqarish
avtomatlashtirilgan tizimlarning joriy qilinishi bilan bogʻliq.
1960-yilda Amerikaning American Airlines va IBM kompaniyalari parvozlarni
bron qilish uchun avtomatlashtirish tizimini yaratishga kirishdilar. SABRE (Semi-
Automatic Business Research Environment), ya’ni Yarim Avtomatik Tadqiqot
Atrofmuhit tizimi oddiy yoʻlovchilar uchun havo qatnovini yanada arzonlashtirib,
ularga doimiy ravishda oʻsib borayotgan parvozlar va parvoz tariflarini boshqarishda
yordam bergan. Oʻrindiqlarni bron qilishda tariflarni hisoblash jarayonini
avtomatlashtirish tufayli xizmatlar narxi pasayib, yoʻlovchilar tashish hajmi ortgan4 .
American Airlines va IBM oʻrtasidagi qoʻshma loyiha elektron tijoratning birinchi
namunasidir.
1971-yilda Stenford universiteti va Massachusets texnologiya instituti talabalari
Stenford sun’iy intellekt laboratoriyasining ARPANET kompyuter tarmogʻidan
foydalanib, marixuanani sotishni tashkil etishgan. Keyinchalik, ushbu bitimlar birinchi
onlayn oʻtkazmalar, elektron tijoratning boshlanishi deb hisoblangan.
1979-yilda Maykl Oldrich birinchi onlayn xarid qilish tizimini taqdim etgan.
1981-yilda biznes uchun birinchi onlayn xarid qilish tizimi Thomson Holidays
UK tashkil etilgan.
1982-yilda Minitel France Télécom tomonidan butun mamlakat boʻylab taqdim
etilgan va onlayn buyurtmalar uchun foydalanilgan.
yurtmalar uchun foydalanilgan. 1983-yilda Kaliforniya shtati assambleyasi
Vulkan shahrida (Kaliforniya shtati) birinchi “elektron tijorat” tinglovini oʻtkazgan.
1995-yilda Jeff Bezos Amazon.comni ishga tushirgan va birinchi 24 soatlik
710
reklamasiz Radio HK va NetRadio radiostansiyalar ish boshlagan. eBay dasturchi Per
Omidyar tomonidan AuctionWeb nomi bilan yaratilgan. Toʻrt yildan soʻng Xitoyda
Alibaba Group tashkil etilgan. 1997-yilda 149 ming AQSh dollariga tashkil etilgan
Business.com eCompaniesga 7,5 mln. dollarga sotilgan. Huddi shu davrda Napster-
dan peer-to-peer dasturi ishga tushirilgan. ATG Stores Internet orqali uy bezak
buyumlari savdosini boshlagan. 2001-yil dekabr oyida Alibaba.com rentabellikka
erishgan. 2002-yilda eBay PayPal-ni 1,5 mlrd. dollarga sotib oldi.
Amazon.com 2003-yilda oʻzining birinchi yillik daromadini e’lon qildi.
2004-yilda B2B onlayn-tranzaksiyalari boʻyicha birinchi xitoy platformasi
DHgate.com yaratilgan va bu boshqa B2B saytlarini “sariq sahifalar” modelidan
ketishiga sabab boʻlgan
2007-yilda Business.com saytini R. H. Donnelley 345 mln. dollarga sotib olgan.
2015-yilda Amazon.com AQShga qariyb 500 mln. SKU sotish orqali elektron
savdo oʻsishining yarmidan koʻpini tashkil etgan.
Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon kirishilgan.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida
Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan
erishib boʻlmaydi.
Jahon bankining maʼlumotlariga koʻra, kurrai zaminimiz umumiy boyligining
66 foizi - 365 trillion AQSH dollari inson kapitaliga, yaʼni asosan shaxsning ilm
darajasiga toʻgʻri kelmoqda. AQSHda ushbu koʻrsatkich milliy boylikning 77 foizi -
95 trillion dollarga yetgan. Shuning uchun davlatimiz rahbari joriy yil Murojaatnomada
“Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng
katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!”degan fikrni alohida keltirib oʻtdi.
Bugungi kunga kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan 20 mamlakatda
2 trillion AQSH dollarini tashkil etayotgani hisoblab chiqilgan. Raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishda dunyoda peshqadam Buyuk Britaniyada esa u hozirning oʻzida milliy
yalpi ichki mahsulotning 12 foiziga yetdi. Raqamli iqtisodiyot texnologik va biznes
jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning savdosini
711
raqamlashtirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizda 2020-yilning oʻzida transport,
geologiya, taʼlim, arxiv kabi sohalarni toʻliq raqamlashtirish belgilangan edi.
Zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan “IT-park”lar ham fikrimiz dalilidir. Aholining
barcha qismida ham raqamli malakaning yetarli emasligi raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yoʻldagi yana bir toʻsiq boʻlib kelgan. Shuningdek, raqamli tovar
aylanmasi ham past hisoblandi. Bu borada texnologiya olamida koʻpchilikka maʼlum
boʻlgan “Microsoft” korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning bir fikrini eslash oʻrinli:
“Tez orada Yer sharida faqat ikki tur kompaniyalar mavjud boʻladi. Birinchisi, internet
orqali biznes qiluvchi va ikkinchisi, biznesdan chiqqan kompaniyalar”. Tadbirkorlar
mana shu jihatni inobatga olgan holda, dunyoga mashhur biznes isteʼmolchi uchun,
biznes biznes uchun, isteʼmolchi isteʼmolchi uchun tamoyillari asosida oʻz faoliyatini
tashkil etishi maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston raqamli sanoat bozorini shakllantirish uchun uchta muhim shartni
belgilab olish zarur. Raqamli muhitni me’yoriy tartibga solish (konsepsiya, dastur va
qonun), infratuzilmaviy rivojlanish (data markaz, mobil, internet, biznes va ishlab
chiqarish jarayonini avtomatlashtirish qurilmalari) va mutaxassislarni tayyorlash
sog‘lom bozorni yaratishda tirgak bo‘ladi.
Raqamli iqtisodiyot bu - real voqe’llikni to‘ldirib turadigan virtual muhitdir.
Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar, texnologiyalar
va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining
yaqin hamkorligini ta’minlash.
Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida
amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash. Horij tajribasini
hisobga olgan holda blokchetn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza
yaratish kabi bir qancha vazifalarni oldimizga maqsad qo’yib va uni amalga oshirish
kerak.
Raqamlashtirish iqtisodiyoti iqtisodiyotning alohida sohasi sifatida ikkita sababga
ko'ra mavjud. Birinchidan, yangi iqtisodiy modellar kerak, chunki raqamli dunyoda
ma'lumot haqidagi ko'plab an'anaviy taxminlar endi mavjud emas. Ikkinchidan,
712
raqamlashtirish natijasida hosil bo'lgan ma'lumotlarning yangi turlari tahlil qilish
uchun yangi usullarni talab qiladi.
Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli
texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda.
Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalarni qo’llab-
quvvatlagan holda qulay ekotizmni yaratishi lozim. Click, Payme, M-bank, Upay,
Oson va boshqa onlayn toʻlovlarga imkon beruvchi toʻlov tizimlari mavjud boʻlishiga
qaramay mobil toʻlovlar, internet, kommunal toʻlovlar uchun onlayn toʻlovlarni
amalga oshirish koʻrsatkichi yuqori emas. 2017-yilda 34 foiz hisob egalari raqamli
toʻlovni amalga oshirgan. Solishtirish uchun bu koʻrsatkich Buyuk Britaniyada 96
foizga teng. Bizda shu sohani rivojlantirib elektron tijoratni,elektron o’tkazmalarni
rivojlantirishimiz zarur.Raqamli to’lov O’zbekistonda 34 foizni tashkil etayotgan
bo’lsa,biz bu ko’rsatkichni 100 foizga chiqarish zarur.
2017-yilda dunyo boʻylab elektron tijorat chakana savdosi 2,36 trln. dollarga
yetgan va 2016-yilga nisbatan 14,8 foizga oʻsgan. Soʻnggi 20 yilda Internet
tarmogʻidan foydalanuvchilar sonining jadal koʻpayishi, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa
interfaol onlayn platformalar ta’sirining kuchayishi, elektron toʻlov tizimlarining
dinamik rivojlanishi va yetakchi bozor ishtirokchilarining elektron tijorat uchun yangi
texnologik platformalarga oʻtishi tufayli elektron tijorat bozori dinamik ravishda
rivojlanmoqda. (Web 1.0 dan Web 2.0-ga, soʻngra Web 3.0-ga)
Elektron tijorat iste’molchilarning maqsadli guruhiga muvofiq bir nechta
toifalarga ajratiladi. Quyida ularning tasnifini koʻrib chiqamiz.
Tijorat tashkilotlari:
B2B
(Business-to-Business)
–
“tijorat
tashkilotlari
oʻrtasidagi
munosabatlar”;
B2C (Business-to-Consumer) – “tijorat tashkiloti va iste’molchilar
oʻrtasidagi munosabatlar”;
B2E (Business-to-Employee) – “tijorattashkilotlari va xodimlar
(ishchilar) oʻrtasidagi munosabatlar”;
713
B2G (Business-to-Government) – “tijorattashkilotlari va hukumat
oʻrtasidagi munosabatlar”;
B2O (Business-to-Operator) – “tijorat tashkilotlari va aloqa operatori
oʻrtasidagi munosabatlar”.
Asosan kiberxavfsizlik ham raqamli iqtisodiyotning muhuim sharti, nozik joyi
desak ham bo’ladi.Iqtisodiyotni raqamlashtirganimizdan so’ng albatta xavfsizlik
choralarini ham mukammal bartaraf etish kerak. Raqamlashuv va kiberxavfsizlik
tushunchalari doimo yonma-yon keladi. Chunki barcha tizim va jarayonlarni
raqamlashtirish bilan birga, ularning texnik jihatdan mukammal va bexato ishlashini,
xavfsizligini taʼminlash muhim hisoblanadi. Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishga qanchalik eʼtibor qaratilayotgan boʻlsa, kiberxavfsizlikni taʼminlash
ham shuncha dolzarblik kasb etmoqda. Oʻzbekiston kiberxavfsizlik global indeksida
oʻzi pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda. 2017-yilda mamlakatimiz bu reytingda 93-
oʻrinni egallagan boʻlsa, 2018-yilda 52-oʻringa koʻtarildi.
Kiberxavfsizlik axborot xavfsizligining bir koʻrinishi boʻlish bilan axborotlarni
saralab olishga xizmat qiluvchi yuksak maʼnaviyatdan oʻzgacharoq tushuncha. U
koʻproq texnik jarayonlarga oid boʻlib oddiy foydalanuvchi uchun pochta, ijtimoiy
tarmoqlar, toʻlov tizimlarida ishonchli va mustahkam parollarni oʻrnatish, oʻz shaxsiy
kompyuteri va smarfonini viruslardan himoyalashni anglatadi. Kengroq maʼnoda esa
kiberxavfsizlik tarmoqlar, mobil ilovalar va qurilmalarning himoyasiga qaratilgan
chora-tadbirlar majmuidir.
Bu maʼlumotlar konfidensialligini saqlash,
ularning butunligini himoyalash, u yoki bu sayt, ilova, dasturning toʻlaqonli
ishlashini anglatadi. “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tahlillariga koʻra, 2019-yilda
internetning milliy segmenti veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti
aniqlangan. Bu raqamli olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda
44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45
tasi defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga
almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi)
va
bittasi
yashirin
mayning
714
(kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga toʻgʻri keladi.
Oʻzbekistonda barcha tizimla vaqt sayin,kun sayin raqamlashmoqda. Ayniqsa,
koronavirus tufayli joriy etilgan karantin rejimida onlayn tovar va xizmatlarga boʻlgan
talab yana-da ortdi, barcha sohalarda raqamli funksiyalarning safi kengaydi. Bugun
uydan chiqmasdan toʻlovlarni amalga oshirish, hech bir muammosiz masofaviy
taʼlim olish, dunyoning yirik kutubxonalaridan foydalanish va hatto ishlash mumkin.
Raqamli xizmatlar anʼanaviy turga qaraganda qogʻozbozlik, rasmiyatchilikning
yoʻqligi, vaqtni tejash kabi bir qator afzalliklarga ega. Masalan, davlat xizmatlarini
raqamli koʻrinishda olsangiz, sizga belgilangan toʻlovning 10 foizi miqdorida
chegirma taqdim etiladi.
Raqamlashtirish katta va misli ko’rilmagan imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu bilan
birga, bunday transformatsion texnologiyalarni rivojlanishida jiddiy noaniqliklar
saqlanib qolmoqda. Hukumatlar jamiyat uchun yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
oqibatlar va ushbu paydo bo’layotgan texnologiyalar ularning boshqaruv faoliyatida
yuzaga keladigan tanqidiy muammolarni chuqurroq tushunishga intilishlari kerak.
Tashkilotlar uchun loyihaning kompaniyaga aloqadorligi toʻgʻrisida tomonlarning
shubhalari (salbiyanonimlik), Internetda korxona faoliyatini qonuniylashtirish va
faoliyatidagi ayrim qiyinchiliklar.
Iste’molchilar uchun Internet orqali sotiladigan xizmatlarga iste’molchilar
ishonchsizligi15, tovarlarni qoʻl bilan “ushlash” mumkin emasligi, sotib olingan
mahsulotni yetkazib berishni kutish, tovarlarni qaytarishda mumkin boʻlgan
qiyinchiliklar va xarajatlar, mahsulotlarni yetkazib berish uchun qoʻshimcha
xarajatlar.
Jamiyat uchun firibgarlikning jozibador platformasi (tarmoq xavfsizligi darajasining
pasayishi), oflayn- tijorat korxonalarini bozordan siqib chiqarishi.
Davlat uchun hisobning “kulrang” tizimini yuritishda davlat budjetiga soliq
toʻlovlarining toʻliq kelib tushmasligidan iborat.
Elektron tijorat zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylandi. Iste’molchilar
Internet orqali tovarlar sotib olib, shu bilan birga tijorat tashkilotlari oʻzlarining
715
tadbirkorlik faoliyatlarida ushbu tarmoqning imkoniyatlaridan keng foydalanmoqda.
Internetda xarid qilishning birinchi sababi – haftaning yetti kunida tun-u kun xarid
qilish imkoniyatining mavjudligidir.
Raqamli iqtisodiyotning oddiyiqtisodiyotdan farqi nimada? Masalan,xaridorga kiyim
kerak. Uni bozorgatushib o‘zi bevosita tanlasa va naqdpulga sotib olsa, bu an’anaviy
iqtisod.Telegramdagi biron savdo boti yokikanal orqali o‘ziga ma’qul tovarnitanlab,
tovar egasiga pulni elektronto‘lov tizimi orqali to‘lash(payme,click, paynet, qiwi,
webmoney,visacard...) va tovarni yetkazib berishxizmati orqali olish
–
raqamliiqtisodiyot
deyiladi.
Bu
masalani
engsodda
misol
orqali
tushuntirishdir.Aslida,
hammamiz
allaqachon
raqamliiqtisodiyot
ichidamiz,
uningqulayliklaridan foydalanamiz.Masalan, oyliklarimiz plastikkartalarga tushadi,
elektron to‘lovorqali kommunal xizmatlar, telefon,internet va boshqa mahsulot
vaxizmatlarga to‘lov qilamiz, elektrontarzda soliq deklaratsiyasitopshiramiz, kartadan
kartaga puluzatamiz, uyga taom buyurtma qilamizva hokazo.
Raqamli iqtisodiyot – bu noldanboshlab yaratilishi lozim bo‘lganqandaydir boshqacha
iqtisodiyot emas. Buyangi texnologiyalar, platformalar vabiznes modellari yaratish va
ularnikundalik
hayotga
joriy
etish orqalimavjud
iqtisodiyotni
yangicha
tizimgako‘chirish deganidir.
Belgilari:
-yuqori darajadaavtomatlashtirilganlik
-elektron hujjat almashinuvi;
-buxgalterlik va boshqaruvtizimlarining elektronintegratsiyalashuvi;
-ma’lumotlar elektron bazalari;
-CRM (mijozlar bilan o‘zaro munosabattizimi) mavjudligi:
1.To‘lovlar uchun xarajatlar kamayadi(masalan, bankka borish uchun yo‘lkira
vaboshqa resurslar tejaladi).
2.Tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proqva tezroq ma’lumot olinadi.
3.Raqamli dunyodagi tovar vaxizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari
katta.
716
4.Fidbek (iste’molchi fikri) ni tezolish hisobiga tovar va xizmatlar jadal
takomillashtiriladi.
5.Tezroq, sifatliroq, qulayroq.
Raqamli platformalarning rivojlanish sohasidagi yorqin misollardan biri sifatida
“Alibaba” elektron savdo tizimiga ega bo‘lgan Xitoy kompaniyasini keltirib o‘tish
mumkin. Undan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ma’lumotlar to‘plash
jarayonida iqtisodiyotning turli sektorlariga ekspansiya uchun o‘ta raqobatli
ustunliklar yaratiladi. “Alibaba” bu – oddiygina raqamli platforma emas, balki
platformalar ekotizimidir.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bizga nima beradi?
Raqamli iqtisodiyot korrupsiya va “qora iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir.
Chunki, raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda
ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron ma’lumotni yashirish,
yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji
yo‘q, kompyuter hammasini namoyon qilib qo‘yadi. Ma’lumotlar ko‘pligi va
tizimliligi yolg‘on va qing‘ir ishlarga yo‘l bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz.
Natijada “iflos pullarni” yuvish, mablag‘larni o‘g‘irlash, samarasiz va maqsadsiz
sarflash, oshirib yo yashirib ko‘rsatish imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga legal
mablag‘lar oqimini oshiradi, soliqlar o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanadi, byudjet
taqsimoti ochiq bo‘ladi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar o‘g‘irlanmaydi,
maktablar, kasalxonalar, yo‘llarga ajratilgan pullar to‘liq yetib boradi va hokazo.
Raqamli iqtisodiyotning o‘z valyutasi (kriptovalyuta, bitkoin), pul saqlaydigan
karmoni (blokcheyn), hisoblash usullari (mayning) kabi terminlari mavjud. Ular
haqida yanada batafsil ma’lumot olish tavsiya qilinadi.
Raqamli texnologiyalar – global hodisadir. Ular yangi, ijtimoiy o‘zaro ish
ko‘rish(shaxsiy amaliyotdan alohida ijtimoiy guruhlar, milliy va mintaqaviy
hamjamiyatlarnirivojlantirishga taalluqli amaliyotlargacha) foydalanish imkoniyatini
berganuniversal
axborot-kommunikatsiya
muhitini
shakllantirdi.
Ushbu
texnologiyalar insonhayoti barcha sohalarini to‘liq qamrab olgan holda biznes
717
yuritish uchun yangi imkoniyatlarham paydo qildi. Har bir korxona uchun
raqamlashtirish, kichik korxonadan bozorgigantlarigacha ularning raqobatbardoshligi
va rivojlanishini qo‘llab- quvvatlashomiliga aylandi. U bozor biznesini
ijtimoiylashtirishning zarur shartiga aylanib,iqtisodiy rivojlantirish ko‘lamlarini
kengaytirdi, ayni paytda yangi da’vatlar vamuammolarni tug‘dirdi.
Raqamli iqtisodiyotning ijobiy samaralari (raqamli dividendlar) juda xilma-xil vava
ular yirik kompaniyalarning tadqiqotlarida taqdim etilgan. Ammo iqtisodiyrivojlanish
istiqbollari nuqtai nazaridan raqamlashtirishning juda muhimmultiplikativ samarasiga
e’tiborni qaratish zarurdir. Biznesni rivojlantirishningjuda ko‘p an’anaviy
yo‘lanishlari – harajatlarni kamaytirish, xaridorlar va mahsulotetkazib beruvchilar
bilan o‘zaro hamkorlik shakllarini takomillashtirish,innovatsiyalarga investitsiyalar
kiritish raqamli texnologiyalarni joriy etishdaprinsip jihatidan yangi, shu jumladan
qo‘shimcha qiymat olish imkoniyatinio‘zgartiradigan va ko‘paytiradigan biznes
modellar orqali amalga oshiriladi. O‘zibevosita ana shu raqamli iqtisodiyotni tashkil
etadi, u avvalgi iqtisodiyotlar o‘rniga kelayotgani yo‘q, aksincha yangi innovatsiviy
o‘zgarishlarni va bozorlarni kengaytirishni shakllantiradi. Tarkibiy o‘zgarishlar
ma’nosida, birinchi navbatda, raqamli texnologiyalarni joriy etishning muhim
istiqbolli yo‘nalishi sifatidagi mehnat bozorida ashyolar interneti (Internet of Things
– IoT) va uning segmenti-sanoat internetidan (Industrial Internet of Things – IIoT)
foydalaniladi. Ularni joriy etish operatsiya va axborot texnologiyalarini o‘zaro
integratsiyalashgan ochiq tizimlarga aylantiradi. Bunda yagona axborot maydoniga
barcha ishlab chiqarish zanjirlari – mahsulotlarni ishlab chiqishdan sotish va unga
xizmat qilishgacha bo‘lgan jarayonlar kapital harajatlar va ish kuchiga kamaytirilishi
hisobiga samaradorlik ortishini ta’minlaydi. IIoTlarni joriy etish korxonalarga bekor
qilib turishlarini 10 %ga kamaytirish, shuningdek texnik xizmat ko‘rsatishga
harajatlarni kamaytirish, jihozlardan voz kechishning oldini olish imkoniyatini berish
hisoblab chiqilgan.
Raqamli iqtisodiyotda mehnat munosabatlarini rivojlantirish doimiy xodimlarni
vaqtinchalik ijrochilar bilan almashtirishga olib keladi, bunda ishlarning ko‘pgina
718
turlari korxona va hatto milliy chegaralardan minglab kilometr uzoqlikda bajarilishi
bo‘ldi. Keyingi yillarda shtatda bo‘lmagan xodimlar – frilanslar soni tez ortayotgani
odatiy holga aylanmoqda. Jumladan, faqat AQShda hozirning o‘zida frilans tartibida,
shu jumladan o‘rindoshlik asosida ham ishlayotganlar soni 57,3 million kishiga yetdi,
bu mamlakatdagi ish bilan bandlarning 36%ni tashkil etadi.
Raqamli iqtisodiyotda faqat mehnatning xususiyati emas, shuningdek mehnat
munosabatlarining butun tizimi o‘zgaradi. Agar an’anaviy iqtisodiyotda xodim va ish
beruvchi o‘rtasida vertikal iqtisodiy aloqalar (boshqarish – bo‘ysunish) mavjud
bo‘lsa, raqamli sektorda rahbar endi boshliq emas balki ko‘pincha uzoq masofadan
turib odamlar ishini muvofiqlashtiradigan xodimdir. Tegishli ravishda vertikal
aloqalar gorizontal aloqalar bilan almashadi, bunda xodimning kompaniya
rahbariyatiga bog‘liqligi jiddiy ravishda bo‘shashadi.
Raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish hamda milliy va xalqaro darajalarda
biznes ko‘lamlarini kengaytirish uchun korxonalarga endilikda texnikaviy,
ishchanlik, shaxslararo va ijodiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xodimlar talab qilinadi.
Ana shunday sharoitlarda avvalgi ko‘nikmalar yetarli emas, endilikda xodim
ishchanlik va shaxslararo munosabatlar sifatlariga ham ega bo‘lishlari kerak. Har
qanday ishlab chiqarish jarayoni yoki xizmatlar ko‘rsatish uchun zamonaviy
texnikaviy ko‘nikmalar yetakchilik ko‘nikmalari bilan boyitiladigan (C-suite
tadbirkorlik darajasi), maxsus raqamli texnologiyalarni boshqarishga mos bo‘lgan
xodimlar kerak. So‘nggi paytlarda ish beruvchilar uchun xodimlikka nomzodlarning
«egiluvchan ko‘nikmalari» (softskills): shaxsiy sifatlar va ijtimoiy ko‘nikmalar,
masalan jamoada ishlash, qiziquvchanlik, tashabbuskorlik, tanqidiy fikrlash, o‘zini-
o‘zi boshqarish, murakkab vazifalarni hal etishga qodirlik, turli odamlar bilan
hamkorlikda ishlash, ustuvorliklarini to‘g‘ri aniqlash talab qilinadi.
|