Список использованной литературы
1.
Мальганова И.Г. Мировая экономика и международные экономические
отношения. Конспект лекций. / ФГАОУ ВПО «Казанский (Приволжский)
федеральный университет». Казань. 2014.: 253 с.
723
2.
Нарзуллаев К.С. Стратегические преимущества Республики Узбекистан в
современных условиях. // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural
and social sciences. 2022. Volume 2 | Issue 11
3.
Словарь современных экономических терминов / сост. А.И. Базылева [и др.]. -
Минск Междунар. университет «МИТСО», 2012. - 176 с.
4.
Доклад о мировых инвестициях 2017. Инвестиции и цифровая экономика.
Основные тенденции и общий обзор. //Материалы конференция Организации
объединенных наций по торговле и развитию. (Организация Объединённых
Наций 217 г.). United Nations Publications. Customer Service. Нью-Йорк, 2017. С.
30–39.
5.
Нарзуллаев К.С. Иностранные инвестиции: проблемы привлечения их в
экономику региона // Научное обозрение. Экономические науки. – 2018. –№ 4.
– С. 16-20.
6.
Бабкин А.В. Цифровая трансформация экономики и промышленности:
проблемы и перспективы / под ред. д-ра экон. наук, проф. А. В. Бабкина. - СПб.
: Изд-во Политехн. ун-та, 2017. - 807 с.
MAMLAKATIMIZGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI KENG JALB
ETISH VA UNING IQTISODIY IMKONIYATLARI
Umirova Gulmira Shodiboy qizi
Jizzax politexnika instituti o‘qituvchisi
Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi uning iqtisodiy
imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkon yaratadi.
Bugungi kunda mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida
investitsiyalarning jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati juda kattadir.
Ma’lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda, jahon tajribalarini
o‘rganmasdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan
yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas.
724
Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan
taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Harakatlar
strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida xalqimizning
farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz taʼminlash
hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor
yo‘nalishlarini belgilash maqsadida:
Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Inson qadri uchun” tamoyiliga
asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat Yangi
O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni
2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi:
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish
orqali xalqparvar davlat barpo etish;
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng
asosiy va zarur shartiga aylantirish;
milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish surʼatlarini zamon talablari
darajasida taʼminlash;
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi
bosqichga olib chiqish;
umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda
yechim topish;
mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va
pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.[1]
2022-yilga kelib, mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan mamlakatlar soni
50 dan ortdi. Ularning orasida Rossiya, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya
kabi mamlakatlar yetakchilik qilmoqda.
Mamlakatga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 2022-yil
yakuni bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich uch barobar ortib, 9,8 milliard dollarga yetdi.
725
Buning natijasida xorijiy investitsiyalar va kreditlarning jami investitsiyalardagi
ulushi 23,8 foizdan 40,5 foizgacha ortdi. [2]
Shu bilan birga, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmini
yillar kesimida aniqlasak, 2017-yilda 2,5 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-
yilga kelib 3,4 barobar oshib 8,5 milliard dollarga yetdi. Ularning jami
investitsiyalardagi ulushi esa 17,7 foizdan 35,4 foizgacha oshdi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni ham yil sayin
ortib bormoqda: 2017-yida 5,5 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib
ularning soni 15,8 mingtaga yetdi. Buning 6,4 mingtasi qo‘shma korxona, 9,3
mingtasi to‘liq xorijiy korxona hisoblanadi.
Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning 30,5 foizi savdo, 27,5 foizi sanoat,
8 foizi qurilish, 4,8 foizi qishloq xo‘jaligi, 4,1 foizi yashab turish va ovqatlanish
muassasalari, 2,9 foizi saqlash va tashish, 4,8 foizi aloqa va axborot yo‘nalishlarida,
17,4 foizi boshqa sohalarda faoliyat yuritmoqda.[3]
726
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, sanoatning yetakchi
tarmoqlarini rivojlantirish, bandlilikni oshirish uchun salmoqli hajmdagi xorijiy
kapitalni jalb etish bilan bog‘liq iqtisodiy siyosatlari ham kapitallar migratsiyasini
rag‘batlantiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar esa
investitsiya muhitini erkinlashtirish orqali xorijiy kapitalni jalb etish va bu orqali
iqtisodiy rivojlanishga turtki berishga harakat qilishadi. Kapitallarning xalqaro
harakatini rag‘batlantiruvchi omillardan yana biri xalqaro moliyaviy tashkilotlar
faoliyati bo‘lib, ular kapitallar oqimini tartibga solib turishadi.
Xulosa qilib aytganda, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi,
qo‘shimcha ish joylari yaratadi, ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy kooperatsiya
tufayli mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga yordam
beradi.
|