• Ishga topshiriq
  • Ishdan maqsad: Ko‘p agentli texnologiyalardan foydalanib taqsimlangan tizimlarda resurslarini boshqarish tamoyillarini o‘rganish. Nazariy ma’lumotlar




    Download 254.19 Kb.
    bet3/12
    Sana13.04.2022
    Hajmi254.19 Kb.
    #19688
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    11-15 amaliyot ttb
    Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy, Algoritmlash loyihalash lab-1
    11.2-rasm. Intellektual agent asosida tizimlarni modellashtirish.

    Taqsimlangan tizimlarning alohida komponentlari va hisoblash resurslarining holatlari va xususiyatlarini, tizimlarning birgalikda ishlashini tadqiq qilish uchun ko‘p agentli tizimlar modellashtirish qo‘llaniladi. Ko‘p agentli tizimlar avtonom, markazlashtirilmagan, induvidual xarakterli tasodifiy holatlarni o‘rganuvchan va moslashuvchan agentlari asosida tuzilgan bo‘ladi va real vaqt rejimida resurslarni to‘liq boshqarishni (o‘zaro bog‘lanishlarni boshqarish, tizimni dinamik rejalashtirish va so‘rovlar va resurslarni adaptiv doimiy qayta rejalashtirish) ta’minlaydi.


    Taqsimlangan tizimlarni ko‘p agentli tizimlarni asosida tadqiq qilishda asosan 2 ta model qo‘llaniladi. Birinchi modelda barcha agentlar avtonom holatda bir-biri bilan aloqa qiladi. Har bir agent alohida taqimlangan tizimni tavsiflaydi(10.3.-rasm).



    11.3-rasm. Ko‘p agentli avtonom tizim modeli.

    Ikkinchi modelda esa agent-menejer qo‘llaniladi. U barcha agentlardan ma’lumotlarni yig‘ib olib, tizimning ishlashini dinamik boshqarib boradi (10.4.-rasm). Agent-menejer taqsimlangan tizimlarning, resurslarning va dasturiy komponentlarning ishchi xarakteristikalarini nazorat qilish va boshqarishni ta’minlovchi asosiy agent hisoblanadi.



    11.4.-rasm. Agent-menejer asosidagi ko‘p agentli tizim modeli.

    Taqsimlangan tizimlarda komponentlar, resurslar va tizimga tushadigan talablar agent ko‘rinishida modellashtiriladi. Har bir tugun resurslar va talablarni agentlar yordamida boshqaradi, qayta ishlaydi va tugunning o‘zi agentli boshqariluvchi tizim ko‘rinishida tasvirlanadi. Klasterli, bulutli texnologiyalar va servisga yo‘naltirilgan arxitekturalarning integratsiyasi natijasida murakkab taqsimlangan tizimlarning vujudga kelishi boshqaruvning agent asosidagi usullari eng optimal ekanini ko‘rsatmoqda.




    Ishga topshiriq:
    Yuqorida ko‘rib chiqilgan modellar asosida taqsimlangan tizimlarda resurslarni boshqarish prinsiplarini immitatsion tahlil qilamiz. Buning uchun ko‘pagentli model asosida taqsimlangan tizimlarning ishlashini Anylogic muhitida baholaymiz. Anylogic muhitida tizimlar va komponentlar orasida uzaro aloqani ta’minlashda va taqsimlangan hisoblashni amalga oshirishda resurslar ishlatilishini baholashda intellektual agentlardan foydalaniladi. Har bir resurs yoki komponent bilan ishlovchi alohida funksional agent yaratiladi. Ularning asosiy vazifalari resurslarning xolatlarini nazorat qilish, resurslar ishini boshqarish va turli holatlarda tizimni o‘zini ishlashini tashkillishtirishni ta’minlash hisoblanadi. Taqsimlangan komponentdagi agentlar bosh menejer agentga o‘zlariga belgilangan ob’ektning holati haqida ma’lumot tashiydi va o‘zaro bir birining axborotiga asoslangan holda vazifasini bajaradi.



    Download 254.19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 254.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishdan maqsad: Ko‘p agentli texnologiyalardan foydalanib taqsimlangan tizimlarda resurslarini boshqarish tamoyillarini o‘rganish. Nazariy ma’lumotlar

    Download 254.19 Kb.