• 2. Intellektual agent asosida tizimlarni modellashtirish.
  • Ishdan maqsad: Ko‘p agentli texnologiyalardan foydalanib taqsimlangan tizimlarda resurslarini boshqarish tamoyillarini o‘rganish. Nazariy ma’lumotlar




    Download 254.19 Kb.
    bet4/12
    Sana13.04.2022
    Hajmi254.19 Kb.
    #19688
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    11-15 amaliyot ttb
    Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy, Algoritmlash loyihalash lab-1
    Nazorat savollari:

    1. Taqsimlangan tizimlarda resurslarni dinamik boshqarish masalasi.


    2. Intellektual agent asosida tizimlarni modellashtirish.
    3. Agent-menejer asosidagi ko‘p agentli tizim modeli.


    Javoblar


    1. Taqsimlangan tizimlarda resurslarni dinamik boshqarish masalasi.
    Murakkab tuzilgan dinamik taqsimlangan tizimlarda resurslarni boshqarish deganda tushayotgan talablarni aniqlash, resurslar va ilovalarni solishtirish, resurslarni talablarga mos ravishda taqsimlash, tizimning ishlashini doimiy loyihalash, tushayotgan yuklamani balanslash va monitoring qilish tushuniladi. Ushbu masala bugungi kunda keng tarqalgan taqsimlangan tizimlarda - klasterli va bulutli tizimlarda middleware da amalga oshiriladi. Dinamik konfiruratsiyalanuvchi taqsimlangan tizimlarning murakkabligi va davriy o‘zgaruvchanligi sababli ularning resurslarini boshqarish bo‘yicha xulosalar chiqarishni qiyinlashtiradi: noaniqliklar yuzaga keladi – ya’ni talab va resurslarning dinamik o‘zgarishi keyingi holatni baholashni qiyinlashtiradi; doimiy yangi hodisalar qo‘shilishi sababli hisoblashni boshqarish planlari o‘zgarib turadi; yagona xizmatga ko‘plab foydalanuvchilar ulanganda tizimlarning ishonchliligini ta’minlash uchun yuqori operativlikni, dinamik koordinatsiyalashni va ko‘p pog‘onali resurslarni boshqarishni ta’minlash zarur bo‘ladi. Ushbu keltirilgan muammolar taqsimlangan tizimlarda resurslarni dinamik boshqarish masalasini yechish va yangi boshqaruv modellarini ishlab chiqish orqali hal qilinadi.

    2. Intellektual agent asosida tizimlarni modellashtirish.
    Shu sababli, taqsimlangan hisoblash tizimlarida resurslarni boshqarish samaradorligini oshirish uchun middleware bilan birga ishlovchi yangi intelluktual boshqaruv usullari va vositalari kiritiladi. Grid yoki Cloud hisoblash tizimlarida intellektuallashtirishning asosiy elementi sifatida ko‘p agentli tizim sifatida tavsiflanuvchi va grid-resurslar asosida quriluvchi semantik axborot xizmati qaralishi mumkin. Bu dinamik o‘zgaruvchan muhitda ko‘p agentli tizimlarda o‘z-o‘zini tashkillashtirish va o‘zaro moslashtirish asosida murakkab taqsimlangan tizimlarda resurslardan foydalanish samaradorligi oshirish imkonini beradi.

    Agent asosida modellashtirish tushunchasi ko‘plab adabiyotlarda turli ta’riflar bilan ta’riflangan, lekin ta’kidlash joizki, agent asosida asosan modellashtirish deganda markazlashtirilmagan, induvidual tizimlarning ishlash prinsiplarini modellashtirish tushuniladi. Agentlar tabiatdagi barcha o‘z xarakteriga va xususiyatlariga ega bo‘lgan narsalar (masalan, odamlar, kompaniyalar, transportlar, shaxarlar, hayvonlar, mahsulotlar, turli tizimlar, hisoblash tizimlari va boshqalar) bo‘lishi mumkin, ularning xarakterlari va xususiyatlari (asosiy tashkil etuvchilari, holatlari, xotiralari, o‘zaro ta’sirlari) aniq bir muhitda bir birlari bilan aloqa o‘rnatish, o‘zaro ta’sirlashishini tavsiflaydi (10.2-rasm). Ko‘p agentli modellashtirishda tizimning global xarakteristikalari ko‘plab induvidual agentlar holatlarining o‘zaro aloqalari natijasi orqali tavsiflanadi.





    11.2-rasm. Intellektual agent asosida tizimlarni modellashtirish.

    Taqsimlangan tizimlarning alohida komponentlari va hisoblash resurslarining holatlari va xususiyatlarini, tizimlarning birgalikda ishlashini tadqiq qilish uchun ko‘p agentli tizimlar modellashtirish qo‘llaniladi. Ko‘p agentli tizimlar avtonom, markazlashtirilmagan, induvidual xarakterli tasodifiy holatlarni o‘rganuvchan va moslashuvchan agentlari asosida tuzilgan bo‘ladi va real vaqt rejimida resurslarni to‘liq boshqarishni (o‘zaro bog‘lanishlarni boshqarish, tizimni dinamik rejalashtirish va so‘rovlar va resurslarni adaptiv doimiy qayta rejalashtirish) ta’minlaydi.





    Download 254.19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 254.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishdan maqsad: Ko‘p agentli texnologiyalardan foydalanib taqsimlangan tizimlarda resurslarini boshqarish tamoyillarini o‘rganish. Nazariy ma’lumotlar

    Download 254.19 Kb.