Ish bilan bandlikni ta’minlash orqali aholi daromadlarini oshirish va hayot sifatini yuksaltirish masalalarini hal etish yo’llari




Download 2.07 Mb.
bet9/15
Sana17.03.2023
Hajmi2.07 Mb.
#45869
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Abduboqiyev Xurshid kurs ishi
das, Кичик бизнес субъектлари ва объектлари, Глаголкакчастьречи, Tezis va ilmiy maqola yozish haqida, nabiyev ziyodjon (1), IJTIMOIYLASHUV MUAMMOSI SIFATIDA BOLA PSIXIK, KIMYO, muhammad, Reference-308211101574, 163559 (1), Рамка, Titul institut, Topshiriq, file (2)
2.2 Ish bilan bandlikni ta’minlash orqali aholi daromadlarini oshirish va hayot sifatini yuksaltirish masalalarini hal etish yo’llari
Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va yurtimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish asosida chuqur tanazzuldan xalos bo‘lib, barqaror taraqqiyot va aholi turmush farovonligiga erishishga qaratilgan tub o‘zgartirishlar siyosatining strategik maqsadlari I.A.Karimov tomonidan quyidagicha izohlab berildi:
• ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;
• ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo‘lishiga barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish negizi bo‘lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash;
• korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo‘jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy- buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va rag‘batlantirish vositalaridan keng foydalanish;
• iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish;
• kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish1.
Aholining har bir a’zosi turmush sharoitlarini oshirish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash, ishchi kuchi sifatida ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish salohiyatini yuksaltirish davlatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ana shu ma’noda aholi muhofazasini ta’minlashdagi birinchi va asosiy vazifa ham insonni kamol toptirish, uning oila va jamiyatdagi o‘rni hamda nufuzini ko‘tarish bilan bog‘liq. Binobarin, jamiyatning insonparvarligi mamlakat iqtisodiy salohiyatining qanchalik yuksakligi bilangina emas, balki bu salohiyat har bir kishining farovon yashashi va har tomonlama rivojlanishi uchun yo‘naltirilgani bilan ham baholanadi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda aholini, ayniqsa kam ta’minlangan aholi qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun har yili davlat budjetidan muayyan miqdorda mablag‘ ajratilmoqda. Bunday yordam o‘tish davrida ham, inqiroz sharoitida ham aholining iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynadi8.
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotida aholining muhtoj qatlamlarini sotsial muhofaza qilish nafaqat ijtimoiy, ayni vaqtda siyosiy ahamiyatga egadir. Chunki jamiyatning o‘zagini tashkil etuvchi inson uning yuksalish darajasi, haqiqiy qiyofasini belgilaydi. Shu boisdan, aholining mazkur qatlamlarining ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holati miqdoriy o‘zgarishlarini, ularning daromadlari va xarajatlarining shakllanish xususiyatlarini, tarkibini o‘rganish muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida aholi daromadlari tarkibida qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi:
birinchidan, daromad shakllari o‘zgardi, ya’ni uning an’anaviy turlari (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) qatoriga mutlaqo yangilari - tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan, ko‘chmas mulkdan, qimmatli qog‘ozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo‘shildi;
ikkinchidan, daromadlarning tarkibiy qismlari miqdor va sifat jihatidan o‘zgardi, bu borada fuqaro ixtiyoridagi haqiqiy daromadlar, to‘planish va ajralish koeffitsiyenti, daromad tanqisligi, tirikchilik minimumi, qashshoqlik darajasi, oila pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi tushuncha va kategoriyalar paydo bo‘ldi;
uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo‘nalishlari paydo bo‘ldi: majburiy to‘lovlar va badallar, chet el valyutasi, qimmatli qog‘ozlar va shaxsiy mulkni sotib olish uchun xarajatlar, tijorat banklariga qo‘yilmalar shular jumlasidandir. Ta’kidlash joizki, aholi daromadlarining darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning zaruriy ehtiyojini qondirish, salomatligini saqlash, dam olishini tashkil etish, ma’lumot olishi, bo‘sh vaqtlarini madaniy tarzda o‘tkazishi bo‘yicha imkoniyatlari shunchalik ko‘p bo‘ladi. Mamlakatimizda aholi daromadlarining shakllanishi o‘ziga xos xususiyatga ega.
Kichik bizesda tadbirkorlik faolligini oshirish uchun quyidagi umumiy sharoitlar ta’minlashi zarur:
- milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash negizida uni barqaror rivojlanishini ta’minlash;
- iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllanishi ta’miinlash;
- kichik biznesni davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlash tizimini, uning mexanizmlarini takomillashtirish asosida rivojlantirib borish;
- kichik biznesga xizmat ko‘rsatuvchi infrtuzulmalarni samarali harakat qilishini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes faoliyatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- kichik biznesni huquqiy-meyoriy va tashkiliy asoslarini iqtisodiyotda turli omillar ta’sirida ruy berayotgan o‘zgarishlarga mos ravishda uzluksiz takomillashtirib borish;
- davlat tomonidan kichik biznes va huquqiy tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash mexanizmlarini samaradorligini oshirish, bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasidagi yangi mexanizmlarni mavjud sharoitlarga moslashtirgan holda amaliyotga qo‘llash;
- kichik biznesni innovatsiya negizida rivojlanishini ta’minlash borasida chora – tadbirlarni ishlab chiqish;
- kichik biznesni moliyaviy jihatdan ta’minlash mavjud mexanizmlarni samaradorligi oshirish va moliyalashtirishtirishning yangi manbalarini harakatga keltirish negizida qulay investitsiya muhitini yaratish;
- kichik biznesda ishlab chiqarishni tashkil etishni moddiy ta’minotini takomillashtirish;
-kichik biznesni tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmlarini takomillashtirish;
-kichik biznes saohasi uchun malakali raqaobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
-kichik biznesda kooperatsiyani chuqurlashtirish.
Shuni alohida ta’kidlash joizki O’zbekiston uchun ham aholisi va mehnat resurslari yuqori sur’atlarda o’sayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning katta miqdorda ish o’rinlarini yaratish xususiyati birinchi darajali ahamiyatga ega. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mehnat sig’imi ko’p talab etiladigan, ijtimoiy mehnatni tashkil qilishning ulkan sohasi bo’lganligi bilan ham juda ahamiyatlidir. Jumladan:  kichik biznes va xususiy tadbirkorlik kam kapital sig’imiga ega yangi ish o’rinlarini tez tashkil etishga qodir. Ya’ni, kichik korxonalarda har bir ish o’rniga kapital sarfi yirik korxonalardagiga nisbatan ancha kam bo’ladi;  iqtisodiy faol aholi uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalarida mehnat faoliyatini amalga oshirish mukbulroqdir. Bu ularga tashabbus ko’rsatish va ijodiy g’oyalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi;  bevosita kichik korxonalarda ish bilan bandlikning maslashuvchanligi. To’liq bo’lmagan ish kuni yoki xaftasi, o’rindoshlik, sirpanuvchan ish grafigi shakllarini qo’llash mumkin. O’zbekistonda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishning huquqiy asosini takomillashtirish chora-tadbirlari ko’rilmoqda. Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga ko’ra, tadbirkorlar o’z biznesiga bexavotir investisiya kiritishlari, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishlari, olayotgan daromadlarini ko’paytirishlari, o’z mulklariga o’zlari egalik qilishlari, foydalanishlari, tasarruf etishlari asosiy kafolatlarini mustahkamlash maqsadida “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonun qabul qilinishi belgilangan. Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliyhuquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonunchilikda belgilab qo’yish ham mo’ljallangan. Hozirgi vaqtda har to’rt oiladan biri oilaviy biznes bilan mashg’ul ekanligidan dalolat beradi. Har uch oiladan bittasi qishloq mahsulotlari yetishtirish va ishlab chiqarish, har sakkiztadan bittasi hunarmandchilik, kundalik ehtiyoj tovarlari ishlab chiqarish bilan shug’ullanayotganligi aniqlandi. Oilalarning 6,5 foizi aholiga transport xizmati ko’rsatmoqda. Hozirgi kunda kichik biznesni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari sifatida sanoat sohasini, innovasion faoliyatni rivojlantirish, uy-joy kommunal korxonalarini rivojlantirish, iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hamda uy mehnatini rivojlantirish kabi sohalarni misol keltirish mumkin. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga alohida e’tibor berilayotganligi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ushbu sohaning naqadar muhim ahamiyat kasb etishdan dalolat beradi. Bu borada 2014 yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 9 trillion 32 so’mdan ortiq yoki 2013 yilga nisbatan 1,3 barobar ko’p, shu jumladan, 2 trillion so’mga yaqin miqdordagi mikrokreditlar ajratildi. Bu o’tgan yilga qaraganda 39 foiz ko’pdir. Kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarining asosiy faoliyati banklar bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular olib borayotgan faoliyat – xom ashiyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, ko’rsatiladigan xizmatlarga haq to’lash, ishlovchilarni ish haqi bilan ta’minlash, turli toifadagi korxonalar, firmalar, yuridik shaxslar bilan bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni olingan foydadan, daromaddan soliq to’lash, transport, kommunal xizmatlar uchun to’lovlarning barcha turlari banklar orqali, o’z navbatida olinayotgan kreditlar va boshqa hisobkitoblar ham banklar orqali amalga oshadi.Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes fan-texnika rivojini jadallashtirish, sanoatning ilg’or tarmoqlarida yangi texnologiyalarga o’tish sharoitida o’z o’rnini topib bormoqda. Bunday tadbirkorlik yangi axborot texnologiyalari, yangi g’oyalar va ishlab chiqarishni modernizasiyalash bilan ishlashni ta’minlovchi butun tizimning ajralmas qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, kichik korxonalar tavakkalchilik xavfi yuqori bo’lgan sharoitlarda ishlab chiqarishning ma’qul shakllaridan hisoblanadi. Kichik korxonalar texnologiya innovasiyalarni joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga ega. Yangi texnologik g’oyalarni yirik korxonalarga nisbatan tezroq qabul qiladigan kichik biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab chiqarishga nisbatan ishni tezroq yo’lga qo’yish mumkin. Bu esa bizning sharoitda fan-texnika tarvqqiyotini rivojlantirishga yordam berishi mumkin.



Download 2.07 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Download 2.07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ish bilan bandlikni ta’minlash orqali aholi daromadlarini oshirish va hayot sifatini yuksaltirish masalalarini hal etish yo’llari

Download 2.07 Mb.