-rasm. Turmush sifatining shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar




Download 2.07 Mb.
bet8/15
Sana17.03.2023
Hajmi2.07 Mb.
#45869
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Abduboqiyev Xurshid kurs ishi
das, Кичик бизнес субъектлари ва объектлари, Глаголкакчастьречи, Tezis va ilmiy maqola yozish haqida, nabiyev ziyodjon (1), IJTIMOIYLASHUV MUAMMOSI SIFATIDA BOLA PSIXIK, KIMYO, muhammad, Reference-308211101574, 163559 (1), Рамка, Titul institut, Topshiriq, file (2)
1-rasm. Turmush sifatining shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ichki bozorimizni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirishda, aholini ish bilan ta’minlash va shu asnoda ularning munosib daromad topishi, farovonligining oshib borishiga erishishda eng asosiy omillardan biri hisoblanib, jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo‘lgan mulkdorlar sinfining, ya’ni o‘rta sinfning shakllanishi va mustaxkamlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, bu soha hozirda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barkarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni tarakkiyot yo‘lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda. Shuning uchun xam mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2011 yil yurtimizda «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» deb e’lon qilindi.
Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy taraqkiyotni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, solik tushumlari hajmining o‘sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barkarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yil 14 dekabrdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy choralari haqida»gi F-3539-sonli Farmoyishida: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga yo‘naltirilgan normativ- huquqiy bazani yanada takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatiga davlat va nazorat tuzilmalarining aralashuvini keskin kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish tartibini soddalashtirish va faoliyat yuritishning moddiy-texnik shart-sharoitlarini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga solik va boshka to‘lovlar borasida yengilliklar yaratish, hisobot topshirish tizimini takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlash mexanizmini yanada takomillashtirish, kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ularning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishtirokini kengaytirish, ilg‘or ilm-fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo‘l ochib berish, kichik biznes subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz va qulay sharoitlar tizimini yanada rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy sohadagi xizmatlaridan biri - bu aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishdir. O‘z navbatida u mazkur vazifani ikkita asosiy yo‘l orqali bajarishi mumkin: yangi ish o‘rinlarini barpo etish va vaqtincha bo‘sh bo‘lgan yoki ish bilan kisman band bo‘lgan aholini ishga jalb etish, yoki boshqacha aytganda, ikkilamchi bandlikni ta’minlash. Aholining ish bilan bandligi va qo‘shimcha daromad olish imkonini yaratish orqali jamiyatdagi ijtimoiy muvozanatni saqlashga katta hissa qo‘shish mumkin. Ushbu jihatlarni ham alohida e’tirof etgan holda, Prezidentimiz «Ichki bozorimizni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirishda, bugungi kunda biz uchun eng dolzarb masalalardan biri bo‘lmish aholimizni, avvalambor, yoshlarimizni ish bilan ta’minlash va shu asnoda ularning munosib daromad topishi, farovonligining oshib borishiga erishishda ayni shu sohani tez va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish eng asosiy omillardan biri ekanini hech unutmasligimiz darkor», deb ta’kidlab o‘tganlar.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining rivojlantirilishiga xo‘jalik yuritishning ma’muriy-buyrukbozlik tizimi salbiy oqibatlarini bartaraf etishdagi asosiy yo‘nalishlar sifatida ham qarash mumkin. Jumladan, aynan ma’muriy-buyrukbozlik tizimi davrida noto‘g‘ri yuritilgan ijtimoiy siyosat oqibatida yirik shaharlarda ishlab chiqarishning haddan ziyod to‘planishi, kichik shahar va qishloq joylarda esa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning past darajada qolishi tabaqalashuvni keskinlashtirdi. Bunday yaroqsiz usul ayniqsa, mamlakatimizdagi ko‘plab kichik shahar va qishloqlardagi ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Respublika aholisining asosiy qismi qishloqlarda joylashganiga qaramay, mavjud ortiqcha ish kuchi uchun yangi ish joylarini tashkil etish muammosi hal etilmadi. Shunga ko‘ra, bu muammoni tezlik bilan hal etishning asosiy yo‘llaridan biri - kichik korxonalarni, ayniqsa, sanoat ishlab chiqarishga va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan kichik korxonalarni tashkil etishdir.
So‘nggi yillarda mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlashning yangicha va noan’anaviy ko‘rinishlarini joriy etish hamda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mamlakatimiz axolisining bandligi va daromadlari barqaror o‘sishini ta’minlashga doir vazifalarni hal etishda kasanachilikning turli shakllarini keng rivojlantirish, jumladan, uning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.


Download 2.07 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 2.07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Turmush sifatining shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar

Download 2.07 Mb.