Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari




Download 2.07 Mb.
bet6/15
Sana17.03.2023
Hajmi2.07 Mb.
#45869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Abduboqiyev Xurshid kurs ishi
das, Кичик бизнес субъектлари ва объектлари, Глаголкакчастьречи, Tezis va ilmiy maqola yozish haqida, nabiyev ziyodjon (1), IJTIMOIYLASHUV MUAMMOSI SIFATIDA BOLA PSIXIK, KIMYO, muhammad, Reference-308211101574, 163559 (1), Рамка, Titul institut, Topshiriq, file (2)
1.2 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari
Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va qishloqlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin. Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik turlarga bo’linadi. Mavjud tadbirkorlik faoliyati turlarini chizma shaklida quyidagicha ifoda etish mumkin . Ishlab chiqarish tadbirkorligi. Ishlab chiqarish tadbirkorligi-ni tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desa xato bo’lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot,tovarlar ishlab chiqa-riladi, xizmat ko’rsatiladi, ma’lum ma’naviy qadriyatlar yuzaga keladi. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki yillarida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Agar ishlab chiqarish korxona samarador-ligining 10-12% ini tashkil etadi, tijorat faoliyati esa bu ko’rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi. Moliyaviy tadbirkorlik, tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarning almashinishi va almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug’urta muassasalari shaklida ham faoliyat yuritadi. Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining ilgarigi turlariga nisbatan kamroq samara beradi. Bu ko’rsatkich 5-10%ni tashkil etadi. Keyingi vaqtda O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko’p ko’rinishlardan iborat bo’lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi.
Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo’lib, bir-birini to’ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgilab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak. Innovasion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug’ullanishi, qanday mahsulot ishlab chiqarishi, qanday xizmat ko’rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug’ullanadi. U tovarga talabni bilish maqsadida tovarning potensial iste’molchilari, xaridorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar bilan aloqa qiladi. Mahsulotni sotish, biror-bir ishni bajarish, xaridorga, iste’molchiga xizmat ko’rsatish va ma’lum hajmda foyda olish tadbirkor ishlab chiqarish faoliyatining natijasidir.Tadbirkorning umumiy moliyaviy bahosini rentabellik ko’rsatkichi belgilaydi. U sof foydaning jami xarajatlarga nisbati shaklida aniqlanadi. Birgina sabzavot mahsulotlari 2014 yilda 16,3 foizga, poliz 16,6 foizga, meva 21 foizga, yangi bog’ va uzumzorlar maydoni ikki barobarga ko’payib, intensiv bog’lar maydoni 14 ming gektarga yetdi. Uzumzorlar 23 ming gektar, 6 million ko’chat xorijdan keltirildi. 2014 yilda xalqimizning real daromadlari mustaqillikning dastlabki yillaridagi 10,6 foizdan 52 foizga o’sdi. MDH mamlakatlari ichida bu ko’rsatkich eng yuqoridir. Oilalar daromadlari tarkibi o’zgarmoqda – tadbirkorlikdan olinayotgan daromadlar aholi yalpi daromadlarining yarmidan ziyodini tashkil etmoqda. Bu ham Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlarida bu ko’rsatkich o’rtacha 20-25 foizdan oshmaydi. 2014 yilda ushbu sektorda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning umumiy soni 2013 yil oxiriga kelib 190 mingtaga, 2014 yil yakuniga kelib 195 mingtaga yetdi. 2014 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo’nalishiga ajratilgan kreditlar miqdori 2013 yilga nisbatan 30 foizga oshib 9 trillion so’mni tashkil qildi. Mikrokreditlar miqdori esa 39 foizga oshib 2 trillion so’m bo’ldi. Ya’ni oxirgi besh yilda mikrokreditlar miqdori besh barobarga oshdi. 2014 yilda aholining bandlik darajasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 480 mingta yangi ish o’rinlari tashkil qilindi va mehnatga yaroqli aholining 76,5 foizi bugungi kunda ushbu sohada mehnat qilishmoqda. Birgina 2013 yilda Samarqand viloyati sabzavotchilik sohasining tadbirkorlari olgan foyda so’mmasi 53 trillion 873 million so’mni tashkil etdi, jumladan, Bulung’ur tuman sabzavotkorlari 10 trillion 833 million so’m,Tayloq tumani sabzavotkorlari 9 trillion 621 million so’m, Samarqand tumani 9 trillion 213 million so’m foyda olishdilar. Tadbirkorlarning sabzavotchilikda erishgan iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini rentabellik darajasi ko’rsatkichi orqali bilan tahlil etamiz. 2013 yilda Samarqand viloyati sabzavotchilikda 36,6 foiz rentabellik darajasiga erishdi. Jumladan Bulung’ur tuman sabzavotkorlari 35,1 foiz, Tayloq tumani sabzavotkorlari 38,9 foiz, Samarqand tumanida 39,7 foiz bo’ldi. Iqtisodiy tahlillar shuni ko’rsatadiki, Samarqand tumani sabzavotkorlari 3,1 punktga, Tayloq tumani 2,3 punktga viloyat ko’rsatki- 18 chidan yuqori rentabellik darajasiga erishgan bo’lsada, Bulung’ur tumanida 1,5 punktga viloyat ko’rsatkichidan past bo’ldi. Tadbirkorlik mulk shakllariga ko’ra davlat, nodavlat, shu jumladan, xususiy, aralash shakllarda namoyon bo’ladi. Nodavlat shakllariga xususiy - yakka va xususiy - jamoa tadbirkorligi kiradi. O’z navbatida xususiy - yakka tadbirkorlik subyektining o’z mexnatiga va yollanma mehnatga asoslangan bo’ladi. Xususiy - jamoa tadbirkorlikka sheriklik, paychilik jamoalari, aksiyadorlik jamiyatlari kiradi. Aralash tadbirkorlik ko’shma, aralash va ijara korxonalari shaklida namoyon bo’ladi. Uyushish darajasiga ko’ra, yakka tartibdagi va jamoa tadbirkorlik shakllari mavjud. Yakka tartibdagi tadbirkorlikka yakka tartibda mexnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi, o’z mexnatiga, xususiy va yollanma mexnatga asoslangan xususiy tadbirkorlik, oilaviy korxonalar kiradi. Tadbirkorlikning jamoa shakliga davlat, shirkat, sheriklik, paychilik, mexnatjamoasi korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari va hokazolar kiradi. Faoliyat sohasiga ko’ra, tadbirkorlik ishlab chikarish, xizmat ko’rsatish, tijorat ishi va tijoratda vositachilik qilish shakllariga ega bo’ladi. Tadbirkorlik korxonasida ish bilan band bo’lgan xodimlar mikdoriga ko’ra kichik, yirik tadbirkorlik shakllarida o’z ifodasini topadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki kichik tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to’g’risida»gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud: - yakka tartibdagi tadbirkorlik; - xususiy tadbirkorlik; - jamoa tadbirkorligi; - aralash tadbirkorlik. Yakka tartibdagi tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo’lib, uni tashkil qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o’z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlik o’z navbatida ikki turga bo’linadi: - shaxsiy tadbirkorlik; - birgalikdagi tadbirkorlik. Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi: «Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o’zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo’l qo’yadigan o’zga mulkiy huquq tufayli o’ziga tegishli mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi6». Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan birgalikdagi tadbirkorlikka quyidagilar kiradi:
- er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik; - dehqon xo’jaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amalga oshiriladigan dehqon xo’jaligi;
- o’zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo’lgan umumiy mulk negizida yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo’jaligi.
Yuridik shaxs tashkil qilmay, o’z faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi haqidagi guvohnoma beriladi va u jismoniy shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish reyestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda hisob-kitob varag’i ochish, soliq organlaridan ro’yxatdan o’tish, muhr va boshqa rekvizitlarni tayyorlash uchun asos hisoblanadi.
O’zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi Nizom»da xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta’rif berilgan: Xususiy tadbirkorlik fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o’z tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshirila-digan tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir7. Jamoa tadbirkorligi bir guruh fuqarolarning o’zlariga ma’qul bo’lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil etishlari va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlaridir.


Download 2.07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 2.07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari

Download 2.07 Mb.