• «kouching» video materiallar va darsliklar, motivatsion roliklar tayyorlash
  • 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million soʻmdan
  • Tadbirkorlikka oʻqitishning yagona tizimini
  • 225 million soʻmgacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi
  • 100 million AQSH dollari
  • Xulosa 42 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati




    Download 2.07 Mb.
    bet4/15
    Sana17.03.2023
    Hajmi2.07 Mb.
    #45869
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Abduboqiyev Xurshid kurs ishi
    das, Кичик бизнес субъектлари ва объектлари, Глаголкакчастьречи, Tezis va ilmiy maqola yozish haqida, nabiyev ziyodjon (1), IJTIMOIYLASHUV MUAMMOSI SIFATIDA BOLA PSIXIK, KIMYO, muhammad, Reference-308211101574, 163559 (1), Рамка, Titul institut, Topshiriq, file (2)
    Xulosa

    42

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

    44


    Kirish
    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy sohadagi xizmatlaridan biri- bu aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishdir. O’z navbatida u mazkur vazifani ikkita asosiy yo’l orqali bajarishi mumkin: yangi ish o’rinlarini barpo etish va vaqtincha bo’sh bo’lgan yoki ish bilan qisman band bo’lgan aholini ishga jalb etish, yoki boshqacha aytganda, ikkilamchi bandlikni ta’minlash. Aholining ish bilan bandligi va qo’shimcha daromad olish imkonini yaratish orqali jamiyatdagi ijtimoiy muvozanatni saqlashga katta hissa qo’shish mumkin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi aholini ish bilan ta’minlash, aholi pul daromadlarining o’sishi, uning xarid qobiliyatini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va mamlakatdagi barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim rol o’ynaydi Soʻnggi yillarda aholining keng qatlamini tadbirkorlikka jalb qilish va ularning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” va boshqa ijtimoiy dasturlar doirasida jami 13 trillion soʻmdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratilib, 600 mingdan ziyod oilalarni qamrab olishga erishildi1.
    Mazkur dasturlar hududlarda aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi, uning turmush tarzini yaxshilash va ish bilan bandligini oshirish uchun turtki boʻlib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, orttirilgan tajriba hamda xalqaro amaliyot kompleks va oʻzaro bir-birini toʻldiruvchi kredit olish imkoniyatidan iborat boʻlgan yaxlit tizimni shakllantirishni taqozo etmoqda. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, kambagʻallikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida:
    1. Aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mikromoliyalash tizimini takomillashtirish hamda tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi asosiy yoʻnalishlari amaliyotga joriy etilsin: aholining tadbirkorlik bilan shugʻullanishga qiziqishi va manfaatdorligini oshirish; aholida tadbirkorlik sohasida zaruriy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻqitish tizimini joriy etish, mazkur jarayonga xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat taʼlim tashkilotlarini keng jalb qilish; tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan mikrokreditlash tizimini institutsional jihatdan takomillashtirish va rivojlantirish;aholi tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga oid ijtimoiy dasturlarni iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uygʻun va muvofiqlashtirilgan holda ishlab chiqish; tadbirkorlik koʻnikmasi va tajribasiga ega boʻlgan aholini va boshqa kichik biznes vakillari salohiyatini roʻyobga chiqarish orqali ular faoliyatini kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan toʻlaqonli tizimni yaratish; tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yaxlit tizimni tashkil etish va yagona davlat tashkiloti tomonidan amalga oshirilishini va muvofiqlashtirib borilishini yoʻlga qoʻyish.
    2. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va barcha boʻgʻindagi hokimliklar hududlarda aholining tadbirkorlikka qiziqishini va manfaatdorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishnioʻzlarining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilasin2. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda tegishli vazirlik, idora va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb etgan holda aholining tadbirkorlikka qiziqishi, turmush darajasini yaxshilashga intilishi va manfaatdorlik hissini kuchaytirishga qaratilgan motivatsion chora-tadbirlar dasturlarining tasdiqlanishini taʼminlasin. Bunda muvaffaqiyatli yosh tadbirkorlar va tajribali biznes vakillarini jalb qilishga eʼtibor qaratilsin. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mazkur bandda keltirilgan tadbirlarni amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirokini taʼminlasin. Yoshlar ishlari agentligi aholiga oʻzining turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shugʻullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatishga qaratilgan «kouching» video materiallar va darsliklar, motivatsion roliklar tayyorlash uchun tanlov asosida ijtimoiy buyurtmalar joylashtirsin.
    3. 2020-yil 15-noyabrdan boshlab yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
    Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan maʼqullangan dasturlar va belgilangan talablar asosida tashkil etilgan oʻquv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi (yoshlar, xotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdori davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi; kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, ularning sertifikatini (keyingi oʻrinlarda – maxsus sertifikat) olgan shaxslarga oʻz biznesini tashkil etish uchun mazkur qarorning 5-bandiga muvofiq mikrokredit ajratiladi.
    4. Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan birgalikda:
    2020-yil 15-noyabrdan boshlab aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari elektron reyestrini shakllantirib borsin va uning oshkoraligini taʼminlasin;
    2022-yil 1-yanvardan xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda xalqaro standartlar, shu jumladan, Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning tadbirkorlikka oʻqitish dasturlari va tizimi asosida Tadbirkorlikka oʻqitishning yagona tizimini ishga tushirsin3.
    5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra «Mikrokreditbank» ATB tomonidan nodavlat taʼlim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan:
    tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga oʻz biznesini tashkil etish uchun 33 million soʻmgacha boʻlgan miqdordagi mikrokreditlar taʼminotsiz ajratiladi; mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sugʻurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kafilligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa taʼminot turlari asosida 225 million soʻmgacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi.
    Bunda mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.
    6. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishni moliyaviy manba bilan taʼminlash maqsadlariga 100 million AQSH dollariekvivalentida mablagʻ ajratsin. Ushbu mablagʻlarning:

    Download 2.07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 2.07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xulosa 42 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

    Download 2.07 Mb.