|
Islamova zuxra baxtiyarovna
|
bet | 12/27 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 12,16 Mb. | | #150108 | Turi | Referat |
Bog'liq avtoreferat islamova.охиргиси исправленныйXULOSALAR
Kattaqo‘rg‘on suv ombori tog‘oldi tekisliklari hamda adir zonasi qo‘riq va lalmi tipik bo‘z tuproqlarida joylashgan. Uning hozirgi holati salkam 900 mln/m3 suv sig‘imiga ega boʻlib, Zarafshon vohasining 384 ming gektar hududini sug‘orish imkoniyati mavlud. Suv ombori ta’sirida Zirabuloq balandligi yerosti oqimidan sizot suvlari shakllangan holda (ya’ni, ko‘tarilish va pastlashish amplitudasi) atrof hududidan 1-2 km gacha kenglikkacha o‘zgarishi hamda shimoliy va g‘arbiy tomondan ta’sir etish holati aniqlandi.
Kattaqo'rg'on suv omborining hozirgi holati boʻyicha suvning filtratsiyon yo‘qolishi asosan mart va aprel oylariga to‘g‘ri keladi. Qish mavsumida va mart-aprel oylarigacha Zarafshon daryosining oqish tezligi bir oz sekinlashishi tufayli oqiziqlar miqdori ham kamroq bo‘lishi suv omborining loyqalanishi sekinlashishidan uning tubida loyqa kam to‘planishi natijasida shimilish darajasi ortayotganligi aniqlandi.
Kattaqo'rg'on suv ombori hududidagi yerlarni masofadan zondlash va GIS ma’lumotlarini tahlil qilish o‘tgan yillar ichida yerdan foydalanish, o‘simlik qoplami, aholi punktlari sezilarli darajada o‘zgarganini ko‘rsatdi. Landsat dan olingan va qayta ishlangan tasvirlar suv ombori atrof hududining LULC kartasi 1977, 1987, 1996, 2001, va 2021 yillardagi yer resurslaridan foydalanish va tuproq qoplamida sezilarli darajada oʻzgarishini ko‘rsatdi. Bu oʻzgarishlar natijasida yer turlaridan qo‘riq va yaylovlarning kamayishi hamda lalmi va sug‘oriladigan yerlar miqdorining oshayotganligi aniqlandi.
STATA dasturi orqali hisoblangan koʻp omilli ekonometrik model shuni koʻrsatadiki, Kattaqoʻrgʻon suv omboridagi yillik oʻrtacha suv hajmi 1 foizga ortsa, yillik oʻrtacha sizot suv sathi ham 0,08 foizga ortadi. Shuningdek, Kattaqoʻrgʻon tumani hududida mavjud drenaj va quduqlarning yillik oʻrtacha chuqurligini 1 foizga oshirishi orqali, yillik oʻrtacha sizot suv sathini 0,06 foizga kamaytirishga erishisladi.
Kattaqo‘rg‘on suv omborining atrof tuproq qoplamiga ta’siri o‘rganilib, evolyutsion jarayonlarda shakllangan tuproqlar bo‘yicha, hududga M1:25000 miqyosda tuproq namlanishi xaritasi tuzildi. Xaritada hududning jami 77747 gektar maydonida tarqalgan tipik bo‘z tuproqlarning hozirgi holati va ularning suv ombori ta’sirida qo‘riq, lalmi va sug‘oriladigan yerlarning namlanishida avtomorf, yarimavtomorf, yarimgidromorf va gidromorf tuproqlar shakllanayotganligi asoslangan.
M1:25000 miqyosdagi Kattaqoʻrgʻon suv ombori namlanish xaritasida asosan tuproq xossalaridan mexanik tarkibi, shoʻrlanish, yuvilish va namlanganlik darajalariga bogʻliq holda suv omborining atrof hududi tuproqlariga ta’siri baholanib, ulardan samarali va oqilona foydalanishga ilmiy tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, ushbu xarita orqali, Kattaqoʻrgʻon suv ombori atrof tuproqlarida ikkilamchi gidromorfizm jarayonlari ketayotganligi aniqlandi.
Avtomorf lalmi tipik bo‘z tuproqlarda tuproq unumdorligi va mahsuldorligi hamda qishloq xo‘jalik ekinlarini (g‘alla, moyli va dukkakli donli) ilmiy asoslangan holda joylashtirish hamda hosildorligini muntazam oshirib borish uchun tizimli agrotexnik tadbirlarni qo‘llash samarali ekanligi isbotlangan.
Yarimavtomorf lalmi tipik bo‘z, shuningdek, yarimgidromorf bo‘z-o‘tloqi tuproqlardan qishloq xo‘jaligida istiqbolli foydalanish maqsadida tomchilatib sug‘orish orqali intensiv bog‘dorchilikni barpo etish, namlikni saqlash evaziga ko‘p yillik daraxtzorlar va o‘rmonchilikni rivojlantirishga imkon yaratilgan.
M1:25000 miqyosdagi Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrof hududi tuproq namlanish xaritasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzatish, yerlarning ekologik va meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini tiklash hamda muhofaza qilishdan ilmiy asoslangan tavsiya sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining tuproqshunoslik, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, ekologiya va ta’lim yo‘nalishlarida tuproqshunoslik, meliorativ tuproqshunoslik hamda ekologiya fanlaridan ma’ruzalar o‘qishda foydalanish tavsiya etiladi.
|
| |