|
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi
|
bet | 8/27 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 12,16 Mb. | | #150108 | Turi | Referat |
Bog'liq avtoreferat islamova.охиргиси исправленныйTadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 6 ta, 1 ta xalqaro va 5 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 16 ta ilmiy ish e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, shundan 1 ta xorijiy jurnalda, 5 ta respublika jurnallarida, 1 ta monografiya, 1 ta tavsiyanoma nashr etilgan nashr etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish,
4 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
Dissertatsiyaning hajmi 120 betni tashkil etadi.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida o‘tkazilgan tadqiqotlarning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ob’ekt va predmetlari tavsiflangan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning “Suv ombori atrof tuproq qoplamini shakllanishi va ta’sir etuvchi omillarning o‘rganilganlik darajasi (adabiyotlar sharhi) deb nomlangan birinchi bobida Zarafshon xavzasi tuproqlarning muammolari va Kattaqo‘rg‘on suv omborining qurilishi bugungi kundagi ahamiyati yetakchi olimlar fikrlari ilmiy tahlil qilingan.Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofi tuproqlarini shakllanishida antropogen omillarning ta’siri ya’ni, namlanish, sho‘rlanish va botqoqlanish jarayonlarini evolyusion genetik jihatlari baholandi. Hududni tuproq unumdorligiga ta’siri yuzasidan mavzuga oid mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ma’lumotlari o‘rganilgan. Qayd etilgan adabiyotlar tahlillaridan yakuniy xulosasi antropogen omillar ta’sirida suv ombori atrofi tuproqlarning evolyusion o‘zgarish jarayonlarida tuproqlarning degradatsiyaga uchrash sabablari, tuproqlarning asosiy xossa xususiyatlari, unumdorligini saqlash va oshirishga qaratilgan zamonaviy agrotexnologiyalar ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish zarurligi bayon etilgan.
Dissertatsiyaning “Kattaqo‘rg‘on suv omborining tabiiy - iqlim sharoitlari va tadqiqot uslublari» deb nomlangan ikkinchi bobida, Kattaqo‘rg‘on suv ombori Samarqand viloyatida Zarafshon daryosining o‘rta qismida joylashganligi, shuningdek, tadqiqotlar o‘tkazilgan joyning geografik o‘rni, iqlimi, litologik, geomofologik va gidrogeologik sharoitlari, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, tuproqlari, tuproq paydo qiluvchi ona jinsi, ularning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati, tuproqlarning umumiy tasnifi, tadqiqot olib borish uslublari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Laboratoriya tahlili va dala tajribalari (O‘zPITI. Toshkent, 2007) «Dala tajribalarni o‘tkazish uslublari» bo‘yicha; Ye.V. Arinushkinaning « Руководство по химическому анализу почв» (Moskva, 1970) va «Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в полевых хлопковых районах» (Soyus NIXI.Тoshkent,1963) qo‘llanmalaridan foydalanildi.Masofadan zondlash materiallarini tahlil qilishning turli bosqichlarida foydalaniladigan geofazoviy dasturiy vositalar: ArcGIS (Arc map10.8), Google Earth. Yer qoplamining oʻzgarishi tasnifi va tushunish turli masofadan zondlash indekslari yordamida baholandi: NDVI, NDWI, va LULC shular jumlasidandir. Sun’iy yoʻldosh tasvirlari yordamida hisoblangan indekslar GATning koʻplab indekslarini tizimli, ishonchli va fazoviy ravishda har tomonlama nazorat qilish qobiliyatini koʻrsatdi. Ekonometrik tahlil usullarini amalga oshirish uchun maxsus ekonometrik modellashtirish va statistik dasturi — Eviews-9 va stata dasturlaridan foydalanildi. Dissertatsiyada omilli tahlil, deduksiya, statistik tavsiflash, korrelyatsion va regression tahlil, qiyosiy tahlil, ekonometrik modellashtirish kabi usullardan samarali foydalanildi.
Dissertatsiyaning «Tadqiqot hududi tuproqlarning morfogenetik xususiyatlari va xossalari » deb nomlangan uchinchi bobi bir nechta qismlarga bo‘lingan bo‘lib, Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududi tipik bo‘z tuproqlar mintaqasida joylashgan. Ushbu tuproqlarning madaniylashganlik holatda foydalanishni uchta ya’ni, qo‘riq, lalmikor, sug‘oriladigan yerlarda kuzatish mumkin. Nurobod tumanida qo‘riq bo‘z tuproqlar uchraydi, ular faqat relef noqulay yoki nishabligi ancha katta maydonlarda saqlanib qolgan. Lalmikor tipik bo‘z tuproqlar esa, bahorgi xar xil qishloq xo‘jaligi ekinlarni ekishga mo‘ljallangan maydonlar hisoblanadi. Bu yerlar suv manbaidan ancha uzoq, yoki bu yerlarga oqar suvlar o‘z oqimi bilan bormaydi. Tog‘ oldi relef jihatidan tekis, sug‘orish imkoniyati mavjud maydonlarda sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar asosan, Kattaqo‘rg‘on tumani hududlarda shakllangan. “Qo‘riq va lalmi yerlar hamda sug‘oriladigan tuproqlarining morfogenetik xususiyatlari”qismida Nurobod tumanidagi “Kattaqo‘rg‘on” va “O‘zbekiston” hududlaridagi tayanch nuqtalar tuproq kesmalarining morfologik tavsifi keltiriladi: tuproqning morfogenetik ko‘rsatkich va xususiyatlari asosan suv ombori ta’siriga bog‘liq holda o‘zgaradi. Jumladan, haydaladigan lalmi tuproq haydalma qatlamining rangi, mexanik tarkibi, strukturasi jihatidan qo‘riq tuproqning bu ko‘rsatkichlaridan farq qiladi. Masalan, lalmi tipik bo‘z tuproqlarning haydalma qatlami 23 sm gacha bo‘lsa, qo‘riq yerlardagi chimli gumusga boy qatlam 6 sm ni tashkil etadi. Ranggiga ko’ra bu kesmalar to‘q rangli bo‘lishi bilan ajralib turadi. Karbonatlar uchrashi va bog‘lanish chegarasi haydaladigan tuproqlarda 23-75 sm ni, qo‘riq yerlarda bir oz quyida, 55-93 sm da bo‘lishi aniqlandi. Suv ombori atrofi sug‘oriladigan tuproqlar Kattaqo‘rg‘on tumani “Yangi hayot”, “Raxima Islomova”, “Qorako‘lcha” hududlarida joylashgan. Lessimon yotqiziqlardan tashkil topgan pastkam qiyaliklar va Zarafshon tizmasining tog‘ oldi to‘lqinsimon tekisligidan iborat sug‘oriladigan tuproqlarni tayanch nuqtalardagi tuproq kesmalarining morfologik tavsifi keltiriladi. Kattaqo‘rg‘on suv ombori ta’sirida yer osti sizot suvlari, tuproqlarning sho‘rlanishi, kimyoviy va fizikaviy xossalarining o‘zgarishi qismlarida keltirilgan ma’lumotlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, Kattaqo‘rg‘on suv omborining atrof tuproq qoplamiga ta’siri keyingi vaqtlarda sezilarli darajada o‘zgarmoqda. Suv omborining shimoliy qismida tarqalgan sug‘oriladigan tuproqlarning ichki shimilish va er usti sug‘orish jarayonlari natijasida tuproq qoplamlarida ortiqcha namlikni to‘planishi hamda uning tarkibidagi elementlarni yuvilishi kuzatilmoqda. Sizot suvlarining tarkibi va satxini o‘zgarishi natijasida, tuproqlarni xossa-xususiyatlari hamda oziqa moddalarini kamayishi, sho‘rlanish jarayonlarini kuchayib borishiga sabab bo’lmoqda. Mazkur holatlarni oldini olishga, eng avvalo suv omboridan olinadigan suv miqdoriga qarab sizot suvlari sathini bir me’yorida (kiritik chuqurlikdan pastda) ushlash va kollektor-zovur tarmoqlarini tizimini to‘g‘ri boshqarish orqali erishish mumkin. Kattaqo’rg’on suv omborining atrof tuproq qoplamiga ta’sirida shakllanayotgan tuproqlar qismida Kattaqo‘rg‘on suv ombori ta’sirida atrof tuproqlarining shakllanishii asosan lalmi va qo‘riq yerlarga to‘g‘ri keladi. Bu yerlar asosan 4 ta rejimni ya’ni, avtomorf, yarimavtomorf va yarimgidromorf hamda gidromorf namlanish jarayonlarini kuzatish mumkin. Bu jarayonlarda yerosti suvlari sathining dinamik o‘zgarishi asosiy rol o‘ynaydi (rasm 1,2,3). Tipik bo‘z tuproqlarning qo‘riq avtomorf bo‘lib, keyinchalik Kattaqo‘rg‘on suv omborining barpo etilishi hamda inson faoliyati ta’sirida Zarafshon vohasi yerlarining o‘zlashtirilishi natijasida yarimavtomorf, yarimgidromorf va gidromorf rejim holatiga o‘tishi kuzatiladi.
|
| |