|
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
|
bet | 7/27 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 12,16 Mb. | | #150108 | Turi | Referat |
Bog'liq avtoreferat islamova.охиргиси исправленныйTadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi qo‘yilgan maqsad va vazifalar yechilganligi nazariy va amaliy natijalari mosligi, olingan ma’lumotlar boshqa ilmiy ishlar bilan taqqoslanganligi, dala va laboratoriya usullaridan foydalangan holda statistik tahlil uslublari qo‘llanilganligi va olingan natijalar amaliyotga joriy qilinganligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan e’tirof etilgani, nufuzli xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida ilmiy maqolalar chop etilganligi, olingan ishonchli va samarali natijalarning ishlab chiqarishga joriy qilinganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrof tuproq qoplamiga ta’sirida qo‘riq, lalmi va sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar avtomorf rejimdan yarimgidromorf va gidromorf rejimga o‘tishi natijasida bo‘z o‘tloqi va o‘tloqi tuproqlar shakllanganligi va bu tuproqlardan oqilona foydalanish uchun chora-tadbirlarning ilmiy asoslangani bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati. Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududida tarqalgan tuproqlarning avtomorf rejimdan yarimgidromorf va gidromorf rejimga o‘tishi natijasida shakllangan bo‘z o‘tloqi va o‘tloqi tuproqlardan o‘rmonchilik hamda qishloq xo‘jaligida samarali foydalanishda aniq natijalar ishlab chiqilganligidan iborat.
Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududida tarqalgan tipik bo‘z tuproqlarning hozirgi holati va ularning suv ombori ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududi M1:25000 miqyosda jami 77747 gektar maydonda tarqalgan tipik bo‘z tuproqlarning hozirgi holatiga namlanish xaritasi tuzilib, qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga tavsiya sifatida amaliyotga joriy etilgan, (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 dekabr №02/022-5072-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomorf lalmi tipik bo‘z tuproqlarda tuproq unumdorligi va mahsuldorligi hamda qishloq xo‘jalik ekinlarini (g‘alla, moyli va dukkakli donli) ilmiy asoslangan holda joylashtirish hamda hosildorligini muntazam oshirib borish uchun tizimli agrotexnik tadbirlarni qo‘llash imkonini bergan;
Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofi shakllangan tuproqlarning guruhi va miqdori aniqlanib, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 dekabr №02/022-5072-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yarim avtomorf lalmi tipik bo‘z, shuningdek yarim gidromorf bo‘z o‘tloqi tuproqlardan qishloq xo‘jaligida istiqbolli foydalanish maqsadida tomchilatib sug‘orish orqali intensiv bog‘dorchilikni barpo etish, namlikni saqlash evaziga ko‘p yillik daraxtzorlar va o‘rmonchilikni rivojlantirish imkonini bergan;
Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududi bo‘yicha tuzilgan M1:25000 miqyosda namlanish xaritasida Nurobod tumani hududidagi qo‘riq va lalmi yerlariga qaratilgan tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 dekabr №02/022-5072-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘riq va lalmi yerlardan chorvachilikda yem xashak va o‘rmonchilikda dorivor o‘simliklar yetishtirishda samarali foydalanish imkonini bergan.
|
| |