• 3-rasm. Kattaqo’rg’on suv ombori atrofini tuproq qoplamining namlanish holati.
  • -rasm. Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofi tuproq qoplamin maydoni (ushbu xaritasxema muallif tomonidan tuzilgan)




    Download 12,16 Mb.
    bet9/27
    Sana01.02.2024
    Hajmi12,16 Mb.
    #150108
    TuriReferat
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
    Bog'liq
    avtoreferat islamova.охиргиси исправленный

    1-rasm. Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofi tuproq qoplamin maydoni (ushbu xaritasxema muallif tomonidan tuzilgan)

    2-rasm. Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofi tuproq qoplamining tuproq xaritasxemasi. M:25000 (ushbu xaritasxema muallif tomonidan tuzilgan)/
    Avtomorf rejim, bunga yerosti sizot suvlari sathi (5-10 m) joylashgan, quruq tipik bo‘z tuproqlar, yarimavtomorf (o‘tuvchi) rejim, qo‘riq va lalmi yerlardagi tipik bo‘z tuproqlardan suv ombori ta’sirida o‘tloqi bo‘z tuproqlar shakllanishi va sizot suvlarining ta’siri, yarimgidromorf rejim, lalmi yerlarda suv ombori ta’sirida sizot suvlarning sathi ko‘tarilib, tuproq hosil bo‘lish jarayonlaridagi ishtirokini yaqqol kuzatish mumkin. Bu tuproqlarni bo‘z o‘tloqiga o‘tishi kuzatiladi. Gidromorf rejim, suv ombori qirg‘oqlari yuqori namlanishi ta’sirida o‘tloqi tuproqlar shakllanishi kuzatildi.

    3-rasm. Kattaqo’rg’on suv ombori atrofini tuproq qoplamining namlanish holati.
    Dissertatsiyaning «Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududi tuproqlarinining antropogen omillari ta’sirida o‘zgarishi va shakllanishi » deb nomlangan to‘rtinchi bobi uch qismga bo‘lingan bo‘lib, “Kattaqo‘rg‘on suv ombori inshootini hozirgi holati” qismida Kattaqo‘rg‘on suv ombori O‘zbekiston Respublikasida birinchi qurilgan suv ombori bo‘lib, 1941-1952 yillarda qurilgan, uning hajmi 1980-yillarda 662 mln. m3 suv sig‘imiga ega va u 60 ming ga. erni sug‘orish imkoniyatiga ega. Bugungi kunda uning maydoni 65 km, 900 mln.m3 suv sig‘imiga ega uzunligi 22 km., eni 12 km., to’g’onning 4-balandligi 28 m. bo‘lib, 384 ming gektarga maydonlarga suv etkazib berish imkoniyati mavjud.
    Suv ombori Zarafshon vodiysini chap qismida allyuvial-prolyuvial tekisliklardan iborat bulgan 60-70 m. past koeffitsientli lyossli qatlamlardan iborat bo‘lgan hududda bunyod etilgan. Kattaqo‘rg‘on suv omborining to‘ldirish holati oylar bo‘yicha eng kami noyabr va dekabr oylariga to‘g‘ri keladi. Yillar bo‘yicha esa, eng ko‘p suv yig‘ilganligi 2017-2018 yillarga, eng kam suv yig‘ilganligi 2014-2015 yillarda kuzatilgan. Suvlarning filtratsion yo‘qolishi asosan mart va aprel oylariga to‘g‘ri keladi. Uzoq yillar mobaynida ya’ni, 50-60 yil davomida Kattaqo‘rg‘on suv ombori ta’sirida yengil qumoqlardan iborat tuproqlarda namlik hamda sizot suvlari qirg‘oqdan 7000-8000 m gacha bo‘lgan masofaga, og‘ir qumoqli tuproqlarda esa, 2000 metr masofagacha namlikni yetib borishi kuzatildi. Suv omborining atrofida tarqalgan tuproqlarning namlanish rejimi yer osti suvlariga boy, lekin kuchli minerallashgan Kattaqo‘rg‘on vohasiga to’g’ri keladi. Sizot suvlarining chuqurligi 2 m dan 10-12 m gacha o‘zgargan holda tuproqlar namlanishiga, shuningdek, o‘tloqi, botqoq-o‘tloqi va botqoq tuproqlarning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. “Masofaviy ma’lumotlarni ishlov berish orqali suv omborini uzoq yillar mobaynidagi o‘zgarish jarayonlarini monitoring qilish” qismida suv ombori atrof tuproqlariga ta’sir jarayonini o‘rganish uchun masofaviy tasvirlarga ishlov berish jarayoni (rasmlarning bir necha yillar oralig‘ida olinganligini hisobga olish kerak) tasvirining har bir kanalini bir biriga bog‘lashdan, topografik xarita yordamida ko‘rsatilgan maydonning geografik joylashuvini aniqlashdan boshlangan. Geografik koordinatalarga bog‘lash amallarini amalga oshirganimizdan so‘ng, birlashtirilgan tasvirlar deshifrovka qilinib ob’ektlar tasniflangan. Deshifrovkalash jarayoni deshifrovkalanuvchi ob’ektlarni identifikatsiyalashni o‘z ichiga oladi va deshifrovkalovchi belgilar bo‘yicha amalga oshirildi.


    Download 12,16 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




    Download 12,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofi tuproq qoplamin maydoni (ushbu xaritasxema muallif tomonidan tuzilgan)

    Download 12,16 Mb.