|
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
|
bet | 6/27 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 12,16 Mb. | | #150108 | Turi | Referat |
Bog'liq avtoreferat islamova.охиргиси исправленныйTadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Namlanish jarayonlari ta’sirida qo‘riq, lalmi va sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarni avtomorf rejimdan yarim gidromorf va gidromorf rejimga o‘tishi natijasida bo‘z o‘tloqi, o‘tloqi tuproqlar shakllanayotganligi aniqlandi.
Hudud tuproqlarining namlanish rejimi hamda evolyutsiyasiga ko‘ra shakllangan tipik bo‘z, o‘tloqi-bo‘z, bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi tuproq guruhlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofi tuproq xarita sxemasi tuzildi.
Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududidagi yerlarni masofadan zondlash va GIS ma’lumotlarini tahlil qilish orqali uzoq yillar mobaynida yerdan foydalanish, o‘simlik qoplami, aholi punktlari sezilarli darajada o‘zgarganligi shuningdek, bu o‘zgarishlar natijasida yer turlaridan qo‘riq va yaylovlarning kamayishi hamda lalmi va sug‘oriladigan yerlar miqdorining oshayotganligi aniqlandi.
Stata dasturi orqali hisoblangan ko‘p omilli ekonometrik model shuni ko‘rsatdiki, Kattaqo‘rg‘on suv omboridagi yillik o‘rtacha suv hajmi 1 foizga ortsa, yillik o‘rtacha sizot suv sathi ham 0,08 foizga ortadi. Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on tumani hududida mavjud drenaj va quduqlarning yillik o‘rtacha chuqurligini 1 foizgacha oshirish orqali, yillik o‘rtacha sizot suv sathini 0,06 foizgacha kamaytirish imkoni mavjudligi aniqlandi.
Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofi tuproq xarita sxemasi negizida namlanganlik jarayonlarini hudud yerosti suvlarining dinamik o‘zgarishiga bog‘lagan holda 1:25000 miqyosda Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrof hududi tuproq namlanish xaritasi tuzilib, ikkilamchi gidromorfizm jarayonlari hamda gidrogen transformatsiyasi indicator mezonlari aniqlandi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofida tarqalgan qo‘riq, lalmi va sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning namlanish ta’sirida avtomorf, yarimavtomorf, yarimgidromorf va gidromorf rejimlarga bosqichma-bosqich o‘tishi aniqlanib, masofadan zondlash va ko‘p omilli ekonometrik model taxlili hamda olingan natijalar asosida qishloq xo‘jaligida samarali foydalanishga doir ilmiy asoslar ishlab chiqilgan;
Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrof hududidagi tipik bo‘z, bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi tuproqlarning evolyutsion shakllanishi hamda namlanish rejimiga bog‘liq holda hozirgi holati bo‘yicha tuproq xarita sxemasi tuzildi. Shuningdek, yer osti suvlari dinamik o‘zgarish natijasida namlanganligining tuproq qoplamiga ta’siri bo‘yicha 1:25000 miqyosda Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrof hududining namlanish xaritasi ishlab chiqish orqali ikkilamchi gidromorfizm jarayonlarini hamda gidrogen transformatsiyasi indicator mezonlarini aniqlashga erishilgan.
|
| |