|
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlariga mosligi
|
bet | 4/27 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 12,16 Mb. | | #150108 | Turi | Referat |
Bog'liq avtoreferat islamova.охиргиси исправленныйTadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbekistonda jumladan, Zarafshon vohasining o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoitlari, qadimiy dexqonchilik tizimini o‘rganishga katta qiziqish uyg‘otganligini ta’kidlash lozim. Tadqiqotlar davomida Zarafshon vohasi tuproqlarining xossalari, genezisi va evolyusiyasi to‘g‘risida ko‘pgina nazariy va amaliy axamiyatga ega natijalar qo‘lga kiritilgan. Respublikamizda sug‘oriladigan yerlarining meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish, ekologik holatni talab darajasida saqlash va barqarorlashtirish hamda tabiiy muhofazalashini tashkil qilish bo‘yicha mutaxassislarga juda muhim vazifalar qo‘yilgan.
Zarafshon havzasi bo‘yicha kompleks tadqiqotlar S.P.Suchkov, L.N.Babushkin, D. M.Kuguchkov, N.A.Kogay, N.A.Gvozdeskiy, A.S.Saidov, L.A.Alibekov, A.A.Abdulqosimov, N.I.Sabitova va boshqalar tadqiq etgan bo‘lsa hozirgi kunda L.Tursunov, R.Q.Quziev, P.Uzoqov, L.A.Gafurova, M.M.Toshqo‘ziev, S.Abdullaev, F.Xoshimov, G‘.Yuldashev, T.Abduraxmonov, Z.A.Jabborov, D.A.Qodirova, G.T.Jalilova, xorijlik olimlardan L.Wong, Jerry L. Hatfield, Richard M.Cruse, C.J. Ritsema, S.M. de Jong, Ram Sharma, Chen Jing-zhang, Marta Jaskulak, Anna Grobelak, ilmiy samarali natijalarga erishishdi. Lekin, Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofi tuproq qoplamiga ta’siri sabablari, yerlarni o‘zlashtirish va tuproq unumdorligini oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishda zamonaviy texnologiyalar yordamida ekologik meliorativ holatini yaxshilash taqozo etmoqda. Suv ombori atrof tuproq qoplamini shu kunga qadar yetarlicha o‘rganilmagan.
Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Ushbu dissertatsiya tadqiqot ishi O‘zbekiston Milliy universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining OT-A-QX-2018-399 raqamli “Kattaqo‘rg‘on suv omborining atrof tuproq qoplamining ekologik-meliorativ holatiga ta’siri va uni yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyiha doirasida bajarilgan.
|
| |