• Tadqiqotning ob’ekti
  • Tadqiqotning usullari.
  • Islamova zuxra baxtiyarovna




    Download 12,16 Mb.
    bet5/27
    Sana01.02.2024
    Hajmi12,16 Mb.
    #150108
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    avtoreferat islamova.охиргиси исправленный

    Tadqiqotning maqsadi Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrof tuproqlariga ta’siri va uning transformatsiyasini masofaviy zondlash hamda GAT dasturlari yordamida mavzuli xaritalar tuzish orqali qishloq xo‘jaligida samarali foydalanish uchun ilmiy asoslar ishlab chiqishdan iborat;
    Tadqiqotning vazifalari:
    Kattaqo‘rg‘on suv ombori ta’sirida hudud tuproqlarining xossa va xususiyatlari va evolyusiya jarayonlarining shakllanganligiga ko‘ra tuproq guruhlari aniqlash;
    Kattaqo‘rg‘on suv omboridagi suv hajmi o‘zgarishining tuproq namlanish rejimiga ta’sirini aniqlash;
    Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofi yerlarining gidrogen transformatsiyasi indicator mezonlarini aniqlash;
    Kattaqo‘rg‘on suv omborining atrof hududi yerlariga uzoq yillar mobaynida bosqichma-bosqich (transformatsiyasi) ta’siri masofaviy zondlash orqali aniqlash.
    Ko‘p yillik ma’lumot va tadqiqot natijalariga ko‘ra GAT dasturlari yordamida M1:25000 miqyosda mavzuli xaritasi tuzish;
    Olingan natijalar asosida qishloq xo‘jaligida samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy asoslar ishlab chiqish.
    Tadqiqotning ob’ekti Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududida tarqalgan qo‘riq, lalmi va sug‘oriladigan tipik bo‘z, bo‘z-o‘tloqi hamda o‘tloqi tuproqlar hisoblanadi.
    Tadqiqotning predmeti Kattaqo‘rg‘on suv omborining atrof hududi tuproqlariga ta’siri, uzoq yillar mobaynida transformatsion shakllanishi, yer osti suvlarini o‘zgarishi va namlanishiga bog‘liqligi hisoblanadi.
    Tadqiqotning usullari. Tadqiqotlar davomida tuproq genetik qatlamlaridan olingan namunalarining laboratoriya tahlili va dala tajribalari (O‘zPITI. Toshkent, 2007) «Dala tajribalarni o‘tkazish uslublari» bo‘yicha; Ye.V. Arinushkinaning «Руководство по химическому анализу почв» (Moskva, 1970) va «Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в полевых хлопковых районах» (Soyuz NIXI. Tashkent, 1963) qo‘llanmalaridan foydalanildi. Tuproq tahlillari va natijalariga ko‘ra geostatistik, kartografik tasniflash orqali elektron xaritasxemalar tuzish aerokosmik uslublar yordamida ArcGIS 10.8. zamonaviy dasturiy ta’minotidan foydalanilgan holda bajarildi. Ma’lumotlarning statistik – dispersion tahlili WinQSB-2,0 hamda Microsoft Excel dasturi yordamida B.A.Dospexovning «Методы полевого опыта» (Moskva, 1985) uslubi bo‘yicha amalga oshirildi.

    Download 12,16 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 12,16 Mb.