|
Islamova zuxra baxtiyarovna
|
bet | 3/27 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 12,16 Mb. | | #150108 | Turi | Referat |
Bog'liq avtoreferat islamova.охиргиси исправленныйJabbarov Z.A.
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy
kengash raisi, b.f.d., professor
Maxkamova D.Yu.
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy
kengash kotibi, b.f.f.d.,dotsent
Nabiyeva G.M.
Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy
kengash qoshidagi ilmiy seminar
raisi, b.f.d.,dotsent
raisi, g.f.d., professor
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda insoniyatni suv resurslari bilan ta’minlash maqsadida suv omborlaridan intensiv foydalanilayotganligi sababli tabiiy muhitda texnogen buzilish, botqoqlanish, yerlarning meliorativ holatini yomonlashuvi, tuproq eroziyasi, degradatsiyasi, deflyatsiya, cho‘llashish kabi tabiiy geografik jarayonlar kun sayin kuchayib bormoqda. BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish dasturida “yer resurslarini muhofaza qilish va tiklash, ulardan oqilona foydalanish, o‘rmonlarni samarali boshqarish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yerlarning degradatsiyasining oldini olish” dek ustuvor vazifalar belgilab berilgan1. Mazkur vazifalar ayniqsa arid iqlim hududlarda sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishida suv omborini tizimli-strukturaviy tahlillar asosida ekologik-meliorativ tadbirlarni majmuali olib borishni taqozo etadi.
Dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish va qishloq xo‘jalik sohasida ekologik - meliorativ tadbirlarni zamonaviy usullarda ya’ni, aerokosmik, masofaviy zondlash, geoinformatsion sistemalardan foydalanib hududlarni tadqiq etish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Sug‘orish tizimlari ya’ni, suv omborlarini atrof tuproq qoplamiga ta’sirida bo‘layotgan murakkab dinamik jarayonlarni o‘rganishda hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirishga ahamiyat berilmoqda.
Respublikamizda Zarafshon vohasi yerlarida tarqalgan suv ombori atrofi tuproqlarni o‘rganishga genetik yondashuvi asosida - kompleks o‘rganish, tuproq unumdorligini barqaror oshiruvchi zamonaviy resurstejamkor agrotexnologiyalar qo‘llash orqali, tuproq ekologik meliorativ xolatini yaxshilovchi, sifatli qishloq xo‘jalik maxsulotlarini yetishtirishning ilmiy asoslariga karatilgan keng ko‘lamli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida «..tumanlarni aniq mahsulot turini yetishtirishga ixtisoslashtirish, qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hamda aholiga ochiq tanlov asosida yerlarni uzoq muddatli ijaraga berish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bog‘lar maydonini 3 baravar va issiqxonalarni 2 baravar ko‘paytirib, eksport salohiyatini yana 1 milliard AQSh dollariga oshirish. Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish. Ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. Agrosanoat korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini 1,5 baravar oshirish. Agrar sohada ilm-fan va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirish. Suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga kamida 7 milliard kub metr suvni iqtisod qilish. Suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yer resurslari bilan bog‘liq tartibga soluvchi katta huquqiy baza yaratilib kelinmoqda. Ular tuproqlardan oqilona foydalanishning huquqiy asoslarini belgilab berish barobarida, tuproq unumdorligini oshirish, tabiiy resurslarni muhofaza qilishga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son « 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son «Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasida «...tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda o‘g‘itlardan foydalanishning samarali tizimini joriy etish, tuproq unudorligini saqlash va yanada oshirish choralarini ko‘rish» bo‘yicha bir qancha yo‘l haritalari ishlab chiqilgan. Bundan tashqari aholini ijtimoiy sohasini rivojlantirish va ularning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarni meliorativ holati va unumdorligini oshirishda bir qancha vazifalar belgilab berilgan ushbu dissertatsiya ishi prezident farmonlari va tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi.
|
| |