|
-rasm. Yillik o‘rtacha sizot suv sathining haqiqiy (Actual), hisoblangan (Fitted) qiymatlari va ular o‘rtasidagi farqlar (Residual) grafigi
|
bet | 11/27 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 12,16 Mb. | | #150108 | Turi | Referat |
Bog'liq avtoreferat islamova.охиргиси исправленный5-rasm. Yillik o‘rtacha sizot suv sathining haqiqiy (Actual), hisoblangan (Fitted) qiymatlari va ular o‘rtasidagi farqlar (Residual) grafigi.
STATA dasturi orqali hisoblangan koʼp omilli ekonometrik model shuni koʼrsatadiki, Kattaqoʼrgʼon suv omboridagi yillik oʼrtacha suv hajmi 1 foizga ortsa, yillik oʼrtacha sizot suv sathi ham 0,08 foizga ortadi. Shuningdek, Kattaqoʼrgʼon tumani hududida mavjud drenaj va quduqlarni yillik oʼrtacha chuqurligini 1 foizga oshirishi orqali, yillik oʼrtacha sizot suv sathini 0,06 foizga kamaytirishga erishiladi. «Kattaqo‘rg‘on suv omborini atrof tuproqlaridan samarali foqdalanish» deb nomlangan qismida Kattaqo‘rg‘on Suv ombori hududi asosiy qismi Nurobod tumani lalmi va quriq tipik bo‘z tuproqlarga to‘g‘ri keladi. Tipik bo‘z tuproqlarni qo‘riq avtomorf bo‘lib, keyinchalik Kattaqo‘rg‘on suv omborini barpo etilishi hamda inson faoliyati ta’sirida Zarafshon vohasi yerlarini o‘zlashtirilishi natijasida yarim avtomorf, yarim gidromorf va gidromorf rejim holatiga o‘tishi kuzatildi. Kattaqo'rg'on suv ombori atrof hududi tuproqlariga ta'sirini baholagan holda ulardan samarali va oqilona foydalanishga ilmiy asoslar berildi. Shuningdek, ushbu xarita orqali, Kattaqo'rg'on suv ombori atrof tuproqlari ikkilamchi gidromorfizm jarayonlari hamda gidrogen transformatsiyasi indicator mezonlari ham baholandi (1-jadval).
1-jadval
Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofi yerlarining gidrogen transformatsiyasi indicator mezonlari ko’rsatkichi
Tuproqlar
|
Gumus
|
Sho'rlanish
|
Sizot suvlarining chuqurligi, m
|
Singdirilgan Mg, % umumiy miqdoridan
|
Zang qoramtir va ko 'kimtir dog'lar
|
Karbonatlarning .yuqori chegarasi
|
Sizot suvlarining ximizmi
|
Sizot suvlarining mineralizasiyasi g/l
|
minerallashganlik darajasi
|
Miqdori, %
|
Qatlam qalin
Ligi, sm
|
Darajasi
|
Tipi
|
Avtomorf
|
0,75 -0.93
|
35-55
|
0
|
Sulfat
|
>10
|
33.1
|
Karbonatlar oq dog‘lari, oxak toshlar, konkresiyalar
|
55-95
|
sulfat
|
0-1
|
-
|
Yarim avtomorf
|
0.65-0,74
|
60-65
|
0-1
|
Sulfat
|
3-5
|
38.6
|
Karbonatlarning mog‘ori, pastkiqismida jigar rang dog‘lar
|
65-85
|
Sulfat
|
0-1; 1-3;
|
-
|
Yarim gidromorf
|
0.85-0,96
|
65-75
|
2
|
sulfat
|
2-3
|
41.5
|
Jigar rang va zang dog‘lar, tuzlar kristallari
|
75-95
|
Sulfat
|
1-3; 3-10
|
1
|
Gidromorf
|
1,1-1,2
|
75-85
|
1-2-3
|
Sulfat, x-s, Karbonatli
Magniyli
|
1-2
|
29.8
|
Zang qora kukimtir dog‘lar gipsni qo ‘shilgan kristallari- druzalar
|
40-100
|
Sulfat, xlorid-sulfatli,
karbonat magniyli
|
3-10; >10
|
1; 2
|
Tuproqlardagi transformatsiya jarayoni asosan tuproqning o‘ziga xos morfologik, kimyoviy va fizik-kimyoviy hamda o‘simliklar gidrofilligi kabi ko‘rsatkichlari shuningdek, avtomorf, yarimavtomorf, yarimgidromorf va gidromorf tuproqlar shakllanishi jarayonlari bilan aniqlanadi. Avtomorfda asosan tipik bo’z tuproqlar shakllangan. Yarim avtomorf rejimda tipik bo‘z tuproqlar o’ziga xos genetik xususiyatlarini o‘zida saqlab qoladi. Yer osti suvlarining joylashuv darajasi tuproqning profiliga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil hisoblanadi. Yarim gidromorf rejimi sharoitida faqat temir va marganets oksidlarining qisman tiklanishi va profilda zanglagan dog‘lar hosil bo‘lishi jarayonlari kuzatiladi. Gidromorf rejimi sharoitida esa, temir oksidi tiklangan holda ko‘chish qobiliyati shaklida bo‘ladi, to‘liq anaerob tufayli doimo nam gorizont yashil-och ko‘k tusga kiradi. Gidromorf tuproqning rangi yoki eruvchan komponentlarning qayta taqsimlanishi xususiyati bilan tavsiflanadi, tabiy sharoitlarda tuproq kesmasida temir va marganets oksidlari, karbonatlar uchrashi kuzatiladi. Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofi yerlari gidrogen transformatsiyasi ta’siri ostida tuproq qoplamida yer osti suvlari sathining yuqoriligi natijasida hosil bo'lgan ikkilamchi gidromorfizm ko'rsatkichlarining mavjudligini ko'rsatadi. Ikkilamchi gidromorfizm – bu, aksariyat hollarda, daryo havzasi yoki sub omborlari ta’siri ostida hozirda sodir bo‘layotgan jarayonlarga urg‘u berish uchun qo‘llaniladigan termin hisoblanadi. Shuningdek, ikkilamchi gidromorfizm tuproqning ortiqcha namligiga bog‘liq bo’lib, bu anaerob mikroorganizmlarni rivojlanishiga, temir, marganets va alyuminiy oksidlarinini tiklanishiga yordam beradi.
Rasm.6. Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududi tuproqlarining namlanish xaritasi
Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrof tuproq qoplamiga ta’sirida tuproq hosil bo‘lishni evolyusion va bosqichma-bosqich o‘tish (transformatsiya) jarayonlari o‘rganilib, olingan ma’lumotlar va ilmiy manbalar asosida M1:25000 miqyosda ilk bor tuproq namlanish xaritasi tuzildi (rasm.6.).
Xaritada hududdagi jami 77747 gektar maydonda tarqalgan tipik bo‘z tuproqlarning hozirgi holati va ularning suv ombori ta’sirida qo‘riq, lalmi va sug‘oriladigan yerlarning namlanishida avtomorf, yarimavtomorf, yarimgidromorf va gidromorf tuproqlar shakllanishi jarayonlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari natijasi bayon etilgan. Avtomorf lalmi tipik bo‘z tuproqlarda tuproq unumdorligi va mahsuldorligi hamda qishloq xo‘jalik ekinlarini (g‘alla, moyli va dukkakli donli) ilmiy asoslangan holda joylashtirish hamda hosildorligini muntazam oshirib borish uchun tizimli agrotexnik tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi.Yarimavtomorf lalmi tipik bo‘z, shuningdek, yarimgidromorf bo‘z-o‘tloqi tuproqlardan qishloq xo‘jaligida istiqbolli foydalanish maqsadida tomchilatib sug‘orish orqali intensiv bog‘dorchilikni barpo etish, namlikni saqlash evaziga ko‘p yillik daraxtzorlar va o‘rmonchilikni rivojlanitirish yaxshi samara beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-rasm. Yillik o‘rtacha sizot suv sathining haqiqiy (Actual), hisoblangan (Fitted) qiymatlari va ular o‘rtasidagi farqlar (Residual) grafigi
|