Sarimsakov Baxtiyor Raxmonjanovich




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Sarimsakov Baxtiyor Raxmonjanovich 
Andijon mashinasozlik instituti mustaqil tadqiqotchisi, PhD 
KORXONA BOSHQARUV STRATEGIYASI-PERSONAL BOSHQARUVNING ASOSI 
SIFATIDA
Milliy iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jihatdan barqaror va samarali 
rivojlanib borishi ishlab chiqarish korxona boshqaruvini strategik boshqaruviga bog‘liq. Strategik 
boshqaruvni samaradorlik darajasi uning ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan personalni 
strategik boshqaruviga bog‘liq. Strategiya iqtisodiy kategoriya bo‘lib ishlab chiqarish korxonalarini 
iste’mol ishlab chiqarish va iste’mol bozorlarida o‘ziga raqobatdosh bo‘lgan ishlab chiqarish korxona 
ishlab chiqarishiga uning ishlab chiqargan tovarlariga iste’mol bozorlarida unga bo‘lgan ishlab 
chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish munosabatlarini va ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlari 
bo‘yicha o‘zining raqobatdoshlik darajasini ifoda etadi. Strategik rivojlanish o‘zining ishlab 
chiqarishini tashkil etishiga raqobatdosh bo‘lgan korxona ishlab chiqarishiga raqobatdoshligini 
bildiradi. Strategik raqobat o‘zida ikki yo‘nalishdagi raqobatdoshlikni yaʼni raqobatdosh mahsulotni 
ishlab chiqarish o‘rnini bosish va ishlab chiqarish jarayonini kengaytirib borish raqobatdoshlikni 
ifoda etadi. Strategik raqobatni birinchi guruhi turli ishlab chiqarish yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. 
Jumladan ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish asosida o‘zining raqobatdoshligini oshirish. 
Iste’mol bozorini to‘yinishi natijasida ishlab chiqarish jarayonini strategik jihatdan o‘zgartirish 
asosida o‘zining raqobatdoshligini taʼminlashi asosida korxona boshqaruv strategiyasini 
takomillashtirish orqali korxona personali boshqaruvini sifatli darajada takomillashtirishga olib 


160 
keladi. Raqobatdoshlikni oshirishning oddiy shakli ishlab chiqarish jarayonida korxonalarda 
foydalanilayotgan korxonalarda foydalanilayotgan texnologiyalarda foydalanish hisoblanadi. 
Lekin raqobatdoshlikni ko‘p tarqalgan usuli bu narxlar bo‘yicha bo‘ladigan raqobat 
hisoblanadi. Raqobat ichki va tashqi shaklda bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida 
bo‘ladigan strategik raqobat XX asrning ikkinchi yarmida boshlab iqtisodiy rivojlanish jarayoniga 
kirib kelgan. Raqobat ayrim ishlab chiqarish subyektlarida ishlab chiqarish jarayonini innovatsion 
tarzda tashkil etishlarida innovatsion xom-ashyolardan innovatsion tarzda ishlab chiqarish jarayonini 
tashkil etish, innovatsion mehnat usullaridan foydalanish asosida tarmoq ishlab chiqarish korxonalar 
ichida yangi innovatsion tovarlarni ishlab chiqarishlari bilan o‘zlarining ishlab chiqarish va iste’mol 
bozorlarida raqobatdoshlik darajalarini ustunligi bilan ajralib turadi. Innovatsion tarzda iste’mol 
mahsulotlarini ishlab chiqarish korxona ishlab chiqarish personali mehnat unumdorligini oshirish 
hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifati yuqori bo‘lishi bilan ularni ishlab chiqarish mehnat 
sarflari samaradorlik darajalarini yuqori bo‘lishi iste’mol bozorlarida o‘zlarining mavqelarini 
saqlashlari asosida foyda olish darajalari o‘sib boradi. 
Strategik raqobat bu ishlab chiqarish jarayonini innovatsion rivojlantirish omili hisoblanadi. 
Strategik asosda ishlab chiqarish korxonalarini va unda band bo‘lgan personal boshqaruvini 
takomillashtirib borish zaruriyati qo‘yidagilardan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar 
ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish muhiti markazlashtirilgan moliyalashtirilgan va ishlab 
chiqarish uchun zarur bo‘lgan xom-ashyo moddiy resurslar bilan va ishlab chiqarish uchun kerakli 
ixtisosliklar bo‘yicha personalni shakllantirish bozor iqtisodiyoti asosiy iqtisodiy qonuni talab va 
taklif asosida tashkil topishiga o‘tilishi hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish jarayonini strategik asosda rivojlanishini tashkil etish ishlab chiqarish 
jarayonini bozor iste’mol talablari asosida rivojlanib borishini taʼminlash personalga ularni ixtisoslik 
jihatdan ishlab chiqarish jarayoni talablari asosida tashkil etish va ularni boshqaruvini ham ichki va 
tashqi omillar asosida takomillashtirib borishni strategik asosda olib borishni talab etadi. Buning 
uchun korxona menejeri doimiy ravishda korxona ishlab chiqarish jarayonini samarali olib borishni 
taʼminlash uchun iste’mol bozorini o‘rganib borishni talab etadi. Korxona ishlab chiqarish maqsadini 
strategik jihatdan rivojlanishini belgilash va ishlab chiqarish yo‘nalishidan kelib chiqqan holda 
kerakli xom-ashyo, moddiy resurslar va texnika ishlab chiqarish texnologiyalari bilan taʼminlash 
bilan birga zarur bo‘lgan korxona personalini tashkil etish va ularni strategik rivojlantirish chora-
tadbirlarini amalga oshirib borish lozim. 
Ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarishini tashkil etishda personal boshqaruvini amalga 
oshirishdagi asosiy vazifasi korxonada ishlab chiqarilayotgan iste’mol mahsulotlarini sifatli va xarid 
qilib olish narxlarini xaridorlarni xarid qilib olishini taʼminlash korxona ishlab chiqarish jarayonini 
asosiy strategik maqsadini ifoda etadi. Korxona ishlab chiqarish faoliyatini va unda band bo‘lgan 
personal xizmatlarini natijalarini ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlari korxona ishlab chiqarish 
faoliyatini yuzaga chiqarishi uni iste’mol tovarlarini iste’mol bozorlarida xarid qilib olishini maqsadli 
belgilanishi uni nima ishlab chiqarishiga va asosiy maqsadga belgilangan asosiy vazifalarni 
bajarishga aniq shart-sharoit borligini ko‘rsatadi. Korxona strategik boshqaruvi va ishlab chiqarishda 
band bo‘lgan personalni strategik boshqaruvini amalga oshirishdan asosiy maqsadga erishish uchun 
ishlab chiqarish texnologiyalarni samarali foydalanishni taʼminlash ishlab chiqarishni va personal 
boshqaruvini tashkil etish darajasiga bog‘liq. Ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish 
jarayonini va personal boshqaruvini strategik rejalashtirishdan asosiy maqsad korxonada ishlab 
chiqarish xususiyatlari asosida belgilangan maqsadli ishlab chiqarish va personal boshqaruvini 
taʼminlaydi. Strategik asosda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish oldindan belgilangan maqsadli 
ishlab chiqarishni taʼminlash chora va tadbirlarni amalga oshirishni korxona boshqaruvi tomonidan 
belgilab borishni taʼminlaydi. Korxona ishlab chiqarish jarayonini oldindan ko‘zlangan maqsad 
asosida ishlab chiqarish va uning personalga bo‘lgan talabini aniqlash va boshqarishni samarali 
darajada tashkil etishning usuli bo‘lgan mehnatni motivatsiyalash usullarini ishlab chiqarish asosida 
belgilangan darajadagi ishlab chiqarish hajmini tejamkorlik asosida tashkil etishga asos bo‘ladi. 


161 
Korxona ishlab chiqarish strategik rivojlantirish asosida tashkil etish uchun ishlab chiqilgan 
biznes reja ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz ravishda rivojlanib borishini taʼminlashi bilan uning 
ishlab chiqarish jarayonini ana shu ishlab chiqarish soha yo‘nalishlarida ishlayotgan korxonalarga 
nisbatan ustuvor rivojlanishini taʼminlaydi. Strategik reja asosida ishlab chiqarish jarayonini tashkil 
etuvchi korxona ishlab chiqarish va personal boshqaruvi ustuvorligi qo‘yidagilar bilan ifodalanadi; 
- ishlab chiqarish jarayoniga taʼsir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar taʼsirini oldindan bilish 
va ularni oldini olish chora-tadbirlarni ko‘rishni; 
- korxona ishlab chiqarish jarayonini, ishlab chiqarilgan iste’mol mahsulotlarini 
raqobatdoshlik darajasini oldindan ko‘ra bilishi; 
- ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda intensiv usulda rivojlantirishni oldindan ko‘ra 
bilishi; 
- ishlab chiqarilayotgan iste’mol mahsulotlarini xaridorgir va xarid qilib olish shart-sharoitlar 
asosida iste’mol bozorini to‘yintirish zarurligini oldindan bilishni taʼminlaydi. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish