Toshkent davlat texnika universiteti




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Toshkent davlat texnika universiteti 
 “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi 
doktoranti Valikulov Sherzod Zaynitdinovich 
“O’ZBEKNEFTGAZ” AJ KORXONALARIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI
JORIY QILISH 
Kuchli ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirish va shu asosda jamiyat aʼzolarining moddiy va maʼnaviy 
farovonligini taʼminlashda xalq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi bo’lgan neft va gaz sanoati mavqei 
jihatidan alohida o’rin egallaydi. Rivojlanayotgan davlatlarda neft va gazga bo’lgan talabning eng 
katta o’sishi kuzatilmoqda, bu davlatlarda dunyodagi tasdiqlangan neft va gaz zaxiralarining 
aksariyati joylashgan. Shuning uchun xalqaro energetika kompaniyalari – investorlar, uskunalar 
etkazib beruvchilar – pudratchilar va konsalting firmalari o'z e’tiborini, kelajakda neft va gaz 
sohasidagi imkoniyatlar yuqori bo’lgan va biznes taklif qiladigan rivojlanayotgan mamlakatlarga 
qaratmoqdalar. Garchi ko'plab yangi loyihalar ishlab chiqilayotgan bo’lsada, ko'pchilik etarli 
moliyalashtirishni ta'minlashdagi qiyinchiliklar tufayli ishlamaydi. Loyiha homiylari davlat va 
xususiy sektorning bir qator sheriklarini jalb qilgan holda yanada moslashuvchan va innovatsion 
moliyalashtirish paketlarini ishlab chiqishga majbur bo’lmoqdalar. Asosiy e’tibor xalqaro bozorda 
neft mahsulotlarini sotib olishga qaratilgan bo’lib, ichki resurslarni rivojlantirish neft va gazni xalqaro 
raqobatbardosh narxlarda ishlab chiqarish va sotish mumkin bo’lgandagina oqlanadi. Jahon 
iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichida zamonaviy raqamli texnologiyalar ijtimoiy farovonlik 
o’sishini belgilovchi asosiy ishlab chiqarish resursi sifatida qaralmoqda. Tashkilotlar va birinchi 
navbatda iqtisodiyotning real sektori korxonalari tomonidan zamonaviy kompyuter va axborot 
tizimlaridan foydalanish ularning raqamli iqtisodiyotda samarali ishlashining eng muhim shartidir. 
Korxonani raqamlashtirish zamonaviy ishlab chiqarish usullariga asoslangan holda texnologik 
jarayonlarni va boshqaruvning barcha darajalarida qaror qabul qilish jarayonlarini boshqarish sifatini 
keskin o’zgartiradi va korxona faoliyati samaradorligi va barqarorligini oshirish uchun eng muhim 
omillardan biri hisoblanadi. Sanoat korxonalarini raqamli tranformatsiya jarayoni bir qancha o’ziga 
hos hususiyatlarga ega bo’lib ushbu jarayonni to’g‘ri tashkil qilish, korxona uchun kerakli 
strategiyani ishlab chiqish ko’p jihatdan uning faoliyatini samarali va uzluksiz tashkillashning asosiy 
shartlaridan biridir. 
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy 
aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Ma’lumki, bugungi kunda raqamli 
iqtisodiyot qo‘shimcha qiymat yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiyot 
tarmoqlaridagi amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida raqamli axborotlar ta’siri asosida 
kuzatilayotgan jarayonlar real sektorning strategik rivojlanishida asosiy hal qiluvchi kuchga ega 
bo‘lmoqda. Shunday ekan sanoat korxonalarimizda raqamli ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish, 
ushbu jarayonni korxonaga joriy etish strategiyasini to’g’ri tanlashga katta ahamiyat qaratish lozim. 


283 
Neft va gaz sanoatining investitsiya qilinadigan joylashuvi sifatida raqamli texnologiyalar 
samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish orqali ishlab 
chiqarishni ko’paytirib sanoatda tub burulish qilish zarur va muhum.
Ma’lumki 2023-yil 20-dekabr sanasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi IT-park 
faoliyati va axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishib, IT 
sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan 
videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Kun tartibida vazirlik va tarmoqlarni raqamlashtirish masalalari ham 
muhokama qilindi. Tarmoq rahbarlariga faqat va faqat raqamlashtirish orqali tannarxni tushirish 
mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, Buxorodagi “Janubiy Kemachi” konini raqamlashtirish 
hisobiga, yo‘qotish 3 foizga kamayib, yiliga 28 million kub metr qo‘shimcha gaz olinayapti. Shu 
munosabat bilan “O’zbekneftgaz” AJ ga quduqlarni raqamlashtirishni to‘liq yakunlashga ko‘rsatma 
berildi. 
Sanoatning bu sohasida raqamli iqtisodiyotni keng ko’lamli joriy qilish, sohaga qilingan 
investitsion faoliyatning iqtisodiy samaradorligini oshirishga hizmat qiladi. Neft va gaz sanoatining 
barcha yo’nalishlarida raqamli transformatsiyani tezlashtirilgan tarzda amalga oshirish shart va zarur 
hisoblanadi sababi yo’qotishning oldini olish bilan bir qatorda, eng ahamiyatli jihati korruptsion 
holatlarni oldini olishga xizmat qiladi undan tashari vaqtdan yutish hamda ma’lumotlarni aniqligi va 
shafofligi nuqtai nazaridan afzallik jixatlari ko’p. 1-rasmda, kelajakda "Uzbekneftgaz" AJ ga qarashli 
barcha tashkilotlarni to’liq raqamlashtirigandagi holati aks ettirilgan. 
 
 
 
 
yuqorida aytilgan sohadagi muammolarga amaliy yechim topish shart yani sohaga investitsiyalar jalb 
qilish hamda investitsion faoliyatning iqtisodiy samaradorligini oshir choralarini ko’rish kerak. 
Buning uchun birinchi navbatda “O’zbekneftgaz” AJ sanoati korxonalarida
 
raqamli transformatsiyani 
keng joriy qilish lozim sababi raqamli transformatstiya o’zining tezkor va to’g’ri ma’lumot yetkazish 
hizmati bilan investorlarning ishonchini oqlaydi va ish koeffitsientini oshiradi. Keyingi navbatda neft 
va gaz sohasiga sarmoya kiritish bilan bog’liq havf-xatarlarni o’rganish turibdi. Albatta har qanday 
biznes uchun pul tikish oldi investor – shu sohaga sarmoya kiritish bilan bog’liq bo’lgan havf - 
hatarlarni chuqur o’rganadi ayniqsa bu borada davlat siyosati qandayligiga alohida e’tibor bilan 
qaraydi. O’zbekiston hukumatini bu sohaga investitsiya siyosatida xech qanday to’siq qo’yilmagan. 
Shunday ekan investorlar ko’proq, neft va tabiiy gaz qazib olish paytida neft to’kilishi, yong’in 
chiqishi yoki avariya ehtimoli va boshqa shunga o’xshash havf – xatarlarga amaliy yechim topsalar 
maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylayman. 


284 

Download 9,47 Mb.
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish