4
УДК: 10168
ББК: 32.84
S 32
«Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar» mavzusidagi IV-xalqaro
ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Maqolalar va tezislar to‘plami. –T.:
«ZUXRO
BARAKA BIZNES»
, 2024. 617 b.
«
Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar» mavzusidagi IV- halqaro ilmiy-amaliy
konferensiya materiallari to‘plamiga globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat korxonalari
faoliyatini samarali tashkil etish nazariyalari, zamonaviy amaliyoti va halqaro
tajribada olib borilayotgan
ilmiy-tadqiqot ishlar bo‘yicha olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar,
mustaqil
izlanuvchilar, soha mutaxassislarining ilmiy ishlari kiritilgan. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining
maqsadi bugungi jahon davlatlarining globallashuvi jarayonida sanoat tarmoqlari va sohalari faoliyatining
amaliy ahamiyatini yoritishda sanoat iqtisodiyoti va menejmenti nazariyalari, zamonaviy amaliyoti va jahon
tajribasi, zamonaviy sanoatda iqtisodiy jarayonlar va menejmentiga
nisbatan ilmiy yondashuvlar, hamda
sanoat korxonalarida texnik jarayonlarini samarali boshqarish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot
ishlarini
tahlil qilish, sanoatda samarali boshqaruv usullarni qo‘llash bo‘yicha nazariy va amaliy tajriba
almashish, korporatsiyalar va aksiyadorlik jamiyatlarida ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilashdagi
muammolarni aniqlash, uni hal etish va rivojlantirish yo‘llariga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish va
yutuqli natijalarni targ‘ib etishdan iborat.Ushbu halqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallaridagi
ilmiy
maqolalar
va tezislarda olimlar, mutaxassislar, malakali amaliyotchilar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy
izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrantlarning sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
nazariyalari,
zamonaviy amaliyoti, jahon tajribasi, sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning istiqbolli
yo‘nalishlarining dolzarb muammolari borasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari mujassamlashgan.
To‘plam materiallaridan professor-o‘qituvchilar,
soha mutaxassislari, doktorantlar, tadqiqotchilar,
magistrantlar va bakalavr talabalari o‘z ilmiy izlanishlarida foydalanishlari mumkin.