• INVESTITSIYA SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO NALISHLARI
  • Директор Ташкентского филиала РЭУ им.Г.В. Плеханова




    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/447
    Sana15.07.2024
    Hajmi9,47 Mb.
    #267669
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   447
    Bog'liq
    Сборник готовый

     
    Директор Ташкентского филиала РЭУ им.Г.В. Плеханова,
    академик АН РУз Абдурахманов Каландар Ходжаевич 
     
     
     
     
     
     



    1-SHO‘BA: IQTISODIYOT VA SANOATNI BOSHQARISHNING TASHKILIY-
    IQTISODIY MASALALARI 
    Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich,
    Akademik 
    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KIMYO SANOATI KORXONALARINING 
    INVESTITSIYA SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO' NALISHLARI 
    Iqtisodiyotning globallashuvi va moliyaviy resurslarning cheklanganligi sharoitida aksariyat 
    mamlakatlar uchun investitsiya salohiyatini oshirish va investitsiyalardan samarali foydalanish 
    dolzarb vazifadir. "Investitsiya salohiyati barqaror iqtisodiy rivojlanishning asosiy vositasi va sanoat 
    korxonalarining innovatsion faoliyatining omili" ekanligi aniqlandi. Shu munosabat bilan ichki 
    investitsiya salohiyatini rivojlantirish bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. 
    Dunyoda investitsiya salohiyatini samarali rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan maqbul 
    foydalanish, bozor talabi asosida investitsiya va rivojlanish mexanizmlarini takomillashtirish 
    masalalarini ilmiy tadqiq etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiyotning sanoat 
    tarmoqlariga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ichki investitsiya salohiyatini 
    rivojlantirish, investitsiyalardan samarali foydalanish sohasida investorlar uchun imkoniyatlarni 
    kengaytirish kabi sohalarda ustuvor tadqiqotlar olib borilmoqda. Investitsion salohiyatni 
    shakllantirish mexanizmi agregat hususiyatga ega. U investitsiya manbalarining o‘sishini 
    ta’minlashga, oqilona investitsiya siyosatini olib borishga, investitsion potensialdan samarali 
    foydalanishga, investitsiyalarning maksimal yakuniy natijasiga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lib, 
    investitsion potensialni shakllantirishni tashkil etish, uning oshishini (generatsiyalashni) 
    dasturlashtirish, generatsion jarayonlarning samaradorligini monitoring qilish va rag‘batlantirishni 
    o‘z ichiga oladi. 
    Kimyo sanoatida to‘plangan muammolarni hisobga olgan holda, ushbu soxadagi korxonalar 
    faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, ularning rentabelligini oshirish, investitsion 
    salohiyatni samarali shakllantirish, ishlab chiqarilayotgan kimyoviy mahsulotlarning tashqi va ichki 
    bozorlarida raqobatbardoshlikni oshirish, ularning tannarxini pasaytirish, assortimentini kengaytirish 
    va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashni chuqurlashtirish asosida haridorgir mahsulotlar ishlab 
    chiqarish hajmini ko‘paytirish, kimyoviy korxonalarni yanada modernizatsiya qilish, rekonstruksiya 
    qilish va texnik qayta jihozlash, zamonaviy energiya tejaydigan va resurs tejaydigan texnologiyalarni 
    joriy etish, shuningdek, sohani boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, korporativ 
    boshqaruvning ilg‘or uslublaridan keng foydalanish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruv tizimini takomillashtirish 
    chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-884-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori qabul qilindi. 
    U investitsion salohiyatni oshirishning (generatsiyasining) eng muhim tarkibiy qismlaridan biri 
    bo‘lib, investitsiya va innovatsion rivojlanish uchun yangi boshqaruv tizimining tashkil etilishi, 
    vazifalari va funksiyalarini belgilaydi. 
    Bu nafaqat rivojlanishning ushbu bosqichida sohani boshqarishning tashkiliy tuzilishi, 
    maqsadlari va vazifalarini belgilab beradi, balki investitsion salohiyatni takror ishlab chiqarishni 
    tezlashtirish orqali investitsion va innovatsion rivojlanishni tartibga solish tizimini sifat jihatidan 
    yangi holatga o‘tkazish uchun tashkiliy shart-sharoitlarni yaratadi. 
    Ushbu qarorga muvofiq «O‘zkimyosanoat» AJ asosiy vazifalari va faoliyati quyidagicha: 

    kimyoviy korxonalar tomonidan ishlab chiqish xarajatlari darajasiga va kimyoviy 
    mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxiga ta’sir qiluvchi omillarni chuqur tahlil qilish, zamonaviy 
    resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar va uskunalarni, ishlab chiqarish jarayonlari va 
    savdosini boshqarishning eng yangi elektron axborot tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning 
    material hajmini kamaytirish, boshqaruv xodimlarining sonini va ishlab chiqarishdan tashqari 



    xarajatlarni optimallashtirish orqali ularni keskin kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni 
    ishlab chiqish; 

    ishlab chiqarishni yanada diversifikatsiyalashga, ichki mineral xom ashyo zahiralarini 
    yanada chuqur qayta ishlashga, sohaga zamonaviy yuqori texnologik uskunalar va innovatsion 
    texnologiyalarni keng joriy etishga, yuqori sifatli, talabga javob beradigan kimyoviy mahsulotlar 
    ishlab chiqarish va sanoat korxonalarida texnologik xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan 
    tarmoqda yagona texnik siyosat yuritish; 

    kimyoviy mahsulotlari bo‘yicha dunyo konyunkturasi tendensiyalarini chuqur 
    o‘rganish va shu asosda jahon bozorida talab katta bo‘lgan kimyoviy mahsulotlarni ishlab 
    chiqarishni o‘zlashtirish, mahalliy mahsulotlarni yangi tashqi bozorlarda ilgari surish; 

    respublikaga olib kirilayotgan kimyoviy mahsulotlarni tahlil qilish va kimyo 
    sanoatining mahalliylashtirish darajasini doimiy ravishda chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat 
    kooperatsiyasini, shu jumladan, respublikaning kichik biznes subyektlari va yirik korxonalari 
    bilan kengaytirish; 

    respublikaning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qishloq xo‘jaligi 
    standartlariga muvofiq ravishda ularning muvozanatli nisbatida azot, fosfor, kaliy va murakkab 
    o‘g‘itlar bilan barqaror ta’minlash; 

    faol investitsiya siyosatini olib borish, loyihalash ishlarini, ularning ekspertizasini 
    takomillashtirish, sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish; 

    «O‘zkimyosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining samaradorligini 
    oshirishga, ularda zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etishga va takomillashtirishga 
    ko‘maklashish; 

    yangi raqobatbardosh, innovatsion texnologiyalarni, mahsulot turlarini yaratish va 
    joriy etishga, mahsulotlarning energiya va resurs sarfini, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishga 
    yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; 

    bozor sharoitida samarali ishlarni tashkil etishga qodir bo‘lgan, korporativ 
    boshqaruvning zamonaviy uslublarini yaxshi biladigan muhandislik, texnik va boshqaruv 
    kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash. 
    Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo 
    vazirligi bilan birgalikda kimyo sanoatini rivojlantirishning 2019-2030 yillarga mo‘ljallangan 
    dasturini tasdiqlandi, unga muvofiq qiymati 12,1 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan 31 ta 
    investitsion loyihasi, jumladan, 1,7 milliard AQSH dollarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 
    va xorijiy kreditlar hisobiga amalga oshirish ko‘zda tutilgan, shu bilan birga quyidagilarga 
    yo‘naltiriladi: 
    azot, fosfor, kaliy va murakkab mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqaradigan mavjud energiya 
    tejaydigan quvvatlarni modernizatsiya qilish, kengaytirish va yangilarini yaratish uchun, jumladan, 
    «Navoiazot» aksionerlik jamiyati, «Samarqandkimyo» aksionerlik jamiyati, «Farg‘onaazot» 
    aksionerlik jamiyati, «Quqon superfosfat zavodi» aksionerlik jamiyati, «Ammofos – Maksam» 
    aksionerlik jamiyati, «Dehqonobod kaliy zavodi» aksionerlik jamiyatilarida ishlab chiqarish 
    quvvatlarini oshirish maqsadida. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning 
    investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq kimyo 
    sanoatida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi tasdiqlandi, unda 
    quyidagilar ko‘zda tutilgan: 
    sanoatning ayrim korxonalari aktivlarini mahalliy va xorijiy investorlarga sotish orqali 
    mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va kengaytirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
    investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish; 
    «O‘zkimyosanoat» AJ tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va kompaniyaning boshqaruv 
    organlarining mustaqilligi va javobgarligini oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy korporativ 
    boshqaruv usullarini joriy etish; 


    10 
    Davlat va «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
    ustav fondidagi ulushini sotish ko‘zda tutilgan: 
    salohiyatli investorlar (ularning ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti asosida) 
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish orqali; 
    zamonaviy ekologik toza kimyoviy mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish sharti bilan “nol” 
    sotib olish qiymati bo‘yicha «Samarqandkimyo» AJ ustav fondidagi davlat ulushining 60,35 foizi va 
    «O‘zkimyosanoat» AJning 39,65 foizi; 
    a) korxonaning ishlab chiqarish quvvatini yiliga 200 tonnadan 450 ming tonnagacha 
    kengaytirish va yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish uchun investitsiyalarni jalb qilish sharti bilan 
    «Qo‘ng‘irot soda zavodi» MCHJ ustav fondidagi bozor narxidagi «O‘zkimyosanoat» AJning 51 foiz 
    ulushi; 
    «Qo‘kon superfosfat zavodi» AJ – Indorama kompaniyasi (Singapur) sotib olish qiymati 4,3 
    million dollarga teng ustav kapitalidagi davlat ulushining 70,54 foizi va «O‘zkimyosanoat» AJning 
    25 foiz aksiyalari, superfosfatning ishlab chiqarish quvvatini 100 foiz foydali modda va yangi 
    mahsulot turlarini ishlab chiqarish hajmini 63 ming tonnagacha oshirish bo‘yicha investitsiya va 
    ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish bilan; 
    b) ammiak ishlab chiqarish quvvatini 660 ming tonnagacha, karbamidni 600 mingtonnagacha, 
    ammiakli selitrani 700 ming tonnagachava nitrat kislotaliyiliga 530 ming tonnagacha oshirish 
    bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini, shuningdek, ijtimoiy majburiyatlarni investorga berish sharti 
    bilan bozor bahosidagi tanlov savdolarida – davlat aksiyalarining 48,05 foiziva «Farg‘onaazot» AJ 
    ustav fondidagi «O‘zkimyosanoat» AJning 2,95 foizulushi; 
    v) ochiq kim oshdi savdosida – «Elektroximzavod» QK AJ ustav fondidagi 
    «O‘zkimyosanoat» AJ aksiyalarining 26,14 foizi; 
    g) Boshlang‘ich ommaviy taklif (“IPO”) o‘tkazishning boshlang‘ich bosqichda «Jizzax 
    plastmassa» AJ ustav kapitalining 25 foizgacha bo‘lgan ulushiga; 
    d) o‘zgarishlar o‘tkazish orqali: 
    «Dehqonobod kaliy zavodi» MCHJni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish va 
    «O‘zkimyosanoat» AJning 51 foiz va undan ortiq aksiyalarini kompaniyaning ustav fondida bozor 
    narxida tanlov savdolarida sotish, granulali kaliy xlorid, kaliy sulfat va boshqa kaliy tuzlarini ishlab 
    chiqarishni tashkil etish, yuk tashish osma kanat liniyasini va tashqi elektr ta’minoti liniyasi 
    qurilishini tugallash, shuningdek ijtimoiy majburiyatlar bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini o‘z 
    zimmasiga olgan, salohiyatli investorlar borligi sharti asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar 
    o‘tkazish orqali ularni sotish imkoniyatini mo‘ljallab qo‘yish. «Birinchi Rezinotexnika Zavodi» 
    MCHJni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish va qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni kompaniyaning 
    ustav kapitalining 51 foizigacha bo‘lgan hajmda ochiq kim oshdi savdosida sotish, shuningdek 
    mablag‘larni kompaniyaning investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ajratish, jalb qilingan 
    kreditlarni qaytarish bilan, salohiyatli investorlar borligi sharti asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar 
    o‘tkazish orqali ularni sotish imkoniyatini mo‘ljallab qo‘yish. Qarorda 2019-2030 yillarga 
    mo‘ljallangan kimyo sanoatini rivojlantirish Dasturi va «O‘zkimyosanoat» AJning investitsiya 
    loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi. 
    Bundan tashqari, 2025 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi kimyo sanoatini yanada 
    rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilgan bo‘lib, unda sohani rivojlantirishning ustuvor 
    yo‘nalishlari belgilab berilgan: 

    yuqori sifatli, yuqori eriydigan, ekologik jihatdan toza va murakkab mineral va suyuq 
    o‘g‘itlar ishlab chiqarish, shu jumladan fosfor o‘z ichiga olgan xom ashyoni qayta ishlashning 
    yangi texnologiyalarini joriy qilish, shuningdek ko‘mir chiqindilaridan foydalangan holda 
    bakterial go‘ngli o‘g‘itlar ishlab chiqarish; 

    kaustik kaliy, kaliy sianid, kaliy bromidi, kaliy yodidi, kaliy permanganat, kaliy nitrat, 
    kaliy (kaliy karbonat) kabiturli xil yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun kaliy xom ashyosini 
    chuqur qayta ishlash; 


    11 

    yuqori qo‘shimcha qiymatga ega innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni (benzin, 
    nitratik kislota reagentlari, polipropilen va boshqalar ishlab chiqarish) ta’minlaydigan, metanolni 
    chuqur qayta ishlash, bu o‘z navbatida propilen (polipropilen) polimerlarini ishlab chiqarish 
    uchun xom ashyo bo‘lgan atsiklik uglevodorodlarni (etilen va propilen) ishlab chiqarish uchun 
    sharoit yaratadi; 

    kimyoviy tolalar va matolarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish 
    (o‘zigaxos funksional xususiyatlargaega, ko‘paytiriladigan kimyoviy va o‘simlik materiallari va 
    boshqalar asosida); 

    polivinilxlorid (PVX) asosida qattiq va yumshoq plastmassa, PVX tolasi va boshqalar; 

    uglerod qora, plastmassa buyumlar, ruxoksidi, avtomobillar uchun plastik qismlar va 
    boshqalarni ishlab chiqarish; 

    Download 9,47 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   447




    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Директор Ташкентского филиала РЭУ им.Г.В. Плеханова

    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish