12
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 fevralda bo‘lib
o‘tgan yig‘ilishda kimyo sanoatini isloh qilish rejalari va sohaning shu yilgi asosiy muammolarini
muhokama qilishga alohida e’tibor qaratdi. So‘nggi yillarda kimyo sanoatini modernizatsiya qilish,
moliyaviy va iqtisodiy jihatdan yaxshilash, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar turini
kengaytirish bo‘yicha aniq qadamlar qo‘yildi. Tarmoqdagi korxonalar rentabelligini oshirish
maqsadida bozor mexanizmlari joriy etildi va narxlarni belgilash tartibi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi.
Natijada, sanoat o‘tgan yili 2018 yilga nisbatan 2,3 baravar ko‘p foyda bilan yakunlandi.
Hukumat tomonidan kimyo sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar asosida
kimyo sanoatini isloh qilish, korxonalar faoliyati samaradorligi va salohiyatini oshirishning asosiy
yo‘nalishlari va vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
•
har bir sanoat korxonasi faoliyatini tanqidiy tahlil qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, energiya
sarfini kamaytirish, ularning narxini kamaytirish, raqamli texnologiyalarni joriy qilish, zararli
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasini oshirish;
•
kimyo sanoatining yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish, bu jarayonga xorijiy investorlarni keng jalb
qilish;
•
kichik tonnali kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, shu maqsadda «Navoiazot»
AJ foydalanilmayotgan maydonlarida kichik sanoat zonasini tashkil etish zarur;
•
kimyoviy ta’lim va fanni rivojlantirish, zamонавий кадрлар тайёрлаш, фан ва ишлаб
чиқаришнинг интеграциясини кучайтириш, тадқиқотларнинг саноат корхоналари
эҳтиёжларига мослигини таъминлаш.
Shunday qilib, respublikada kimyo sanoatining innovatsion rivojlanishining tashkiliy
mexanizmi qayta tiklandi va uning investitsion salohiyatini yanada shakllantirish va jadallashtirish
uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Ushbu mexanizm mazkur jarayonning asosiy tarkibiy
qismlarini ko‘paytirish, kadrlar tayyorlash va ularning intellektual kapitallarini ko‘paytirishdan ishlab
chiqarishning texnik va texnologik jihozlarigacha bo‘lgan muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi.