• Konferensiya tashkilotchisi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Muhandislik texnologiyalari” fakulteti, “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi.
  • Tashkiliy qo‘mita: Yusupxodjayeva G.B., Muxitdinova K.A.,Soatov F.Y., Mirhamidova D.N.,Shagaipova G.Z. Tahrir hay’ati a’zolari
  • ISBN 978-9910-9339-4-3 © «ZUXRO BARAKA BIZNES» nashriyoti, Toshkent, 2024 y
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/447
    Sana15.07.2024
    Hajmi9,47 Mb.
    #267669
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   447
    Bog'liq
    Сборник готовый

    УДК: 10168
    ББК: 32.84 
    S 32 
     
    Mazkur to‘plamga kiritilgan tezislar va maqolalarning mazmuni, undagi statistik ma’lumotlar va 
    me’yoriy hujjatlarning to‘g‘riligi, aniqligi, tahliliy fikr-mulohazalar, keltirilgan taklif va tavsiyalar uchun 
    mualliflar mas’uldir. 
    Konferensiya tashkilotchisi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 
    “Muhandislik texnologiyalari” fakulteti, “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi. 
    Tahrir hay’ati raisi:
    prof.Allayeva G.J. 
    Rais o‘rinbosari:
    prof.Ibragimova S.A. 
    Koordinator
    : PhD. Baxodirova.X.B. 
    Taqrizchilar: 
    Allayev Q.R. – akademik, TDTU. 
    Samatov G‘.A. – prof. ,TDTrU.
    Ikramov M.A. – prof., TDIU. 
    Tashkiliy qo‘mita: 
    Yusupxodjayeva G.B., Muxitdinova K.A.,Soatov F.Y., Mirhamidova D.N.,Shagaipova G.Z. 
    Tahrir hay’ati a’zolari:
    Saidkarimova M.I., Nabiyeva S. A.,Tillayeva B. R., Raxmatova M.G., Sayfutdinova N.F.,
    Hakimdjanova S.X. 
     ISBN 978-9910-9339-4-3 
    © 
    «ZUXRO BARAKA BIZNES»
    nashriyoti, Toshkent, 2024 y



    Assalomu alaykum hurmatli anjuman qatnashchilari, aziz mehmonlar! 
     
    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika 
    universitetida tashkil etilgan “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: 
    muammolar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy 
    konferensiya ishtirokchilarini, xorijlik hamkorlarimizni, barcha 
    professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarni ko‘rib 
    turganimdan xursandman. Bugungi kunda respublikamizda 
    sog‘lom, rivojlangan, yuqori intellektual yoshlar jamiyatini 
    shakllantirish borasida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. 
    Hech kimga sir emaski, kelajakda fan va ta’limning yuqori 
    darajasiga asoslangan innovatsion iqtisodiyotsiz davlatimiz 
    rivojlanishi mumkin emas. Shu sababli so‘nggi yillarda respublikamizda amalga oshirilayotgan 
    ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi inson va uning manfaati uchun xizmat 
    qilmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlangandek, barcha iqtisodiy isloxotlarning bosh maqsadi 
    kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishdan iborat. Bugungi kunda respublikamiz 
    aholisining yarmidan ko‘pini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qilishi oldimizga buyuk maqsad 
    – yangi Renessans fundamentini shakllantirish orqali yangi Beruniylar, Xorazmiylar, Ulug‘beklar, 
    Navoiylar, Boburlar avlodini tarbiyalash vazifasi qo‘yilgan. Ushbu maqsadga erishishning muhim 
    omillaridan biri yoshlarda ta’lim va tarbiya, fan va innovatsiyalarni rivojlantirish va sog‘lom turmush 
    tarzini shakllantirishdir. Muhim bir vazifani anglash kerakki, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash – 
    bu alohida ta’lim muassasasini emas, balki butun bir yaxlit milliy ta’lim tizimini vazifasidir. Shundan 
    kelib chiqib, bugungi halqaro ilmiy-amaliy anjuman olimlar, tadqiqotchilar, fan va ta’lim 
    namoyondalari va yoshlarni umumiy masala atrofiga birlashtiradi, deb o‘ylayman, natijada bilimlar. 
    fikrlar almashinuvi asosida o‘zaro hamkorlik rivojlanadi. Bu esa ta’lim darajasini oshishiga, yangi 
    ilmiy ixtirolar soni va tezligini ortishiga va iqtisodiyotni rivojlanishiga olib keladi. 
    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti bir asrga yaqin tarixga ega 
    bo‘lib, ta’lim va tarbiyaning sifati, o‘quv jarayoniga doimiy pedagogik, innovatsion va raqamli 
    texnologiyalar integratsiyasi, amalga oshirib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va halqaro aloqalari 
    bilan o‘z nufuziga ega bo‘lgan universitet. Universitetning asosiy yutug‘i respublikamiz 
    rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib borayotgan yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni 
    tayyorlashdir.Bugungi kunda Toshkent davlat texnika universiteti Yevropa va Markaziy Osiyo 
    rivojlanayotgan mamlakatlarining eng kuchli universitetlari ichida QS Emerging Europe and Central 
    Asia University Rankings 2021 top 400 talikka kirgan. Bugungi tashkil etilgan halqaro anjumanga 
    150 dan ortiq maqolalar kelib tushgan, jumladan, 30 dan ortiq korxona va tashkilotlarning soha 
    mutaxassislari, 15 dan ortiq chet el mamlakatlari, jumladan, Yaponiya, Germaniya, Rossiya, Xitoy, 
    Indoneziya, Belorusiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va boshqa qator mamlakatlarning 
    xorijiy mutaxassislari, olimlari va professor-o‘qituvchilari, hamda yosh tadqiqotchilar 
    qatnashmoqdalar. Anjumanning barcha ishtirokchilariga o‘z minnatdorligimni bildirgan holda, 
    ishonamanki, bugungi halqaro anjuman ham sanoat iqtisodiyoti va menejmenti masalalarini dolzarb 
    yechimlari bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan o‘zaro halqaro ilmiy loyihalar, ilmiy 
    konsepsiyalarga asos bo‘ladi. 

    Download 9,47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   447




    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish