Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet412/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Yetkazib berishlar zanjirini 
boshqarish


595 
Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish boʻyicha Oʻzbekistonlik muallif D.A. Ivanovning 
birinchi kitobi 2003-yilda chiqqan. U yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning Yevropa 
tajribasiga, asosan nemis tajribasiga (virtual korxonalar va logistik zanjirlar) asoslangan va yetkazib 
berishlar zanjirlarini boshqarishni amalga oshirishning aniq texnologiyalariga hamda yetkazib 
berishlar zanjirlarini rejalashtirish va operativ boshqarish masalalariga qaratgan. Yetkazib berishlar 
zanjirlarini boshqarish tarmoqlarda ham keng rivojlana boshlagan. Birinchi navbatda L.B. Mirotin va 
A.G. Nekrasovning aviasozlik, shuningdek yetkazib berish zanjirlarida tarmoqlararo xavfsizlik va 
xavf-xatarlar muammolari sohasidagi ishini qayd qilib oʻtish lozim boʻladi. Yetkazib berishlar 
zanjirlarini boshqarish strategiyasi va ularning ishonchliligi masalalari S.A. Uvarov va Ye.I. 
Zaysevning ishlarida rivojlantirilgan. Yetkazib berishlar zanjirlarida zahiralarni boshqarish A. 
Sterligovaning ishlarida keltirilgan. 
Adaptiv (moslashuvchan) yetkazib berishlar zanjirlari va virtual korxonalarni boshqarish D.A. 
Ivanov, A.V. Arxipov, B.V. Sokolov va Y. Keshel rahbarligi ostidagi rus-nemis olimlari guruhi 
tomonidan oʻrganilgan. Yetkazib berishlar zanjirlarida axborot texnologiyalari Ye.I. Zaysev, A.V. 
Smirnov, B.V. Sokolovning ishlarida koʻrib chiqilgan. 
Yetkazib berishlar zanjirlarini optimallashtirish masalalari B.C. Lukinskiyning ishlarida 
keltirilgan. Uning ilmiy tahriri ostida amerikalik iqtisodchi-matematik M. Shapironing kitobini 
tarjimasi nashr qilingan. SCM masalalari Oʻzbekistondagi yirik “DR-LOG – logistika boʻyicha 
Oʻzbekiston-Germaniya konferensiyasi”, “Logistika: zamonaviy rivojlanish tendensiyalari”, 
“Moskva Xalqaro Logistika Forumi” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda keng muhokama 
qilingan. 
Shuni qayd qilish lozimki, Oʻzbekistonda yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish tajribasi 
hali unchalik katta emas. Hatto bu borada 10-15 yillik tajribaga ega boʻlgan AQSH va Yaponiyada 
ham, hatto yirik kompaniyalar ham faqatgina baʼzi bir integratsiyalashgan jarayonlarni, masalan 
tashishlar va omborlarga joylashtirishni mahalliy optimallashtirish bilan cheklangani holda, yetkazib 
berishlar zanjirlarini boshqarish nima ekanligini oxirigacha anglab yetgani yoʻq. Oʻzbekistonda esa 
ahvol hozircha birmuncha murakkab. Oʻzbekistonda yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning 
amaliyotga ommaviy joriy qilinishini 2020-yillardan soʻng kutish lozim boʻladi. 
Amaliyotda bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan biznes-jarayonlar va axborot 
texnologiyalari koʻpincha bir-biridan ajratilgan holda koʻrib chiqiladi. Xuddi shunday holat yetkazib 
berishlar zanjirlarini modellashtirish va optimallashtirish masalalariga ham taalluqlidir. Bu uchta 
yoʻnalish – biznes-konsepsiyalar, axborot texnologiyalari va yetkazib berishlar zanjirlari oʻrtasida 
oʻzaro bogʻlanishlarni oʻrnatish hozirgi kundagi eng muhim vazifalardan biri boʻlib hisoblanadi. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   408   409   410   411   412   413   414   415   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish