|
M.S.Boʻrixadjayeva katta oʻqituvchi Pdf ko'rish
|
bet | 410/447 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 9,47 Mb. | | #267669 |
Bog'liq Сборник готовый M.S.Boʻrixadjayeva katta oʻqituvchi
Toshkent davlat trasport universiteti
YETKAZIB BERISHLAR ZANJIRLARINI BOSHQARISHNING
RIVOJLANTIRISHNING OBYEKTIV ASOSLARI
Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning rivojlanishi obyektiv asoslarga ega. XX asrning
90-yillarida uchta tendensiya yaqqol koʻzga tashlanib qolgan: taklifning talabdan ortishi,
bozorlarning globallashishi va jamiyatning axborotlashishi. Bu tendensiyalar biznesning
raqobatbardoshliligi va daromadliligini taʼminlash strategiyalarida oʻzgarishlarni keltirib chaqirgan
(1-rasm).
XX asrning 90-yillarida Janubiy-Sharqiy Osiyo, Janubiy Amerika, Sharqiy Yevropa va
Oʻzbekistondagi bozorlarni faol tarzda oʻzlashtirish boshlangan. Koʻpgina korxonalar oʻzlarining
ishlab chiqarish quvvatlarini bu mintaqalarga koʻchirib oʻtkazganlar. Tashishlar hajmi, jumladan,
qitʼalararo tashishlar hajmi shiddat bilan orta boshladi.
Biznesni boshqarish uchun moʻljallangan axborot texnologiyalarining shiddat bilan
rivojlanishi va Internet global axborot makonining paydo boʻlishi biznesni boshqarish uchun tubdan
yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
Bularning barchasi birgalikda shunga olib keldiki, biznesning raqobatbardoshliligi va daromadliligini
taʼminlashda korxonada boshqarishning mahalliy funksiyalarini optimallashtirish emas, balki butun
qoʻshimcha qiymat yaratish zanjirini (ValueChain), uning barcha firma ichidagi va tashkilotlararo
uchastkalarini, qiymat yaratish zanjirining turli bosqichlarining tutashuv joylarini koʻrib chiqish hal
qiluvchi omilga aylandi.
Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning rivojlanishini aynan ana shu belgilab berdi.
SCM(yetkazib berishlar zanjiri) amaliyoti biznesni korxonada boshqarishning mahalliy
funksiyalarini optimallashtirish emas, balki butun qoʻshimcha qiymat yaratish zanjirini, uning barcha
firmalarning ichidagi va tashkilotlararo uchastkalarini, qiymat yaratish zanjirining turli
bosqichlarining tutashuv joylarini koʻrib chiqishdan kelib chiqish asosida qurish va tahlil qilishning
samarali ekanligini isbotladi.
“Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish” atamasidan birinchi marta foydalanish konsalting
boʻyicha yetakchi olimlari R.Oliver va M.Veberga tegishli. Aynan ular 1982-yilda oʻzlarining
“Supply Chain Management: Logistics catche sawpit strategy” maqolasida boshlangʻich xomashyoni
ishlab chiqaruvchilardan oxirgi isteʼmolchigacha boʻlgan moddiy oqimlarni integratsiyalangan
strategiya doirasida koʻrib chiqishni taklif qilganlar va uni yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish
deb ataganlar.
Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishni paydo boʻlishining manbalariga anchagina ertangi
ishlarni ham kiritish lozim boʻladi: Aldersonning mahsulotni keyinga surilgan differensiallash
konsepsiyasini rivojlantirish (postponement) boʻyicha ishi, Forresterning 1961-yildagi struktura
dinamikasini va Bullwhip-samarasini tahlil qilish boʻyicha ishi, Bauersoksning 1969-yildagi oʻzaro
harakatlar va kooperatsiya sohasidagi ishi, Geofrion va Greyvsning 1974-yildagi zahiralar, ishlab
chiqarish va distribyutsiya sohasidagi ishi.
Amaliyotda “aniq vaqtiga” (Just-in-Time) konsepsiyasi eng keng tarqalishga ega boʻlgan. Bir
qator mutaxassislar yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning paydo boʻlishini ishlab chiqarish
quvvatlaridan ratsional foydalanish bilan bogʻlaydilar. Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishsiz
korxonalar ishlab chiqarishni kattagina bufer intervallari bilan rejalashtirishga majbur boʻlganlar,
chunki yetkazib berishlar jarayonlari yetkazib beruvchilar bilan ham, mijozlar bilan ham
sinxronlashtirilmagan. Oʻsha paytlardan buyon yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishni tushunish
anchagina oʻzgarishlarga uchradi.
Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning rolining tobora oʻsib borishi autsorsingning
rivojlanishi, globallashish va integratsiyalanish sharoitlarida raqobatning kuchayishi va raqobat
qilishning yangi shakllarini paydo boʻlishi, shuningdek axborot texnologiyalari, logistikaning
594
rivojlanishi, logistik xizmatlar sohasining kengayishi va logistik provayderlar rolining ortishi bilan
bogʻlanadi.
|
| |