|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 120/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
133
sharoitlar natijasida olingan yangi bilimlar kelgusi faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yishga yordam beradi.
Demak, o‘yinlar o‘quvchilarning asosiy faoliyat turi bo‘lib, u orqali
o‘quvchilar hayotni, borliqni, tevarak-atrofni o‘rganadilar va unga moslashadilar.
Ijtimoiy-psixologik ahamiyati jihatidan o‘yinlar o‘quvchilarda ma'lum
ijtimoiy bilimlarni egallashi va zarur ijtimoiy qoidalarni shakllantirishi,
shuningdek, muammo nuqtai nazardan yondashganda, o‘yinlar o‘quvchining ijodiy
faoliyatini faollashtirish bilan uning ijodiy qobilyatini o‘stiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda quyidagi real vaziyatli o‘yinlardan
foydalanishmumkin:
- rolli o‘yinlar;
- immitativ o‘yinlar;
- faoliyatga qaratilgan tashkiliy o‘yinlar;
- «Ishbilarmonlik» o‘yinlari.
Ob'yekt sifatida o‘yin modeli, o‘yin holatlari ishtirokchilari majburiyatlari,
o‘yin o‘tkazish tartib va qoidalar hamda o‘quvchilar bilimini baholash tizimi bilan
tanishiladi. Ko‘rgazmali qurollar, kerakli ko‘rsatmali materiallar dars uchun
tayyorlanadi. Ayrim masalalar mustaqil o‘rganiladi.
Intellektual-ijodiy
o‘yinlar ham o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yinda o‘quvchining kommunikativ
sifatlashni rivojlantirish intellektual savodxonligi, ziyrakligi, qarorlar qabul
qilishda ta'lim zukkolikni rivojlantirish, xalq ijodkorligiga oid bilimlarga ega
bo‘lishi, sinfdagi salohiyatli o‘quvchilarni aniqlash va ularni rag‘batlantirishga oid
maqsad va vazifalar qo‘yiladi.
O‘yin bir tomondan o‘quchilarning bilimini namoyon qilib, uning intellektual
salohiyatini aniqlashga yordam bersa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarning jamoa
bo‘lib birlashishi, aqliy tafakkurning shakllanishi, axloqiy xulq atvorining tarkib
topishiga zamin yaratadi.
|
| |