|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 126/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
139
faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuning
uchun ta’limda eng muhim strategik yo‘nalish ta’lim muassasalarining innovatsion
faoliyati hisoblanadi. Bu esa barcha ta’lim muassasalarida, ayniqsa ijodkor, yuqori
salohiyatli mutaxassis kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim maskanlarida innovatsion
texnologiya ko‘rinishida faoliyat olib borish dolzarb masalalardan biri bo‘lib
kelgan. Xususan, hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar,
pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan
qiziqish, e’tibor kuchaygan.
Ma’lumki bugungi kunda ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot
bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy
majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash” vazifalari
belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin
olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish
maqsadi
ham
ilg‘or
pedagogik
tadbirlardan,
texnologiyalardan
keng foydalanishimizni talab etmoqda.
Innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim tizimini
rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida
ma’lum o‘zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil
etilishiga
sabab
bo‘ladigan
turli
tashabbus
va
yangiliklarning
yaxlit tizimida namoyon bo‘ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi
texnika va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi,
axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida
qo‘llanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda.
O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqaruvchi, muloqot
qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari
kerak bo‘ladi.
Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim
muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini
yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish va eng muhimi aniq
yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat. Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim
tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari
o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion
jarayonlar kirib kelmoqda. Ta’lim sohasi – mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib
faol
innovatsion
harakatni
boshladi.
Ilm-fan
va
ishlab
chiqarishni
integratsiyalashtirish, xususiy tadbirkorlar va davlat o‘rtasidagi hamkorlik, kichik
va o‘rta innovatsion biznesning xalqaro aloqalarini qo‘llab-quvvatlash innovatsion
faoliyatni keng rivojlantirishning muhim shartlaridir. Shuni ta’kidlash kerakki,
|
| |