“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
138
Jo'rayeva Ramziya Razzoqovna
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani
2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi
TA’LIM TARAQQIYOTIDA INNOVATSION YONDASHUV VA
ZAMONAVIY TENDENSIYALAR
Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini
innovatsion faoliyat tashkil etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson o‘zining
aql-zakovati bilan dastlabki mehnat qurollarini o‘ylab topishdan, algoritm va
nanozarralar, zamonaviy innovatsion kompyuter, quyosh va boshqa yuqori
texnologiyalarni kashf etishgacha bo‘lgan murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Shu bilan
bir qatorda ta’lim sohasi tizimiga, balki jamiyatning barcha sohalarining rivojiga
o‘zining aks ta’sirini ko‘rsatadi.
“Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga
qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejis emas, albatta.
Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi?
Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu
kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan
bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida
boshlashimiz kerak”.
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakatimiz ilm-fani,
yetakchi ilmiy maktablar, birinchi navbatda, eng yirik va muhim ahamiyatga ega
tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini yanada rivojlantirish
uchun mustahkam poydevor yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
XXI asr - texnika va texnologiya asri. Ha, bu nom bejizga berilmadi. Atrof-
muhitda sodir bo‘ladigan hodisalar uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada
orttirdi. Bu qiziqish ortidan ilm-fan sohasida misli ko‘rilmagan kashfiyotlar paydo
bo‘ldi va paydo bo‘lmoqda. Kundan - kunga kishini hayratga soladigan yangiliklar
yaratilmoqda.
Darhaqiqat, farovon kelajak poydevori hozirda unib-o‘sib kelayotgan yoshlar
hisoblanadi. Shu sababli, ularning yuqori bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib
voyaga yetmoqlari muhim omildir. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy,
madaniy sohalarda bo‘layotgan tezkor o‘zgarishlar ta’lim tizimini ham tubdan
isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal ta’lim tizimi orqali
Respublikamizning kelajak intellektual imkoniyatlarini va uni gullab yashnashi
hamda rivojlanishini belgilab beruvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil
|