“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/539
Sana27.06.2024
Hajmi6,55 Mb.
#265996
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   539
Bog'liq
Maqola 3 (207-211-bet)

“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

 
 
142 
Pedagogik texnologiyaning asosiy negizi bu o‘qituvchi va o‘quvchining 
belgilangan maqsadlardan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun 
tanlangan texnologiyalariga bog‘liq. Har bir darsning o‘ziga xos texnologiyasi bor, 
bu yakka tartibdagi jarayon bo‘lib u o‘quvchi shaxsining ehtiyojidan kelib chiqqan 
holda bir maqsadga yo‘naltirilgan oldindan loihalashtirilgan va kafolatlangan natija 
berishga qaratilgan pedagogik jarayondir. O‘quv jarayonida zamonaviy 
texnologiyalardan, interfaol metodlardan foydalanish yuqori samara beradi. Shu 
sababli ham turli mashqlar mashg‘ulotlar jarayon ishtirokchilarining faol harakat 
qilishlariga asos yaratiladi. Dars berish jarayonida interfaol metodlardan 
foydalanish natijasida yuqori samaradorlikka erishiladi. Shu sababli ham darsning 
turli ko‘rinishlarida o‘quvchilarning bilim darajasini hisobga olib, “Ven 
diagrammasi”, “Insert”, “Aqliyhujum”, “FSMU” kabi texnologiyalarni qo‘llash 
tavsiya etiladi va bu mavzuni tushunishni yanada mustahkamlaydi, o‘quvchilarni 
faol harakat qilishga undaydi.
Bugungi kunda yangi kompitensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat 
ta’lim standarti va ta’lim tizimi o‘qituvchilar oldiga o‘ta masuliyatli vazifalar 
yuklamoqda o‘qituvchi har bir o‘tilayotgan darsga ijodiy yondoshishi 
mashg‘ulotlarni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishi, darsning har 
bir daqiqasidan unimli foydalanishi, dars jarayonida tayanch va fanga oid 
kompitensiyalarni singdirib borishi zarur. Interfaol pedagogik texnologiyalar 
asosida tashkil etilgan darslarning afzalliklari shundan iboratki, bunday darslar 
tizimi tafakkurni charxlaydi. O‘qituvchiga darsni o‘quvchi shaxsiga mukammal 
darajada yetkazib tushintirib berishiga imkon yaratadi. An’anaviy ta’limdan farqli 
ravishda interfaol metodlar asosida olib boriladigan ta’lim oluvchining faoliyatiga, 
uning intelektual rivojlanishiga, mustaqil o‘quv faoliyatiga qaratilgan ekan, 
kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimizni aynan shunday ta’lim orqali rivojlantirish kerak. 
Bu o‘z navbatida ta’lim tarbiya olivchuning faolligiga uning intelektual 
rivojlanishiga, mustaqil o‘quv faoliyatiga qaratilgan va albatta hartomonlama 
yetuk, mustaqil fikrlaydigan, o‘z bilim salohiyatini erkin ravishda bayon eta 
oladigan barkamol shaxs bo‘lib shakillanishiga yordam beradi. 

Download 6,55 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   539




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish