|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 131/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
144
1) o‘quv materalidagi tushunilishida mavhumlik bo‘lgan muammoli nuqtalarni
aniqlash; o‘quv materialini loyihalashtirishda ushbu muammoli nuqtalarni ajratib
olib yoki materialni muammoli tarzda tushuntirishni loyihalashtirish; 2) obyekt
yoki jarayonga taaluqli bir nechta taxminiy fikrlar, farazlarni ilgari surish; 3)
ma`lumotlarning tahlili, meterial to‘plash va ularni qiyoslash bo‘yicha aniqlangan
metodikalar asosida turli taxminiy fikrlar bilan ishlash; 4) tahliliy natijalarga ko‘ra,
haqiqatga eng yaqin bitta farazni qabul qilish. O‘quv tadqiqoti jarayonida
o‘quvchilarda tadqiqotchilik pozitsiyasi, ya`ni o‘zi uchun noma`lum sohada
izlanish olib borish uchun ahamiyatli bo‘lgan asos, unga bo‘lgan ehtiyoj
shakllanadi.
Tadqiqot ishining borishini o‘quvchi va rahbar birgalikda loyihalashtiradilar.
Bunda ilmiy doirada qabul qilingan tadqiqot modeli va metodologiyasi asos
sifatida olinadi.
Tadqiqot vazifasi tadqiqotchilik faoliyatinig didaktik birligi bo‘lib
hisoblanadi. Uni o‘quvchi va ilmiy rahbar birgalikda ishlab chiqadilar. Tadqiqot
vazifalarida tadqiqotning tuzulishi va metodi, natijalarni taqdim etish shakli
belgilanadi. Rahbar o‘quvchiga tadqiqot mavzusi, obyektini asosli tarzda mustaqil
tanlashida, keyin esa uni tahlil qilish, ishning borishini baholashva natijalarini
taqdim etishida har tomonlama ko‘maklashadi.
Tadqiqiy o‘qitish natijalari ikki yo‘nalishda baholanishi mumkin:
Birinchi yoki rasmiy yo‘nalish -ilmiy - tadqiqot ishini tadqiqot o‘tkazish
meyorlari va tuzilishiga mosligiga ko‘ra baholash.
Ikkinchi yo‘nalish –tadqiqiy o‘qitish jarayonida o‘quvchilar qobiliyati va
motivatsion shaxsiy xususiyatlarining rivojlanish darajasiga, masalan muammoni
ko‘ra olish va ajrata bilish, refleksiv fikrlash; bilim motivatsiyasining darajasi;
mualliflik pozitsiyasining mavjudligi va ifodalanganligi singari xususiyatlarga
ko‘ra baholash.
Umuman olganda, ta`limiy natijaning sifati mazmunni o‘zlashtirish
samaradorligi bilan aniqlanadi. Mazmun parametrlarining har biri bo‘yicha
samaradorlik, birinchidan, rasmiy mahsulot –tadqiqot ishi yoki uning ma`ruza va
referat shaklidagi taqdimotiga ko‘ra, ikkinchidan, o‘quvchi shaxsiy sifatlarining
rivojlanganlik darajasiga ko‘ra aniqlanishi mumkin.
|
| |