“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
143
Ne’matova Feruza
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani
2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi
O‘QUVCHILARNI TADQIQOTCHILIK FAOLIYATIGA YO‘NALTIRISH
Kadrlar tayyorlash bo‘yicha odimizda turgan vazifalar “o‘quv –tarbiya
jarayonini yangi o‘quv –uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnalogiyalar bilan
to‘liq ta`minlash kabi dolzarb masalalar qo‘yilgan.
Mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishda o‘qituvchilar pedagogik
texnologiyani samarali qo‘llay olishlari, shuningdek ta`lim jarayonini tashkil
etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhimdir. O‘qituvchilar
nafaqat o‘zlari ijodiy yondashuv balki o‘quvchilar ham tadqiqot faoliyati va tizimli
fikrlashga o‘rgatishlari zarur.
O‘quvchilar tadqiqiy faoliyat va tizimli fikrlash g‘oyasi muallifi ajoyib
inson, olim, fantastik yozuvchi, ixtirochi, o‘qituvchi Genrix Saulovich
Altshullerdir. U ixtirochilarni yangi usullarga o‘rgatish orqali ixtirochilikni
takomillashtirishga katta e`tabor qaratadi. U Ixtirochilik Vazifalarni Yechish
Nazariyasi (IVEN) va Ijodkor Shaxs Rivojlanishi Nazariyasini (IShRN)ni yaratdi.
Uning “Ixtiro qilishni qanday o‘rganish mumkin”, “Ixtirochilik asoslari”, “Ixtirolar
algaritmi”, “Ijodiyot aniq fan sifatida”, “G‘oyani topish” kabi maqolalari yaratilib
bu asarlarda yoshlarni tizimli fikrlash hamda tadqiqot faoliyatini shakllantirish
masalalari ilg‘ari suriladi.
O‘quvchilarning tadqiqotchilik faoliyati ham muammoning qo‘yilishi;
tanlangan mavzuga oid nazariyalarni o‘rganish; tadqiqot farazini ilgari surish;
tadqiqot metodikalarini tanlash va amalda ularni o‘zlashtirish; material to‘plash,
ularni tahlil qilish umumlashtirish, shaxsiy xulosalar chiqarish kabi haqiqiy ilmiy-
tadqiqot bosqichlariga muvofiq tarzda quriladi. Shuni ta`kidlash muhimki,
tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etishning batafsil andozasini berib bo‘lmaydi.
O‘qituvchining o‘zi ham tadqiqotchilik pozitsiyasini egallashi va bolalar bilan
birga kashf etilgan ilmiy qoidalarga mos kelmaydigan biror fikrdan “ajablanishi”
yoki qiziqarli muammoni ko‘ra bilishi kerak. Aks holda “tadqiqot” atalmish ushbu
faoliyat ko‘rsatma bo‘yicha beriladigan o‘quv topshirig‘iga aylanib qoladi.
Tadqiqotchilikm faoliyati oldindan yechimi ma`lum bo‘lmagan o‘quv
vazifalarini bajarishni ko‘zda tutadi. Bu fazifalarmutaxassis –tadqiqot ishi rahbari
qo‘li ostida o‘quvchilar atrof –olamdagi muayyan obyekt yoki hodisa haqida
tasavvur hosil qilishga yo‘naltiriladi. O‘quv tadqiqotlari quuyidagilarni talab etadi:
|