|
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr Pdf ko'rish
|
bet | 138/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
151
Sayfullayeva Feruza
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani
2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi
MATEMETIKA VA INFORMATIKA DARSLARIDA AXBOROT
KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYA(AKT)DAN FGOYDALANISHDA
INNOVATSION YONDASHUV
O‘zbekistonda davlat va jamoat boshqaruvi hamda ta’lim sohalarida
ishlayotgan har bir mutaxassis mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining rivojlanishi, uning huquqiy asoslari tahlili, axborot
kommunikatsiyasi va tarmoqlari texnologiyalari, axborot xavfsizligiga tahdidlar va
ularni bartaraf etish usullari, Internet tizimi va undan boshqaruvda foydalanish
usullari, davlat boshqaruvida elektron hukumat tizimi, interaktiv xizmatlar,
elektron tijorat, tashkilot faoliyatini avtomatlashtiruvchi axborot tizimlari, elektron
raqamli imzo tizimlaridan foydalanish asoslari va tashkilotda boshqaruv axborot
tizimlarini yaratish texnologiyalarini yaxshi bilishi va o‘zlarining faoliyatlarida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlaridan to‘la foydalana
olishlari shart.
Ta’lim sohalarida multimedianing qo‘llanilishi shaxsiy foydalanish hamda
o‘qitish ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Multimediani ta’lim
sohalarida qo‘llash ko‘lami kundan – kunga yanada ortib bormoqda. Chunki yuqori
kasbiy malakani taminlovchi bilim har doim tez o‘zgarib turadi. Bugungi o‘sish
darajasi, ayniqsa texnika sohasida doimiy yangilanishni talab qiladi. Shu bois
raqobatga asoslangan korxona o‘z faoliyatida ancha moslanuvchan bo‘lishi lozim.
Bu oddiy xodimlar uchun ham, raxbarlar uchun ham birday xaqqoniy yo‘l.
Kompyuterlardan foydalangan holda o‘qitish uchun ma’lum tizim kerak.
Ko‘pgina tadqiqotlar kompyuterlardan foydalangan holda o‘qitish tizimining
muvaffaqiyatlarini e’tirof etmoqda. Eski an’anaviy ta’lim usullari bilan ob’ektiv
taqqoslash juda qiyin, ammo, multimedia bazasida o‘zgaruvchan interaktiv dastur
bilan ishlashga e’tibor ikki barobar kuchaydi. Aniq bir materialni o‘rganish uchun
vaqtni tejash an’anaviy ta’lim usullariga nisbatan o‘rtacha 30% ni tashkil qiladi.
O‘zlashtirilgan bilim esa xotirada ancha uzoq saqlanadi.
Umumta’lim
maktablari,
oquvchilarni
zamonaviy
axborotlashgan
jamiyatning faol a’zosi bo‘lib yashashlari uchun tayyorlaydilar. Samarali
axborotlashgan tizimni yaratish, ta’lim sohasining asosiy masalalaridan biri bo‘lib,
boshqaruv va o‘quv-tarbiyaviy faoliyatlarni ta’minlashda asosiy masala bo‘lib
|
| |