“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/539
Sana27.06.2024
Hajmi6,55 Mb.
#265996
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   539
Bog'liq
Maqola 3 (207-211-bet)

“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

 
 
153 
samaradorligini ta’minlaydi. Y’ani o‘qituvchining ijodiy, estetik, kommunikativlik 
va shaxsiy intellectual omillari rivojlanib boradi. 
Ta’lim jarayonlarida AKTni qo‘llash ta’lim sifatini oshirishda juda katta ro‘l 
o‘ynaydi va innovatsion yondashuvni olib keladi.
Ta’lim jarayonlarida AKTni qo‘llashdagi imkoniyatlari, ta’lim jarayonini juda 
qiziqarli 
qilish, 
bunda 
kompyuterlarning 
multimediya 
imkoniyatlaridan 
foydalangan holda yangiliklarni shakllantirish mumkin. Shuningdek, o‘qitishdagi 
muammolarni yechishdagi oydinliklar, o‘quv materiallarini sodda shakillardagi 
ifodalanishlari, ma’lumotlar bazasidan foydalanishlar o‘quvchilarda izlanishlarga 
bo‘lgan talablarini qondiradi. Turli toifadagi topshiriqlarning mavjudliklaridan 
mustaqil ma’lumotlarni o‘rganishni ta’minlaydi, bu o‘z navbatida o‘quvchilarda 
ijobiy o‘rganishlarni shakllantiradi. Savollarga javiblarni qidirishni imkoniyatlarini 
ochadi, chunki kompyuterlarda natijalarni saqlash mumkin va mustaqil xatolarni 
to‘g‘rilash imkoniyatlari ham mavjud.
Demak, uzluksiz ta’limda innovatsion metodlardan foydalanish ta’lim 
samaradorligini oshirish bilan birga o‘quvchida mustaqil ishlash ko‘nikmasini 
shakllantiradi, o‘quvchida fanga nisbatan qiziqishini kuchaytiradi, undagi 
qobiliyatlarni shakllantiradi, faoliyatini aniqlashtirish, o‘zi his qilishga yordam 
beradi. Shu bilan birga jamoada ishlash ko‘nikmasini, muloqot madaniyatini 
hamda birovni fikrini eshitish ko‘nikmasini shakllantiradi. Ayniqsa, o‘rta maktab 
matematika ta’limida innovatsion metodlarni qo‘llash o‘quvchida yuqori 
ko‘rsatilgan sifat, o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim o‘rin tutishi 
kuzatiladi. 
Maktabda matematika fanini o‘rganishda qiziqarli materiallardan foydalanish 
o‘quvchilarning bilimga qiziqishlarini kengaytirishga, fanning nafaqat amaliy 
tuzilishiga e’tiborni qaratishga, balki nazariyada ham bilimlarni chuqurlashtirishga 
imkon beradi. Amaliyotda bunday materiallardan foydalanish usullarini egallash 
o‘qituvchining kasbiy mahorati saviyasini va o‘z o‘quvchilarini orqasidan 
ergashtira olishi malakasini aniqlaydi. 
Matematika darslarida qiziqarli masalalardan samarali foydalanish 
o‘quvchining fan tushunchalarini tahlil qilish amaliy ko‘nikmalarini hosil qilishga, 
mustaqil 
ta’lim 
faoliyati 
ko‘nikmalarini 
shakllantirishiga, 
tasavvurini 
faollashtirishga, yuqori darajada bilim olishiga ko‘mak beradi.
Masalaning yana bir jihati bu o‘quvchilarning bilimlarni mustaqil egallashini 
tashkil etishdir. Har bir o‘quvchining bilim olish samaradorligini oshirish uchun 
o‘quv vaqtini oshirmagan holda o‘quv materiallarini o‘rganish hajmini oshirish, 
dars mavzusini faollashtirish uchun eng samarali topshiriqlarni diqqat bilan 



Download 6,55 Mb.
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   539




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish