|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 142/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
156
pedagoglarga katta ishonch bildirib, kelajagimiz, ertangi kunimiz bilan bog‘liq
xavfdan barchamizni qayta-qayta ogoh qilmoqda.
Yangi avlod tarbiyasi- uzoq davom etadigan sabr toqatli jarayon. Eng avvalo
pedagogning o‘zi tarbiyali, bilimli, sabr-toqatli bo‘lishi kerak. Buning boisi,
tarbiyachining hatti harakatlari tarbiyalanuvchilar ko‘z o‘ngida kechadi. Yoshlar
tarbiyasi bilan bog‘liq ko‘pgina muammolar biror bir foydali ish bilan mashg‘ul
bo‘lmaslikdan, ya’ni bekorchilikdan kelib chiqishini unutmaslik zarur.
Ta’lim-tarbiya hech qachon mavsumiy ish bo‘lmagan. Bu ish bilan hamma va
hamisha shug‘ullanishi lozim. Negaki “ommaviy madaniyat” balosini bundan
buyon ham turli ko‘rinishlarda yurtimizga kiritilishiga qaratilgan harakatlar davom
etaveradi. Yoshlarimizning bilim va zakovati, yuksak ma’naviy olami, mustahkam
iymon-e’tiqodi, istiqlol g‘oyalariga sadoqati, vatanparvarligi, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va ehtiromi bilangina bu ofatning yo‘lini
to‘sish mumkin.
G‘oyaviy tarbiyada samarali usullar o‘tmish tajribasida ko‘p kuzatilgan va bu
pedagogikaning asoslaridan biri hisoblanadi
.
Hamma zamonning ilg‘or fikrli
kishilari, ilmni boshqalarga ulashishda afzal bo‘lgan yo‘l-usullarni o‘ylab topgan
va buni hayotda qo‘llab ko‘rgan. Tarbiya bilan bog‘liq bu kabi “tadqiqot” larni
ko‘pgina kitoblardan, ko‘plab xalq ertaklari orasidan qidirib topish mumkin. Misol
uchun bir ota va uning o‘g‘illari bilan bog‘liq ertakda ham bu fanga oid muhim
manba bor. To‘ng‘ich o‘g‘il birgina cho‘pni oson sindirib, uni o‘rtanchasiga
uzatadi. O‘rtancha o‘g‘il ikkita cho‘pni sindirishda bir oz qiynaladi. Ertak
so‘ngida bir qism cho‘pni sindirolmagan kenja o‘g‘il esa, otasi buyurgan vazifani
uddalay olmaganidan uyalib qoladi. Otaning maqsadi uni uyaltirish emas, u
o‘g‘illariga birlashsangizgina har qanday muammoni oson hal eta olasiz, degan
gapni mana shunday usul bilan, metodika orqali tushuntirib bergan, xolos.
Umuman olganda voqealarning ertak ko‘rinishida bolalarga aytib berish ham,
aslida tarbiyalashning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Bu orqali ular nimanidir
o‘rganadi, ertaklarning qaysi bir qahramoniga achinsa, qaysi biridan ranjiydi,
boshqasiga esa mehr qo‘yadi.
G‘oyaviy tarbiyaning samarali bu yo‘llarini buyuk kishilarning hayotlarida
ham uchratishimiz mumkin. Iskandar Zulqarnaynning tobutidan bir qo‘lini chiqarib
qo‘yishlarini vasiyat qilgani yoki Sohibqiron Amir Temur saltanatidagi kichkina
qishloqlarga katta shaharlarning nomini berishida ham aniq maqsadlar bor.
Ko‘pgina usullar orqali tarbiyaga, ayniqsa, e’tibor qaratilgan bo‘lsa, ayrim usullar
siyosiy ahamiyatga ham ega bo‘lgan. Urush payti katta nog‘ora chalish yoki
|
| |